Fanidan yozgan mustaqil ishi tekshiruvchi : kimyoxon turaboeva
Download 21.22 Kb.
|
Jo\'rayev Sirojiddin 1-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoya tizimi.
- TADBIRKORLIK FAOLIYATINI HIMOYA QILISH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH VA PROKURATURA ORGANLARI FAOLIYATINI OPTIMALLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI TADBIRKORLIK VA BOSHQARUV FAKULTETI “BUXGALTERIYA HISOBI VA AUDIT “ SIRTQI BO‘LIM YO‘NALISHI TALABASI Safarov Akromning “ BIZNES HUQUQI “ FANIDAN YOZGAN MUSTAQIL ISHI TEKSHIRUVCHI : KIMYOXON TURABOEVA Mavzu: Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoya tizimi. Reja: Kirish Tadbirkorlik sub’ektlarining huquqiy himoya tizimi. Tadbirkorlarga keng ko‘lamli imkoniyatlar yaratish. Tadbirkorlarga kam foizli kreditlarni joriy etish. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar So‘nggi yillarda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini takomillashtirish, ijtimoiy himoya sohasiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratiladigan mablag‘lar miqdorini oshirish va qo‘shimcha resurslarni jalb qilish, ijtimoiy himoya dasturlari qamrovini kengaytirish va oilalarni og‘ir hayotiy holatlardan olib chiqishga qaratilgan qo‘shimcha mexanizmlarni joriy etish yo‘nalishlarida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Raqamli texnologiyalar orqali tadbirkorlik sub’ektlarining muammolari bilan ishlash tizimini takomillashtirish, shuningdek, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish mexanizmlarini yanada kuchaytirish maqsadida: TADBIRKORLIK FAOLIYATINI HIMOYA QILISH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH VA PROKURATURA ORGANLARI FAOLIYATINI OPTIMALLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA Tadbirkorlik subyektlari huquqlari va manfaatlarini himoya qilishning huquqiy mexanizmlarini mustahkamlash, ularning faoliyatida qonuniylikni ta’minlash, respublikada investitsiya iqlimini va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, shuningdek prokuratura organlariga xos bo‘lmagan vazifa va funksiyalarni chiqarib tashlash yo‘li bilan ularning faoliyatini optimallashtirish maqsadida: 1. Belgilab qo‘yilsinki, 2019-yil 1-apreldan: Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish va nazorat qiluvchi organlar tomonidan o‘tkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil (keyingi o‘rinlarda — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil) tomonidan amalga oshiriladi; Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarga oid qarorlari nazorat qiluvchi organlar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi; O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarning qonuniyligi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish orqali Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni muvofiqlashtirish sohasidagi faoliyatini ta’minlashda ishtirok etadi. 2. Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tasarrufidan Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil tasarrufiga o‘tkazilsin. O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda bir oy muddatda Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimining ishlash imkoniyatini ta’minlovchi axborot tizimlari va dasturiy mahsulotlarning beg‘araz o‘tkazilishini; Tekshiruvlarni elektron ro‘yxatga olish yagona tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlasin. 3. Belgilansinki, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil o‘z vakolatlarini amalga oshirish doirasida: Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish sohasidagi qonunchilik talablariga rioya etilishini nazorat qiladi; Nazorat qiluvchi organlarning tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish to‘g‘risidagi buyurtmalarini ko‘rib chiqadi va ularning asosliligini o‘rganadi; Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazishga rozilik berish yoki rad etish, shuningdek, ularning muddatlarini uzaytirish yoki ko‘chirish to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish sohasidagi qonun hujjatlarini buzganligi uchun nazorat qiluvchi organlarning aybdor mansabdor shaxslarini javobgarlikka tortish bo‘yicha choralar ko‘radi; Tadbirkorlik subyektlari faoliyati ustidan davlat nazoratini amalga oshirish sohasida yagona hisob va hisobot yuritilishini, shuningdek ushbu sohada nazorat qiluvchi organlarning yagona huquqni qo‘llash amaliyoti yuritilishini ta’minlaydi; Nazorat qiluvchi organlar va tadbirkorlik subyektlariga tadbirkorlik subyektlari faoliyatini tekshirish sohasidagi qonunchilik normalari qo‘llanilishi yuzasidan maslahat yordamini ko‘rsatadi; Tadbirkorlik subyektlari faoliyatida tekshiruvlar o‘tkazish sohasidagi normativ bazani ishlab chiqish va takomillashtirishda ishtirok etadi. 4. O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari tizimida: O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori o‘rinbosari lavozimlarining ikkita shtat birligi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasining Soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat boshqarmasi hamda uning hududiy bo‘limlari; Soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilishga mas’ul Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorining o‘rinbosarlari, tumanlar (shaharlar) prokurorlarining o‘rinbosarlari va yordamchilari lavozimlari; Tumanlar (shaharlar) prokurorlarining tadbirkorlik subyektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga mas’ul o‘rinbosarlari hamda katta yordamchilari lavozimlari; O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentining tadbirkorlikni himoya qilish va tashqi iqtisodiy faoliyatdagi huquqbuzarliklarga qarshi kurashish bo‘limi tugatilsin. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi etib qayta tashkil etilsin va uni moliyalashtirishning amaldagi tartibini saqlab qolgan holda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasarrufiga o‘tkazilsin. 5. Belgilansinki, mazkur Farmonga muvofiq prokuratura organlarining qisqartirilayotgan 1 198 ta shtat birliklaridan: 87 tasi — Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonini; 470 tasi — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi bo‘linmalarini to‘ldirish uchun yo‘naltiriladi. 6. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda: zimmalariga yuklatilgan xizmat majburiyatlarini yuqori professional darajada bajarishga qodir yuqori malakali, chuqur kasbiy bilimga ega, yuqori intellektual qobiliyat va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega xodimlarni tanlab olishda raqobat muhitini ta’minlovchi kadrlarni shaffof tanlov asosida tanlashning mutlaqo yangi mexanizmlarini joriy etishni nazarda tutuvchi Prokuratura organlarida xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida yangilangan nizomni tasdiqlash uchun kiritsin; Huquqbuzarliklarning profilaktikasi va prokuratura organlari xodimi degan yuksak nomga noloyiq shaxslarni aniqlash, ularni zudlik bilan prokuratura organlari tizimidan bo‘shatish mexanizmlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratgan holda prokuratura organlarining ichki xavfsizlikni ta’minlash bo‘linmalari faoliyatini tubdan qayta ko‘rib chiqsin; prokuratura organlariga yuklatilgan vazifalarni samarali bajarish imkonini beruvchi ilg‘or axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va dasturiy mahsulotlarni ular faoliyatiga har tomonlama va to‘liq joriy etish bo‘yicha takliflar kiritsin. 7. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining yangilangan tuzilmasi 1-ilovaga muvofiq; O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devoni shtatlar jadvali 2-ilovaga muvofiq tasdiqlansin. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga, zaruratga ko‘ra, o‘z devonining tashkiliy-shtat tuzilmasiga belgilangan umumiy shtatlar soni doirasida o‘zgartirishlar kiritish huquqi berilsin. 8. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori loyihasini kiritsin; Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining faoliyatini samarali tashkil etish uchun zarur moliyaviy, moddiy-texnik va transport masalalari hal etilishini ta’minlasin; Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil va O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi bilan kelishilgan holda Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlasin; Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda mazkur Farmon qoidalarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati qonuniyligi kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni loyihasini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin. Belgilansinki, Vazirlar Mahkamasi tomonidan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom qabul qilingunga qadar mazkur Farmon qoidalarini hisobga olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqlangan Nazorat qiluvchi organlar tomonidan tadbirkorlik subyektlari faoliyatida o‘tkaziladigan tekshiruvlarni kelishish va o‘tkazish tartibi haqidagi vaqtinchalik nizom amal qiladi. 9. Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joylardagi Xalq qabulxonalari binolariga beg‘araz foydalanish huquqi asosida joylashtirilsin. 10. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi soliq va bojxona islohotlarini amalga oshirish sohasida qonunchilik ijrosi ustidan nazorat qilishga mas’ul Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining o‘rinbosarlariga biriktirilgan transport vositalarining, shuningdek, Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining hududlarda faoliyat ko‘rsatuvchi xodimlari samarali faoliyat yuritishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan kompyuter texnikalarini belgilangan tartibda Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakilga o‘tkazilishini ta’minlasin. 11. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Moliya-xo‘jalik departamenti Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil devonining qo‘shimcha joriy etilayotgan shtat birliklarini hisobga olgan holda joylashtirilishini ta’minlasin. 12. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga 3-ilovaga muvofiq o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin. 13. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlari 4-ilovaga muvofiq o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin. 14. O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi Tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha vakil bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risida takliflar kiritsin. 15. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbari Z.Sh. Nizomiddinov zimmasiga yuklansin. Mamlakatimizda bugungi kunda tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish, sohaga yangi innovatsion usullarni joriy qilish borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmoni asosida tadbirkorlik faoliyati uchun katta imkoniyat va imtiyozlar tizimi yaratilishi belgilandi. Prezidentimiz tomonidan o‘tgan yil davomida mamlakatimizda amalga oshirilgan islohotlar, yurtboshimizni tadbirkorlikni rivojlantirish va qo‘llab-quvvatlashga katta ahamiyat qaratganliklari o‘z navbatida faol tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay huquqiy, tashkiliy sharoitlarning yaratilishi, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni joriy qilishga keng yo‘l ochilishi, tadbirkorlik sub’ektlarini himoya qilishning huquqiy kafolatlarini va ular faoliyatida noqonuniy aralashishlarning oldini olish mexanizmlarini, soliq va bojxona siyosatini, bank moliya sohasini yanada takomillashtirish, agrar sektorni isloh qilishning strategiyasi ishlab chiqilishi, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiri borasidagi ustuvor vazifalarning yil dasturidan o‘rin olishi har bir soha vakilini faoliyat olib borishi uchun berilgan yuksak e’tibor desam mubolag‘a bo‘lmaydi. Quvonarlisi, Davlat dasturida belgilangan tadbirkorlik sub’ektlarining moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirishga ikki yillik muddatga moratoriy e’lon qilinishi, tadbirkorlar uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish, yangi tarmoqlarni ochish va ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini oshirishda Davlat dasturida belgilangan imtiyozlar o‘zining samarasini berishi shubhasizdir. Davlat dasturining amaliyotga tatbiq etilishi mamlatimizdagi fuqarolarni, ayniqsa yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yib, aholi farovonligi va bandligi ta’minlashga undaydi. Dasturni amalga oshirishda biz tadbirkorlar ham albatta faollik ko‘rsatamiz. Xulosa Bugungi kunda Farg‘ona viloyatining oliy xududlaridan bo‘lmish So‘h tumanida ham tadbirkorlik faoliyati rivojlanib bormoqda. 2004 yilda “So‘x-chashma” firmasi tashkil qilib, mineral suv ishlab chiqarish bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatimni boshlaganman. Hozirda korxonamizda 10 nafar xodim faoliyat olib boradi. Bu yilgi Davlat dasturida belgilangan imtiyozlardan keng foydalanib, yangi tehnologiyalar va innovatsion g‘oyalarni tatbiq qilish orqali yangi ish o‘rinlarini yaratishni maqsad qildik. Download 21.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling