Fanlararo aloqa: adabiyot va tarix
Download 260.05 Kb.
|
FANLARARO ALOQA $5
- Bu sahifa navigatsiya:
- * * * R olampanoh – podshoh navisanda
- Aflotuni Zamon
- Batlimusi davron
FANLARARO ALOQA: ADABIYOT VA TARIX Bu mavzuda biz: badiiy asarda haqiqat va to‘qima elementlarini ajratishni o‘rganamiz. Matnlarni o‘qing. Savollarga javob bering. Buyuk davlat arbobi Ulug'bek saltanat egasi (shoh) bo‘lishi bilan birga ulug‘ olim ham bo‘lgan. Ulug‘bek she’riyatni sevgan, tarix bilan shug‘ullangan, biroq uning asosiy e’tibori astronomiya mashg‘ulotlariga qaratilardi. U Samarqandga o‘z davrining mashhur olimlarini jalb qildi va ularning ko‘magida Samarqandda rasadxona qurdirdi. Bu rasadxona o‘sha davrda va undan ancha keyingacha o‘z asbob-uskunalari va o‘tkazilgan tadqiqotlari jihatidan dunyoda beqiyos bo‘lib qoldi. U o‘sha davrning yirik olimlaridan bo‘lgan Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchilar bilan hamkorlikda o‘z rasadxonasida tinimsiz ishlab, «Ulug'bek ziji» («Ziji jadidi Ko‘ragoniy» – «Yangi astronomiya jadvallari»)ni yaratdi. Bu asarda astronomiyaning nazariy asoslari yoritilgan va 1018 yulduzning vaziyatlari jadvali berilgan. Ulug‘bek bu asari bilan butun dunyoga astronom olim sifatida tanildi. («Bolalar ensikpolediyasi»dan, «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» nashriyoti, 2000-yil)
* * * R olampanoh – podshoh navisanda – kotib asadxona atrofida Shamsibek tanimaydigan odamlar ko‘p edi. Shuning uchun u yotsirab chetroqda turdi. Bir vaqt ixcham salla o‘ragan, Shamsibek tengi yigit unga yaqinlashib, salom berdi. Shamsibek uni tanidi. Bu kechagi kuni olampanohga navisandalik qilgan yigit, Aflotun-zamonning nabirasi Miram Chalabiy edi. — Aflotuni Zamon– Qozizoda Rumiy Mahmud ibn Muhammad (Miram Chalabiy) – uning nabirasi, matematik va astronom olim Ali Qushchi – matematik va astronom olim kamina– men Men Mahmud ibn Muhammadman. Shayx-ul-ulamo sizni kutib olishni kaminaga topshirib edilar. Uzrkim, tashrifingizdan bexabar qolibman. — Takallufingizdan boshim ko‘kka yetdi. Agar yanglishmasam, shahriyor katta majlis qurishni ixtiyor qilgan ko‘rinadilar. — Ha, qani, marhamat qilsinlar. Bu damda boshqalar ham qasr tomonga yo‘l olgandilar. Qasr oldidagi maydonchaga bir doira qilib gilamlar, gilamlar ustiga esa yakandoz va dasturxonlar to‘shalgan, dasturxon usti noz-ne’matlar bilan to‘la edi. K shahriyor – podshoh elganlar o‘z izzatlariga yarasha joy tanlab o‘tirdilar. Shamsibek poygakdan joy oldi. Miram Chalabiy uni bir oz yolg‘iz qoldirdi. Keyin qaytib keldi-da, omonat o‘tirdi. Qasr tomonda Ulug‘bek ko‘rinishi hamon barcha o‘rnidan turib, salomga shaylandi. Olampanoh salomlarni qabul qilgach, yana qayta o‘tirdilar. Hamma Ulug‘bekning so‘z aytishini kutib, jim qoldi. Ulug‘bek joyiga bordi-da, davraga nazar tashlab: — Batlimusi davron(davrimiz Ptolemeyi)–Ali Qushchi O‘g‘lim Alouddin Ali Qushchi nechun ko‘rinmaydi?— deb so‘radi. Miram Chalabiy ildam o‘rnidan turib, qulluq qildi: — andak– ozgina Batlimusi davron rasadxonada andak tutilib qoldilar. Daqiqa o‘tmay yetib kelurlar, — dedi u. Ulug‘bek yaxshi, degandek bosh irg‘ab, «dasturxonga marhamat qilinglar», deb qo‘ydi. (Tohir Malik. «Falak» qissasidan) 1. «Falak» qissasidan olingan parchada qaysi qahramonlar haqiqatda yashagan tarixiy shaxslar, qaysilarini esa yozuvchi o‘ylab topgan deb o‘ylaysiz? 2. Sizningcha, biz o‘qigan parchada yozuvchi tasvirlagan ziyofat voqeasi haqiqatda bo‘lganmi? Nima uchun?3. Ensiklopediyadan va qissadan olingan parchalarni solishtiring. Tarixсhi olim va yozuvchining tarixiy shaxslar va voqealarni tasvirlashida qanday farqlarni sezdingiz? Bu farqlarning sabablari nimada deb o‘ylaysiz? Download 260.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling