Fan/modul kodi 09 (bakalavriat) O‘quv yili


Download 0.64 Mb.
bet19/35
Sana15.02.2023
Hajmi0.64 Mb.
#1200696
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35
Bog'liq
“Elektr energiyani uzatilishi, taqsimlanishi va iste’moli” fanidan

1.

Fanning nomi

Auditoriya mashg‘ulotlari (soat)

Mustaqil ta’lim (soat)

Jami yuklama
(soat)

Elektr energiyasini ishlab chiqarish uzatish, taqsimlash va iste’moli

72

74

146



Fanning maqsad va vazifalari


Fanning maqsadi – zamonaviy elektr tarmoqlarini o‘rganish, hisoblash va loyixalash asoslari bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos, ta’lim standartida talab qilingan bilimlar, ko‘nikmalar va tajribalar darajasini ta’minlashdir.
O‘quv fanini o‘rganishning asosiy vazifalari: elektr tarmoqlari parametrlarini aniqlash uslublarini , tarmoqlar ish tartiblarini , ulardagi quvvat va energiya isroflarini hisoblashni, elementlarni tanlashni, jumladan, tarmoqlarning ishonchliligini va energiya sifatini oshirish metodlarini talabalar o‘zlashtirishidir.


1.1.Fan bo‘yicha talabalarning bilimiga, ko‘nikma va malakasiga qo‘yiladigan talablar

Bilim, malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun talabalar qo‘yidagilarni o‘zlashtirishi lozim: elektr sistemasi va tarmoqlari ularning turlari, havo liniyasi va kabellarning elementlari, elektr uzatish liniyalarining parametrlari va sxemalari, elektr tarmoqlarini hisoblash usullari, elektr uzatish liniyalarida va tarnsformatorlarda quvvat va energiya isroflari, yopiq elektr tarmoqlarni hisoblash, eleketr energiyasini sifati va uni boshqarish.




1.2.Fanning o‘quv rejadagi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi va uslubiy jihatidan uzviy ketma-ketligi.

“Elektr energiyasini ishlab chiqarish uzatish, taqsimlash va iste’moli” fani asosiy elektr energetika fani hisoblanib 8 - semestrlarda o‘qitiladi. Dasturni amalga oshirish o‘quv rejasida rejalashtirilgan matematik va tabiy (oliy matematika, fizika, nazariy mexanika), umumkasbiy (mashina detallari; materiallar qarshiligi, mashina) va mexanizmlar nazariyasi; metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlash; energetika ( gidro va issiqlik qurilmalari); elektr energetika asoslari (elektr tarmoqlari va tizimlari; o‘ta kuchlanish va izolyasiya; stansiya va podstansiyalarning elektr qismi; o‘tkinchi jarayonlar va x.k. fanlaridan etarli bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlik talab etiladi.




1.3.Fanni ishlab chiqarishdagi o‘rni

“Elektr energiyasini ishlab chiqarish uzatish, taqsimlash va iste’moli” ni loyihalash, qurish,montaj qilish, ishlatish va holatlarini boshqarishda uning elementlarining xarakteristikalarini bilish, almashtirish sxemalarini qurish, normal holatlarini hisoblash, holatlarini taxlil qilish zarurdir.


Ushbu fan talabaga yuqoridagi vazifalarni bajarish uchun zaruriy bilimlarni beradi. SHuning uchun zaruriy bilimlarni beradi. Shuning uchun ushbu elektr energetika asoslari kursi fani hisoblanib, ishlab chiqarish texnologik tizimining ajralmas bo‘g‘inidir.
1.4 .Fanni o‘qitishda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar

O‘quv jarayoni bilan bog‘liq ta’lim sifatini belgilovchi holatlar quyidagilar: yuqori ilmiy-pedagogik darajada dars berish, muammoli ma’ruzalar o‘qish, darslarni savol-javob tarzida qiziqarli tashkil qilish, ilg‘or pedagogik texnologiyalardan va mul’timedia vositalaridan foydalanish, tinglovchilarni undaydigan, o‘ylantiradigan muammolarni ular oldiga qo‘yish, talabchanlik, tinglovchilar bilan individual ishlash, erkin muloqot yuritishga, ilmiy izlanishga jalb qilish.


“Elektr energiyasini ishlab chiqarish uzatish, taqsimlash va iste’moli” kursini o‘qitishda quyidagi asosiy konseptual yondoshuvlardan foydalaniladi:

Download 0.64 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   35




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling