Fan/modul kodi 351ktm04 O’quv yili 2022-2023 Semestr


Laboratoriya mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi


Download 0.78 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana04.04.2023
Hajmi0.78 Mb.
#1327181
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
output (11)

Laboratoriya mashg’ulotlar uchun quyidagi mavzular tavsiya etiladi: 
3-semestr 
1. Kompyuterga qo'shmcha yangi texnik qurilmalami ulash. 
(2 soat)
 
Kompyuterga asosiy va qo‘shimcha qurilmalarini ulash. Kompyuterning 
asosiy va qo’shimcha qurilmalarining xarakteristikalari bilan tanishish. 
2. Kompyuter tizimli blokini qismlarga ajratish. Arifmetik mantiqiy 
qurilma vazifasini tashkil etiluvchilar bilan tanishish. 
(2 soat)
 
Tizimli blokning asosiy komponentalari. Tizimli blokning asosiy qismlari. 
Ona platalar 
3. Windows operatsion tizimi va uni kompyuterga o'rnatish. Kompyuter 



viruslarining xarakteristikalari. Ta’sir etish yo’llari va ko’rinishlari. 
Viruslarni aniqlash va ulardan himoya qilish dasturlari. 
(2 soat)
 
Windows operatsion tizimi. Windows operatsion tizimini kompyuterga 
o'rnatish. Kompyuter viruslarining xarakteristikalari 
4. Amaliy dasturlar paketi va ularning kasbiy sohada qo’llanishi. 
Autoplay dasturida sodda elektron qoʻllanma yaratish. 
(2 soat)
Amaliy dasturlar paketi haqida tushuncha. Autoplay dasturida sodda elektron 
qoʻllanma yaratish.

V. Mustaqil ta’lim va mustaqil ishlar (96 soat) 
Mustaqil ishlar talabalar tomonidan kutubxonalarda mavjud bo`lgan
adabiyotlardan va internet tarmoqlaridan foydlalangan holda har bir mavzu 
uchun kerakli ma`lumotlarni yig`ib mazmuni taxlil qilib berishlari talab 
etiladi.
Fan yuzasidan talabalarning mustaqil ish va mustaqil ta’limini tashkil 
etish quyidagi vazifalarni hal etishga xizmat qilishi lozim: 
- talabalarda o‘z-o‘zini rivojlantirish, mustaqil bilim olish va innovatsion 
faoliyatni shakllantirishga imkon beruvchi kompetensiyalarni egallash 
maqsadi bilan bog‘liqlikda fan bo‘yicha mustaqil o‘quv faoliyatini amalga 
oshirish; 
- fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarni mustaqil egallash, muammoni 
shakllantira olish va uni hal etishning maqbul yo‘larini izlab topishga 
qobiliyatli kreativ shaxsni tarbiyalash; 
- talabalarda fanni o‘zlashtirishga doir motivatsiyani hosil qilish; 
- ta’lim oluvchilarda fan yuzasidan bilim olishga bo‘lgan mas’uliyatni 
oshirish; 

talabalarda 
mutaxassislik 
bo‘yicha 
umummadaniy 
va 
kasbiy 
kompetensiyalarni rivojlantirishga imkon berish; 
- talabalarda mustaqil bilim olish, o‘z-o‘zini boshqarish va o‘z-o‘zini 
rivojlantirishga qobiliyatlilikni shakllantirish uchun sharoit yaratish. 
Talabalarning 
mustaqil 
ishi 
O‘zbekistan Respublikasi Vazirlar 



Mahkamasining 2020 yil 31 dekabrdagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim 
jarayonini tashkil etish bilan bog‘liq tizimni takomillashtirish chora-tadbirlari 
to‘g‘risida”gi 824-son Qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 
2021 yil 16 iyuldagi “Oliy ta’limning davlat ta’lim standartlarini tasdiqlash 
to‘g‘risida”gi 311-son buyrug‘i, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta 
maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9-avgustdagi 19-2018-sonli buyrug’iga 
ilova qilingan “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish 
baholash tizimi to‘g’risidagi Nizom” asosida ishlab chiqilgan va kafedra 
yig‘ilishida tasdiqlangan yo‘riqnoma asosida tashkil etiladi va baholanadi. 

Download 0.78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling