Fan/modul kodi 36 fisp 4 07 O‘quv yili


- mavzu. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq


Download 421.43 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi421.43 Kb.
#1592825
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Fan dasturi B.S.S.MAGSTR

2- mavzu. Bozor iqtisodiyotini shakllantirish modellari va byudjet-soliq 
siyosatining o’zaro vobastaligi 
Byudjet siyosatining mazmun-mohiyati, tarkibiy tuzilmasi, namoyon bo’lish 
shakllari. Byudjet xarajatlari – Byudjet siyosati namoyon bo’lishining asosiy shakli. 
Byudjetdan moliyalashtirish va Byudjet siyosati. Byudjet siyosati va Byudjet normalari 
(me’yorlari), xarajatlar smetasi va Byudjet krediti. Byudjet xarajatlarini sarflash 
masalalari va vazifalari, ularning Byudjet siyosati bilan o’zaro bog’liqligi. 
Byudjetda kontsentratsiya qilinadigan (to’planadigan) YaIM hissasini aniqlash, 
mamlakat yuqori va quyi organlarining o’zaro munosabatlari, Byudjet xarajatlar 
qismining tarkibiy tuzilishi, turli darajadagi Byudjetlar o’rtasida xarajatlarni taqsimlash, 
davlat qarzini boshqarish, Byudjet defitsitini qoplash yo’llarini aniqlash va Byudjet 
siyosati.
Byudjet siyosatining har bir mamlakat Konstitutsiyasi va Byudjet jarayonida hamda 
qonun ijodkorligida alohida hokimiyat organlarining funktsiyalarini belgilovchi boshqa 
qonunlar majmuiga muvofiq aniqlanishi. Byudjet siyosatining faqat Byudjet jarayoniga 
tegishli emasligi. Davlat siyosati aniqlab beradigan maqsadlarga erishish uchun pul 
resurslarini yo’naltirish – Byudjet siyosatining ustuvorligi.
3-mavzu. Byudjet defitsitini kamaytirish – Byudjet siyosatining
markaziy masalasi
Byudjet defitsiti: mohiyati, ta’rifi, turlari va vujudga kelish sabablari. Byudjet 
defitsitiga nisbatan strategik yondoshuv va uning darajasini kamaytirish chora-
tadbirlarining asosiy yo’nalishlari. Byudjet defitsitini moliyalashtirish manbalari. 
Byudjet defitsiti va Byudjet siyosati muammolariga kontseptual yondoshuvlar. 
4- mavzu. Zamonaviy soliq siyosatini ishlab chiqish va uni hayotga
tadbiq etishning fundamental asoslari
Soliq siyosati moliyaviy (Byudjet-soliq) siyosat(i)ning eng muhim tarkibiy qismi. 
Soliqlar, soliq tizimi va soliq siyosatidagi vaziyat. Soliqlar, soliqqa tortish, soliq tizimi 
va soliq siyosatining o’zaro bog’liqligi. Soliqqa tortish nazariyasining eng dolzarb 
muammosi va soliq siyosati. Soliq tizimi, soliqqa tortish va soliq to’g’risidagi qonun 
hujjatlarining printsiplari, ularning soliq siyosati hayotiychanligiga ta’siri.



Soliq siyosati va soliq tizimining asosiy printsiplari. To’g’ri (bevosita) va egri 
(bilvosita) soliqlarning turli xillaridan oqilona foydalanish. Soliqqa tortishni 
universallashtirish. Bir marta soliqqa tortish. Ilmiy yondoshuv. Stavkalarni 
tabaqalashtirish. Soliq stavka-larining barqarorligi. Soliq imtiyozlari tizimidan keng 
foydalanish. Davlat boshqaruv darajasiga qarab soliqlarni taqsimlash. 
Soliqqa tortishning umumiy printsiplari va soliq siyosati. Manbalaridan qat’iy 
nazar barcha daromadlardan soliq to’lashning majburiyligi. Barcha hududiy-ma’muriy 
pag’onalar uchun yagona bo’lgan umumdavlat soliq siyosatini mahalliy hokimiyat 
idoralarining umumdavlat soliq siyosati doirasida soliqlarga oid qonun chiqarish 
faoliyatidagi mustaqilligi bilan uyg’un holda amalga oshirish. O’z faoliyati bilan eng 
muhim ijtimoiy, iqtisodiy va ekologik muammolarni hal etishga ko’maklashayotgan 
samarali ishlovchi korxonalarga imtiyoz berish, shuningdek xo’jalik yuritishning ilg’or 
shakllarini rag’batlantirish tizimi orqali soliq me’zonlarining rag’batlantiruvchi 
ahamiyatini ta’minlash. Dekla-ratsiyalar hamda tanlab o’tkaziladigan tekshirish va 
taftishlarni uyushtirish asosida barcha sub’ektlarning soliq to’lovlari yuzasidan olgan 
majburiyatlari ustidan moliyaviy nazorat qilish, qonunlarni buzuvchilarga nisbatan 
iqtisodiy choralar ko’rish. 
Soliq siyosati va soliq to’g’risidagi qonun hujjatlarining printsiplari. Soliq 
solishning majburiyligi, aniqligi, adolatliligi, soliq tizimining yagonaligi, soliq 
to’g’risidagi qonun hujjatlarining oshkoraligi va soliq to’lovchining haqligi 
prezumptsiyasi. 
Moliyaviy-iqtisodiy inqiroz va soliq siyosati. Soliqlar va davlat. Soliqli undirish 
tendentsiyasi. Oqilona soliq ostonasi. Inqiroz davri va soliqlar. Iqtisodiyotni tartibga 
solish instrumenti sifatida soliqlar va soliq siyosati. Soliq siyosati va xorijiy 
investitsiyalarni jalb qilish masalalari. Soliqlarning undiriluvchanligini oshirish va
soliq siyosati.

Download 421.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling