Fan/modul kodi absm2006 O`quv yili


II. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg’ulotlari)


Download 0.57 Mb.
bet2/7
Sana28.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1135914
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy bezak san\'ati 2022 3- kurs

II. Asosiy nazariy qism (ma`ruza mashg’ulotlari)
II.I. Fan tarkibiga quyidagi mavzular kiradi:
1-mavzu. Amaliy san`at va uning turlari. Naqqoshlik san`ati
O`zbek xalq amaliy san`ati va uning turlari. Naqqoshlik san`ati tarixi. Naqqoshlik san`ati maktablari va namoyondalari. Naqqoshlik san`atining ravnaqi.
2-mavzu. Naqqoshlik san`atida ishlatiladigan asbob-uskunalar va materiallar.
Naqqoshlik texnologiyasi, asbob-uskunalar, materiallar qalam, qog’oz, chizg’ich, mo`yqalam, bo`yoqlar turlari va ulardan foydalanish.
3-mavzu. Rangshunoslik va bo`yoqlardan foydalanish texnologiyasi.
Rang turlari, iliq va sovuq ranglar. Ranglar va ularning o`ziga xos xususiyatlari. Naqqoshlikda ranglarning qo`llanilishi. Bo`yoqlar tayyorlash texnologiyasi. Axromatik va xromatik ranglar. Rang koloriti. Ranglash texnologiyasi. Pardoz turlari: siyoh qalam, targ’il, taroq, obi tortish.
4-mavzu: Naqsh va uning turlari xaqida ma`lumot.
Naqqoshlik san`atida qo`llaniladigan naqsh elementlari: gul, barg, bargligul, shobarg, shoxbarg, bofta, shukufta, yakkaband, qo`shband, marg’ula, va boshqalar.
5-mavzu: Naqqoshlik san`atiga xos ustaxonalarda texnika xavfsizligi.
Ustaxonani texnika xavfsizligi, yong’in xavfsizlik qoidalari haqida tushuncha berish. Ustaxonada qog’ozlar, bo`yoqlar, bo`yoq suyultirgich, yonuvchan materiallardan foydalanish va ularni saqlash qoidalari.
6-mavzu: Naqqoshlik san`atida kompozitsiyaning ahamiyati.
Kompozitsiya toifalari, kompozitsiya xususiyatlari, hajmli kompozitsiyaning turlari, kompozitsiya ta`rifi, kompozitsiyaning tuzulish turlari, kompozitsiyani tashkil qilish. Kompozitsiyadagi shaklni tahlil qilish, kompozittsiya qonun qoidalari va ahamiyati.
7-mavzu: Amaliy bezak san`atida hajmli buyumlarga badiiy ishlov berish.
Amaliy bezak ishlarida qo`llaniladigan turli hajmli va sovg’a buyumlariga bezakli ishlov haqida umumiy ma`lumot berish. Buyumlarning hajmiga mos kompozitsiya tuzish, ranglash va pardozlash.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling