87. Butun olam, jumladan, insonning hayoti oliy iroda tomonidan tole’, taqdir sifatida azaldan belgilab qo‘yilganligi to‘g‘risidagi ta’limot nomini toping.
A) Fatalizm.
B) Tipologiya.
C) Texnokratiya.
D) Ssientizm.
88. Ayollarni kamsitishlardan xalos etishni targ‘ib etuvchi, ular mavqiyeni jamiyatdagi ijtimoiy voqealar hosilasi sifatida o‘rganuvchi oqim nomini toping.
A) Gedonizm.
B) Tipologiya.
C) Texnokratiya.
D) Feminizm.
89. Sharq faylasuflaridan bo‘lgan qaysi olim o‘zining «Fozil odamlar shahri» asarida fuqarolik jamiyati muammosini tadqiq etgan?
A) Abu Ali ibn Sino.
B) Abu Rayhon Beruniy.
C) Abu Nasr Forobiy.
D) Alisher Navoiy.
90. Jamiyat erishgan moddiy va ma’naviy daraja, uning faqat insonga xos sun’iy olamni moddiy va ma’naviy jihatdan takomillashtirishdagi muvaffaqiyatlari ko‘rsatkichi. Gap nima haqida borayotganini toping.
A) Taraqqiyot.
B) Rivojlanish.
C) Madaniyat.
D) Sivilizatsiya.
91. «Tafakkur» arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi qaysi so‘zlarning sinonimi sifatida ishlatiladi?
A) «O‘rganish», «sezish».
B) «Tahlil qilish», «tajribadan o‘tkazish».
C) «Fikrlash», «aqliy bilish».
D) «Aqliy bilish», «xulosa chiqarish».
92. Hissiy bilish shakllari to‘g‘ri ko‘rsatilgan qatorni toping.
A) Hukm, xulosa, idrok.
B) Idrok, mulohaza, xulosa chqarish.
C) Hukm, xulosa, sezgi.
D) Sezgi, idrok, tasavvur.
93. Hissiy bilishning ushbu shakli predmetning birorta tashqi xususiyatini (masalan, rangini, shaklini, ta’mini) aks ettiruvchi yaqqol obrazdir. So‘z nima xususida bormoqda?
A) Tushuncha.
B) Sezgi.
C) Tasavvur.
D) Idrok.
94. Hissiy bilishning ushbu shakli predmetning yaxlit obraz bo‘lib, u mazkur predmet haqidagi turli xil sezgilarni sintez qilish natijasida hosil bo‘ladi. So‘z nima xususida bormoqda?
A) Tushuncha.
B) Sezgi.
C) Tasavvur.
D) Idrok.
95. U avval idrok etilgan predmetning obrazini ma’lum bir signallar (berilgan predmet bilan ma’lum bir umumiylikka ega bo‘lgan) ta’sirida miyada qayta hosil qilishdan iborat hissiy bilish shaklidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |