Fanlararo aloqa adabiyot va tabiatshunoslik


Download 4.63 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi4.63 Kb.
#1730705
Bog'liq
Fanlararo aloqa adabiyot va tabiatshunoslik-fayllar.org


Fanlararo aloqa adabiyot va tabiatshunoslik

Fanlararo aloqa adabiyot va tabiatshunoslik


(7-sinf)
Ta’lim jarayonida tashkil etilayotgan barcha fanlarning asosiy maqsadi: o’quvchilar ongida muayyan sohalarga oid bilimlarni shakllantirish va ularning ma’naviy olamiga ta’sir ko’rsa-tish, boyitishdan iboratdir. Bu vazifani amalga oshirishda badiiy adabiyot bilan teng keladigan birorta soha yoʻq. Chunki adabiyot insonlarga boshqa fanlardan ko’ra kuchli estetik ta’sir ko’rsatadi.
Maktab adabiyotini o’qitish, o’quvchilar ongida fanga bo’lgan qiziqish uyg’otish pedagogdan kuchli mahorat talab qiladi. Zero, ta’lim jarayonini sifatli tashkil etishga har doimgidan-da koʻproq urgʻu berilayotgan hozirgi jarayonda, yoshlarga bilim berish, ularni hayotga tayyor-lash davlat siyosati darajasiga koʻtarildi. Bugungi kunda ta’lim jarayoni boʻyicha jahon tajri-basidan shunday xulosaga kelish mumkinki, oʻquvchi qachonki olgan bilimlarini amalda qoʻl-lay olsa, u haqiqiy bilimning egasi boʻla oladi. Albatta, bu jarayonda fanga oid bilimlarni o’quvchilarga yetkazib berish muhimdir. Adabiy ta’limning samaradorligini ta’minlashda no-an’anaviy dars mashgʻulotlarining oʻrni muhim ahamiyat kasb etadi. Dars mashgʻulotlarida foydalaniladigan metod va texnologiyalarni toʻgʻri va maqsadli qoʻllay olish pedagogning uzoq yillik tajribasiga emas, balki mahoratiga bog’liqdir.
Fanlararo aloqa bu – har bir fanga oid bilimlarni har- xil manbalar misolida o’rganib, to’plan-gan ma’lumotlarni umumlashtirishdan iboratdir. Biz bilamizki, har bir fan o’zaro aloqadorlik asosida shakllanadi va rivoj topadi . Bir fanni chuqur o’rganish uchun, albatta, boshqa fanlarga o’zaro solishtirish orqali tushuncha hosil qilinishi kerak .Yangi ishlab chiqilgan 7-sinf adabi-yot darsligi asosida berilgan “Fanlararo aloqa: Adabiyot va tabiatshunoslik” mavzusini o’quv-chilarga to’laqonli yetkazib berish uchun birgina an’anaviy darsning o’zi kamlik qilishi mum-kin. Bu mavzu yuzasidan o’quvchilarda tabiiyki, turli savollar vujudga kelishi mumkin va pe-dagog dars mashg’ulotlari boshlanishida o’quvchilarga shu vaziyatdan foydalanib muammo yuzaga keltirishi mumkin. Ya’ni, “Adabiyot fani bilan tabiatshunoslik qanday aloqasi bor?”, “Ada-biyot asosan so’z bilan shug’ullanadi, tabiatshunoslikda esa tabiatdagi tirik va jonsiz narsalar o’rganiladi. Har ikki fanning qanday bog’liqligi mavjud?”. Bunday muammoli va-ziyatlarning dars avvalida qo’llash o’quvchilarni yanada darsga bo’lgan qiziqishini ortishiga, mavzuga doir kengroq fikrlashiga, sabab bo’ladi.
Misol uchun yuqoridagi muammoni yеchimi sifatida dars jarayonida interfaol dars o’tish tex-nologiyalarida foydalangan mavzuni o’quvchilarga tushuntirib berishi mumkin. Ya’ni, peda-gog “Kayfiyat haqida axborot” metodini qo’llagan holda dars jarayonini olib borishi dars sa-maradorligini oshishiga sabab bo’ladi. Bu metodda o’quvchilarga metod haqida tushuncha be-riladi,ya’ni Ob-havo, qushlar, hayvonlar yoki o’simliklar kabi mavzularga murojaat qilib, o’zi-ngizni qanday his qilayotganingizni bildiring. Masalan: O’tgan kun juda bulutli edi, ammo bu-gun quyosh charaqlayabdi; Men maktabga giparddek uchib, toshbaqadek sudralib ketaman; Men o’zimni tog’lardan oqib tushayotgan sharsharaga o’xshataman , oqib ketishimga esa ul-kan toshlar xalqt bermoqda…
Bu metoddan foydalanish, avvalo, o’quvchilarni darsga qiziqishini orttiradi, ikkinchidan, ularning ruhiy holatlarini his qilishimizga yordam beradi, uchinchidan, obrazli fikrlash qo-biliyatining o’sishiga sabab bo’ladi va eng asosiysi pedagog mavzuga oid nazariy ma’lumotni o’quvchiga hech qanday qiyinchiliksiz tushuntira oladi. Xususan, adabiyot va tabiatshunoslik fanlari ham o’zaro aloqadorligi mavjud ekan, ya’ni biz qadimdan bilamizki, qadimgi davr-larda ham shoir va yozuvchilar yuqori tabaqa vakillari xarakterlaridagi qusurlarni ochib berish uchun ularni boshqa bir obrazga qiyos qilib ochib berishgan . Masalan, buyuk bobokolonimiz Alisher Navoiy ham Husayn Boyqaroning sifatlarini ochib berish uchun o’z asarlarida juda ko’p o’xshatishlarni amalga oshirganlar . Xususan , Hayrat ul- abror ” asarida Shoh G’oziy ” obrazi orqali H.Boyqarodagi xarakterni ochib berishga harakat qilganlar . Bu an’ana keyin-chalik ham zamonaviy adabiyotda ham, folklorda ham namoyon bo’la boshlaydi .
http://fayllar.org
Download 4.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling