Fan/modul kodi 09 (bakalavriat) O‘quv yili


fanidan talabalar bilimini


Download 0.64 Mb.
bet13/35
Sana15.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1200696
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35
Bog'liq
“Elektr energiyani uzatilishi, taqsimlanishi va iste’moli” fanidan

fanidan talabalar bilimini

BAHOLASH MEZONI

KIRISH


Mazkur Nizom O’zbekiston Reslublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi PQ-3775-son "Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo’yicha qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida"gi qaroriga muvofiq oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi belgilaydi. Mazkur Nizom 2018-2019 o’quv yilida, shuningdek keyingi o’quv yillarida oliy ta’lim muassasalariga o’qishga qabul qilingan talabalarning bilimini nazorat qilish hamda baholashda qo’llaniladi.
Ushbu baholash mezoni Navoiy davlat konchlilik va texnologiyalar universitetida «Elektr energiyasini ishlab chiqarish uzatish, taqsimlash va iste’moli» fanidan talabalar bilimini baholashda keng foydalanishga tavsiya etilib, ayni paytda talabalar uchun ham mazkur fanni o’zlashtirish jarayonida qanday baho olish mumkinligi haqida tasavvurga ega bo’lish imkonini beradi.
Talabalar bilimini nazorat qilish va baholash nazorati jadvallari, nazorat turi, shakli, soni hamda har bir nazoratga ajratilgan baho haqidagi ma’lumotlar fan bo’yicha birinchi mashg’ulotda talabalarga e’lon qilinadi.

  1. Nazorat turlari va baholash tartibi



«Elektr energiyasini ishlab chiqarish uzatish, taqsimlash va iste’moli» fani 5310200- Energetika(Issiqlik energetikasi) va bakalavriat ta’lim yo’nalishlarining o’quv rejasi bo’yicha 4 kurs 8 semestrlarda, bo’lib o’tishi mo’ljallangan. Talabalarning bilim saviyasi va o’zlashtirish darajasining Davlat ta’lim standartlariga muvofiqligini ta’minlash uchun quyidagi nazorat turlarini o’tkazish nazarda tutiladi:
joriy nazorat – talabaning «Elektr energiyasini ishlab chiqarish uzatish, taqsimlash va iste’moli» fani mavzulari bo’yicha bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Joriy nazorat «Elektr energiyasini ishlab chiqarish uzatish, taqsimlash va iste’moli» fanining xususiyatidan kelib chiqqan holda, tayyorlangan tajriba ishlarini og’zaki so’rov va amaliy ishlari berilgan uy vazifalarini tekshirish va suhbat o’tkazish orqali amalga oshiriladi;
oraliq nazorat – semestr davomida o’quv dasturining tegishli (fanning bir necha mavzularini o’z ichiga olgan) bo’limi tugallangandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikma darajasini aniqlash va baholash usuli. Oraliq nazorat bir semestrda ikki marta o’tkaziladi, uning shakli yozma ish shaklida o’tkazilib o’quv faniga ajratilgan umumiy soatlar hajmidan kelib chiqqan holda belgilanadi;
yakuniy nazorat – semestr yakunida muayyan fan bo’yicha nazariy bilim va amaliy ko’nikmalarni talabalar tomonidan o’zlashtirish darajasini baholash usuli. Yakuniy nazorat asosan tayanch tushuncha va iboralarga asoslangan “Yozma ish” shaklida o’tkaziladi.
Talabalarning bilim saviyasi, ko’nikma va malakalarini nazorat qilishning reyting tizimi asosida talabaning «Elektr energiyasini ishlab chiqarish uzatish, taqsimlash va iste’moli» fani bo’yicha o’zlashtirish darajasi baholar orqali ifodalanadi.




  1. Download 0.64 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling