Fanidan tayyorlagan kurs ishi mavzu


II BOB ZAMBURUG‘LAR (MYCOTA, FUNGI)


Download 291.43 Kb.
bet5/9
Sana23.04.2023
Hajmi291.43 Kb.
#1383388
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
203 Plazmodioforasimonlar –sinfi

II BOB ZAMBURUG‘LAR (MYCOTA, FUNGI)
2.1 Zamburug’simon organizmlar (stramenofilia, chromista)
Zamburug‘lar qadimiy organizmlar bo‘lib, organik dunyo hali o‘simliklar va hayvonlar olamiga ajralmasdan, avval yer yuzida paydo bo‘lgan. Dastlab ular dengiz suvlarida yuzaga kelgan. Paleozoy erasining silur davrida zamburug‘lar suvdan quruqlikka (430 mln yil oldin) chiqa boshlaydi. Uzoq evolyutsiya jarayonida zamburug‘toifalar rangsiz sitoxrom C ga ega bo‘lmagan xivchinlilar Flagellatae guruhidan yoki suvo‘tlaridan kelib chiqqan. Shuning uchun ham zamburug‘lar o‘simliklar olami doirasida o‘rganiladi. Ammo zamburug‘lar oziqlanish xususiyatlari bilan o‘simliklardan farq qiladi, chunki ularning hujayrasida xlorofill pigmenti bo‘lmaydi. Ular geterotrof oziqlanishga moslashgan. Assimilyatsiya vaqtida zamburug‘toifalarning hujayrasida kraxmal emas, balki mochevina, glikogen hosil bo‘ladi. Bundan tashqari, hujayra devorlarida xitin to‘planadi. Mana bu belgilari bilan zamburug‘toifalar hayvonlar olamiga ham yaqin turadi.
Hozirgi vaqtda ko‘pchilik olimlar zamburug‘toifalarni eukariotik organizmlarning alohida olamiga ajratishni taklif etishadi. Bularning eng xarakterli belgilari shundaki, ularda hujayra devorlari aniq shakllangan, ovqatni shimib oladi, sporalar yordamida ko‘payadi.
Zamburug‘toifalar tuban o‘simliklar orasida eng katta bo‘lim hisoblanib, o‘z ichiga 100 mingdan ortiq turni oladi.
Zamburug‘lar ayniqsa, qalpoqchali zamburug‘larni insoniyat qadimgi davrlardan boshlab bilishgan. Antik davr olimlari: Aristotel (er.av. IV asr), Teofrast (er.av. III asr), Dioskorid (I asr) va Pliniylar (I asr) o‘zlarining asarlarida iste’mol qilinadigan va zaharli zamburug‘lar haqida yozib qoldirganlar hamda zamburuglar haqida ilk klassifikatsiya ham ularga tegishlidir. Pliniy zamburug‘larni iste’mol qilinadigan va zaharli zamburug‘larga bo‘lgan.
Tuzilishi. Zamburug‘larning vegetativ tanasi mitseliy deb ataladi. Mitseliy mayda ipchalar yng‘indisi - gifalardan tashkil topgan. Mitseliy shoxlangan giflardan tashkil topgan bo‘lib, uchiga o‘sish va yon tomonga shoxlanish xususiyatiga ega. Gifalar qisqa yoki uzun, oddiy yoki shoxlangan bo‘ladi. Bir yoki ko‘p hujayrali mitseliy bir, ikki hamda ko‘p yadroli bo‘ladi. Mitseliyning tuzilishi turlicha bo‘ladi: Hujayrasiz mitseliy - bunday mitseliy faqat bitta yirik hujayradan iborat bo‘lib, hujayra ichida hech qanday bo‘g‘inlar bo‘lmaydi, bunday hujayra ko‘p yadroli bo‘ladi. Hujayrali mitseliy - bo‘g‘inlarga bo‘lingan bo‘lib, hujayra alohida-alohida qismlarga ajralgan. Hujayra tarkibida bitta yoki ko‘p miqdorda yadro bo‘ladi. Tuban taraqqiy etgan zamburug‘lardan (xitridiomikotalar va zigomikotalarda) mitseliy hujayrasiz tuzilgan bo‘ladi. Yuksak taraqqiy etgan xaltachali va bazidiyali zamburug‘larning mitseliysi ko‘p hujayrali to‘siqlar bilan ajraladi. To‘siq hujayraning devoridan markazga qarab o‘sadi, markazda ochiq joy qoladi, bunga teshikchalar (pora) deyiladi. Mitseliylar substrat ichida rivojlansa, endogen mitseliy, substrat yuzasidan o‘ssa, ekzogen mitseliy deyiladi. Ko‘pchilik zamburug‘toifalarda endogen mitseliy uchraydi. Bunday mitseliy oziq moddalar bilan to‘la ta’minlanishiga imkon beradi hamda ularning vegetativ tanasini
haroratning keskin o‘zgarishidan: sovuqdan muzlab, issiqdan qurib qolishdan saqlaydi. Mitseliyda ko‘payish organlari taraqqiy etadi. Mitseliy hujayralari po‘st, sitoplazma va yadrodan iborat.
Zamburug‘lar hujayrasida devor bo‘lib, 0,2 mkn qalinlikda bo‘ladi. Hujayra devori tashqi va ichki qismidan tashkil topadi. Tashqi qismi shakllanmagan, ichki qismi esa g‘adir-budir yoki o‘ymali to‘siqdan iborat bo‘ladi. Hujayra devori 80-90 % polisaxaridlardan iborat bo‘lib, oqsil va lipidlar bilan bog‘langan.
Xitridiomikotalar, askomikotalar, bazidiyamikotalar va deyteromikotalarning hujayra devorida xitin va glyukan moddasi bo‘ladi. Zigomikotalar bo‘limining vakillarida hujayra devorida xitozan moddasi bo‘lishligi bilan boshqa ajdod vakillaridan keskin farq qiladi.
Zamburug‘larning hujayra sitoplazmasida ribosoma, mitoxondriya, goldji apparati va yadrosi bo‘ladi. Protoplast sitoplazmatik parda plazmolemma bilan qoplanadi. Zamburug‘ hujayrasida bittadan 20-30 tagacha yadro bo‘ladi.
Ayrim zamburug‘larning vegetativ tanasi murakkab tuzilgan bo‘lib, ularning spora hosil qiluvchi organi mevatana ham mitseliy gifalarining o‘zaro zichlashib, birikib o‘sishidan hosil bo‘ladi.
Ko‘p zamburug‘laming mitseliysi noqulay sharoitda tinim davrini o‘taydi va bu davrni kechirishga o‘tish oldidan bir-muncha quriydi. Shu bilan unda fermentatsiya jarayonlari ham to‘xtaydi, lekin qulay sharoitga tushishi bilan unda mitseliy yoki mevatana hosil bo‘ladi.

Download 291.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling