«Falsafa (Dinshunoslik, Korrupsiyaga qarshi kurashish)»
FANIDAN TESTLAR
1. «Filosofiya» atamasi va u ifoda etadigan bilimlar majmui Qadimgi Yunoniston va Rimda eramizdan avvalgi … yuz bergan buyuk yuksalish natijasi sifatida yuzaga kelgan edi. Nuqtalar o‘rnini to‘ldiring.
A) IV-III asrlarda.
B) V-IV asrlarda.
C) VII-III asrlarda.
D) To‘gri javob ko‘rsatilmagan.
2. «Filosofiya» atamasini dastlab kim ishlatgan?
A) Pifagor.
B) Aflotun.
C) Arastu.
D) Fales.
3. Qaysi mamlakatda har tomonlama chuqur bilim va katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan, inson ma’naviyatini boyitish va haqiqatni bilishga intiluvchi kishilarni faylasuf deb ataganlar?
A) Hindistonda.
B) Xitoyda.
C) Rimda.
D) Yunonistonda.
4. «Do‘stim, sen hali yoshsan, umringni bekor o‘tkazmay desang, falsafani o‘rgan». Eramizdan avvalgi 520-460 yillarda yashagan ushbu so‘zlar muallifi kim?
A) Geraklit.
B) Suqrot.
C) Arastu.
D) Fales.
5. Bu fan tabiat, jamiyat va insonning mohiyati haqidagi eng umumiy bilimlarni o‘zida ifodalab, insonni borliqqa bo‘lgan munosabatining metodologik asoslarini belgilab beradi, tabiat, jamiyat va tafakkur taraqqiyotining eng umumiy muammolarini o‘rganadi va falsafiy dunyoqarashni shakllantiradi. So‘z qaysi fan haqida bormoqda?
A) Jamiyatshunoslik.
B) Falsafa.
C) Etika.
D) Sotsiologiya.
6. Falsafaning predmetini …
A) … «dunyo – inson» munosabatlari tizimidagi umumiylik, har qanday obyektiv va sub’ektiv borliq tashkil etadi.
B) … «dunyo – jamiyat» munosabatlari tizimidagi umumiylik tashkil etadi.
C) … «odam – jamiyat» munosabatlari tizimidagi umumiylik tashkil etadi.
D) … «olam – jahon» munosabatlari tizimidagi umumiylik tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |