Fanlararo integratsiya


Fanni baholash mezoni va rejasi


Download 148.5 Kb.
bet6/7
Sana28.10.2023
Hajmi148.5 Kb.
#1729202
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Valiyeva Nargiza. Fanlararo integratsiya. Sillabus

Fanni baholash mezoni va rejasi


Talabalar bilimining baholash turlari
Mazkur fandan talabalar bilimini baholashda uchta nazorat turidan foydalaniladi. Joriy baholash (JB), oraliq imtihon (OI), yakuniy imtihon (YI).
Joriy baholash (JB). Ushbu nazorat turi semester davomida to‘planib boriladi va quyidagilardan tarkib topadi:

  1. Workshop. Talabaning darsga kelishi, mashg‘ulotlarda faolligi va ekspress tarzda berilgan savollarga bergan javobi baholanib boriladi.

  2. Loyiha ishi. Fanning xususiyatidan kelib chiqib, talaba kichik guruhlarga bo‘lingan holda berilgan vazifalarni taqdimot/media/yozma/visual ko‘rinishida himoya qiladi. Guruh a’zolari (jamoa) uyushgan holda pedagog-o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqni bajarib kelishadi. Guruhga qo‘yilgan umumiy ball, har bir a’zo – talabaga qo‘yilgan individual ball sifatida qayd etiladi.

  3. Vazifa/topshiriqlar. Har bir talaba individual tarzda o‘qituvchi tomonidan berilgan muammoli vaziyat/masala/topshiriqni Esse/Hisobot (2000 so‘zdan kam bo‘lmagan) ko‘rinishida bajaradi.

Oraliq imtihon (ОI). Ushbu nazorat turi semestrning (8-haftasida) belgilangan kunida dars mashg‘uloti vaqtida (yozma shaklda) olinadi. Unda quyidagilar aks etadi:
Tesт. Modulning 8-haftasiga qadar o‘tilgan mavzular asosida uch darajali testlar asosida.
Atamalar izohi. Fanga doir psixologik nazariyalar, qonun-qoidalar, kategoriyalarning ma’nosi, tavsifi yozma ko‘rinishda izohlanishi so‘raladi.
Muammoli vaziyat. Kazius, keys yoki muammolarni hal etish/yechish bilan bog‘liq vazifalar (2 ta yoki undan ko‘p).
Yakuniy imtihon (YI). Modulning oxirgi (16-haftada) haftasida test, atamalar izohi va muammoli vaziyat (oraliq imtihondan keyingi o‘tilgan mavzular asosida) ko‘rinishida amalga oshiriladi (yozma shaklda). Imtihon variantlari 8-haftasidan keyingi o‘tilgan mavzular asosida tayyorlanadi.

Download 148.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling