Fanidan taqdimot mavzu
Download 298.68 Kb.
|
poydevorlarni hisoblash va loyihalas
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ustun ostiga qo‘yiladigan alohida poyustunlar
- 3. Ustun–qoziqli poydevorlar
2. Ustun osti poydevorlari.
Ustun ostiga o‘rnatiladigan alohida poydevorlar ko‘pincha tarhda kvadrat ko‘rinishga ega bo‘ladi. Poydevorga qo‘yiladigan yuk nomarkaziy bo‘lsa, uni to‘g‘ri to‘rtburchak shaklida olinadi. Poydevor chuqurroq o‘rnatiladigan hollarda ustun tagligiga ega bo‘lgan poydevorlar qo‘llaniladi, o‘z joyida quyiladigan yaxlit poydevorlar ko‘pincha pog‘onasimon shaklga ega bo‘ladi. Ustun ostiga qo‘yiladigan alohida poyustunlar Poydevorlarda B15 – V20 sinfli beton qo‘llaniladi; diametri 10 mm dan kam bo‘lmagan, kataklari 100–200 mm davriy profilli sterjenlardan to‘qilgan payvand to‘r bilan armaturalash tavsiya etiladi. Payvand to‘rni poydevorning tagiga qo‘yiladi, bunda himoya qatlamining qalinligi, poydevor ostiga qum–shag‘al yoki kuchsiz betondan tayyorlov qatlami to‘shalgan bo‘lsa – 30–35 mm, bunday qatlam bo‘lmasa 70 mm olinadi. 3. Ustun–qoziqli poydevorlar. Bino va inshootlar zaminidagi gruntning yuk ko‘tarish qobiliyati etarli darajada bo‘lmasa, ustun–qoziqlar (svai) qo‘llaniladi. Bunday poydevorlar bir guruh ustun–qoziqlar va ularning ustiga o‘rnatilgan biriktiruvchi temirbeton plita yoki to‘sindan tashkil topadi. Ustun–qoziqli poydevorlar tabiiy zaminga o‘rnatilgan poydevorlarga qaraganda ma’lum afzalliklarga ega: tuproq ishlari hajmi va nol bosqichining mehnat sig‘imi kichik bo‘ladi, qish sharoitida ish tashkil etish qulaylashadi Ustun–qoziqlarning qoqib kiritiladigan (zabivnoy) va quyib to‘ldiriladigan (nabivnoy) xillari mavjud. Qoqma qoziqlar korxona yoki qurilish maydonlarida yig‘ma temirbeton shaklida tayyorlanib, erga maxsus uskunalar yordamida koqib kiritiladi. Quyma qoziqlar imorat qurilayotgan joyning o‘zida ishlanadi. Buning uchun avval quduq parmalanadi, unga armatura karkasi tushiriladi, keyin beton quyiladi. Ishlash usuliga qarab, qattiq gruntga tayanadigan ustun–qoziqlar va yukni qoziqning ko‘ndalang kesim yuzasi hamda yon sirti bo‘ylab ishqalanish kuchlari qabul qiladigan osma qoziqlar bo‘ladi (4–rasm). Qoziqlarning 150 dan ortiq turlari mavjud, biroq, bular orasida eng ko‘p tarkalgani temirbeton ustun–qoziqlardir. Ko‘ndalang kesimning shakliga ko‘ra temirbeton ustun–qoziqlar yaxlit va kovakli (ichi bo‘sh) turlarga bo‘linadi. Qo‘yiladigan yuk uncha katta bo‘lmasa, kvadrat kesimli yaxlit (butun yoki ulama) ustun–qoziqlar qo‘llaniladi. Qoziqli poydevor tarhi: a – ustun– qoziqlar; b – osma qoziqlar; 1 – qattiq grunt; 2 – qoziq; 3 – yumshoq grunt; 4 – rostverk Uning ko‘ndalang kesim o‘lchamlari 200x200 mm dan 400x400 mm gacha, uzunligi oddiy armaturalarda 3…16 m, oldindan zo‘riqtirilgan armaturalarda 3…20 m bo‘ladi. Oddiy, ya’ni zo‘riqtirilmagan armaturali qoziklar B15 sinfli beton va A–II, A–III sinfli diametri 12 mm dan kam bo‘lmagan armaturadan tayyorlanadi. Qoziqning to‘qmoq uriladigan yuqori qismiga har 5 sm masofada 3…5 ta armatura simto‘ri qo‘yiladi. Agar armatura oldindan zo‘riqtirilsa, u holda V20…V25 sinfli beton ishlatiladi. Qoziqqa ta’sir etuvchi yuklar katta bo‘lsa, ichi bo‘sh ustun–qoziqlar qo‘llaniladi. Qoziqlar 2…6 m li bo‘laklardan tashkil topib, bo‘laklar bir–biriga boltlar yordamida yoki payvandlash yo‘li bilan ulanadi. Download 298.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling