Fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


-rasm. Zamburug‘larning spora hosil qilish organlari


Download 291.43 Kb.
bet7/9
Sana23.04.2023
Hajmi291.43 Kb.
#1383388
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
203 Plazmodioforasimonlar –sinfi

2.2-rasm. Zamburug‘larning spora hosil qilish organlari:
1-sprolegniyaning zoosporangiyasi; 2-mog‘orning sporangiysi; a,b-etilib yorilgan sporangiy; 3- penitsillning konidiyasporali konidiya bandi; 4-xaltachada askosporalar; 5-bazidiyasporalar.

2.3-rasm. Zamburug‘larda jinsiy ko‘payish xillari
Sistematikasi. Zamburug‘lar klassifikatsiyasida ularni muhim belgilari ya’ni hujayra devorining tuzilishi, xivchinlarning joylashuvi, ko‘payish xususiyatiga qaraladi. Keyingi yillarda butun tirik organizmlarning DNK rahlili bilan molekulyar sistematika yoki genosistematika yordamida avvalo fenotipga emas balki, ularni genotipiga qarab sistemaga solinmoqda. Hozirda zamburug‘lar lug‘ati (www. indexfungorum.org) saytida zamburug‘larni zamonaviy sistemasiga oid ma’lumotlar berilgan. Zamburug‘lar va zamburug‘simon organizmlar olami zamburug‘simon organizmlar yoki psevdozamburug‘lar (Stramenofilia, Chromista) va haqiqiy zamburug‘lar (Mycota, Fungi) (tuban va yuksak zamburug‘lar) dunyosiga bo‘linadi. Zamburug‘simon organizmlar suvo‘tlaridan yoki rangsiz geterokant xivchinlilardan kelib chiqqan.
Zamburug‘lar va zamburug‘simon organizmlar quyidagi bo‘limlarga bo‘linadi:
Zamburug’simon organizmlar yoki psevdozamburug’lar -Stramenofilia,
Chromista dunyosi:
1. Labirintulomukotalar yoki to‘rsimon shilimshiqlar - Labyrinthulomycota bo‘limi;
2. Hifoxitrdiomikotalar - Hyphochytridiomycota bo‘limi;
3. Oomikotalar - Oomycota bo‘limi.
Haqiqiy zamburug’lar- Mycota, Fungi dunyosi:
Tuban zamburug‘lar;
1. Xitridiomikotalar - Chytridiomycota bo‘limi;
2. Zigomikotalar - Zygomycota bo‘limi.
Yuksak zamburug‘lar
3. Xaltachali zamburug‘lar yoki askomikotalar- Ascomycota bo‘limi;
4. Bazidiyali zamburug‘lar yoki bazidiyamikotalar-Sasidiomycota bo‘limi;
5. Takomillashmagan zamburug‘lar-Fungi imperfecti yoki Deyteromycota bo‘limi.


III BOB ZAMBURUG’SIMON ORGANIZMLAR DUNYOSI- STRAMENOFILIA, CHROMISTA
3.1 Labirintulomukotalar yoki to’rsimon shilimshiqlar - labyrinthulomycota bo’limi
Bu bo‘lim vakillari - saprotrof va parazit organizmlar bo‘lib, suv (ayniqsa, dengiz) o‘simliklarida uchraydi. Vegetativ tanasi ektoplazmatik shilimshiq to‘rsimon bo‘lib, hujayra devoir bo‘lmaydi. Bunday tuzilishga to‘rsimon plazmoriy yoki filloplazmodiy deyiladi. Taraqqiyot siklida zoosporalari ikki xivchinli bo‘lib, geteromorf (olingisi patsimon va keyingisi silliq) va geterokant tuzilishda bo‘ladi. Bo‘lim ikkita sinfga (sinf) bo‘linadi: labirintulasimonlar (Labyrinthulomycetes) va traustoxitridiomisetsimonlar (Thraustochytridiomycetes).
Labirintulasimonlar (Labyrinthulomycetes) sinfi vakillari suvo‘tlari (ulva, laminariya) va yuksak suv o‘simliklarida (Zoostera) parazitlik qiladi. Ayrim vakillari saprotrof holda oziqlanadi. Labyrinthula macrocystis turi Zostera marina dengiz o‘tida parazitlik qilib, o‘simlikni nobud bo‘lishiga olib keladi.
3.2 Hifoxitrdiomikotalar -hyphochytridiomycota bo’limi
Hifoxitridiosimon zamburug‘lar - suv zamburuglari bo‘lib. ko‘pchilik qismi dengiz va chuchuk suvlarda o‘suvchi yashil va qo‘ng‘ir suvo‘tlarida, ayrim vakillari hatto umurtqasiz hayvonlarda parazitlik qiladi. Saprotrof vakillari suv ichidagi o‘simlik va hayvon qoldiqlarida va nam tuproqda yashaydi.Vegetativ tanasi mikroskopik bo‘lib, bir hujayrali yalang‘och rizomitseliy hosil qiladi. Hujayra devorida polisaxarid birikma-sellyuloza va xitin bo‘ladi.
Jinssiz ko‘payish zoosporalar yordamida bo‘ladi. Zoosporasi bir xivchinli shoxlangan bo‘lib, xivchin zoosporaning old qismidan chiqadi. Bu xususiyati bilan boshqa zamburug‘lardan keskin ravishda ajralib turadi.
Bu bo‘limga bitta sinf Hyphochytridiomycetes va bitta tartib Hyphochytridiales bir necha o‘ndan ortiq tur kiradi. Anisolpidium ectocarpi turi qo‘ng‘ir suvo‘tlaridan Ectocarpus turkumi vakillarida parazitlik qiladi. Vegetativ tanasi zoosporangiy hosil qilib unda zoosporalar vujudga keladi. Zoosporalar xo‘jayin hujayraga kirgandan keyin xivchinini tashlaydi va o‘sib yana zoosporalar hosil qiladi.

Download 291.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling