Fan/modul kodi absm2006 O`quv yili


Download 0.57 Mb.
bet5/7
Sana28.01.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1135914
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Amaliy bezak san\'ati 2022 3- kurs

Jami

92

Mustaqil o`zlashtiriladigan mavzular bo`yicha talabalar tomonidan referatlar va amaliy ishlar tayyorlash tavsiya etiladi.


V. Fan o`qitilishining natijalari (shakllanadigan kompetensiyalar)


Fanni o`zlashtirish natijasida talaba:

  • O`zbek milliy san`atida naqqoshlikning roli; naqqoshlikning o`ziga xosligi va estetik mohiyati; amaliy bezak san`atida kompozitsiya tuzish qonuniyatlari, masshtab, nisbatlar, materiallar xususiyatlari, ranglash va pardozlash qonuniyatlari, turli tasvirlash vositalaridan foydalanish, rivojlanish nazariyalari haqida tasavvur va bilimga ega bo`lishi;

  • Talaba amaliy bezak san`ati darslarini rejalashtirish:

tasviriy san`atda amaliy san`atning o`rni va roli; naqsh turlari, naqqoshlikda ramzlar va milliy qadriyatlar; murakkab naqshli kompozitsiyalar tuzish; amaliy bezak san`atda kompozitsiya kabi tasvirlash texnologiyalari, o`quvchilarga amaliy bezak san`ati mashg’ulotlarini tashkil etishda san`at asarlarini tahlil eta olish, yaxshi o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan individual darslar olib boorish, o`quvchilar ijodiy ishlarini baholay olish ko`nikmalariga ega bo`lishi;
Talaba amaliy san`at tarixi va nazariyasi, kompozitsiya qonuniyatlari va kompozitsion markaz, konstruktsiya, mavzu, harakat, yaxlitlik, kolorit, nisbatlar, me`yor, mutanosib va nomutanosiblik; Amaliy bezak san`at turlarida kompozitsiya; o`quv va tarbiya jarayonida amaliy bezak san`atining o`rni; amaliy bezak san`atida kompozitsiya, rang masalalari; materiallarda ishlash texnikasi; inter’er va ekster’erni amaliy bezash. Kompozitsiyaning asosiy qonuniyatlari, frontal kompozitsiya elementlari, zamonaviy ekspozitsiya va konstruktsiyalar hamda amaliy san`at asarlarini yaratishda tasvirlash vositalarida kompozitsiyalar tuzish malakasiga ega bo`lishi kerak.

VI. Ta`lim texnologiyalari va metodlari:



  • ma`ruzalar;

  • interfaol keys-stadilar;

  • amaliy mashg’ulotlar (mantiqiy fiklash, tezkor savol-javoblar);

  • guruhlarda ishlash;

  • taqdimotlarni qilish;

  • individual loyihalar;

  • jamoa bo`lib ishlash va himoya qilish uchun loyihalar.

VII. Kreditlarni olish uchun talablar:


Fanga oid nazariy va uslubiy tushunchalarni to`la o`zlashtirish, tahlil natijalarini to`g’ri aks ettira olish, o`rganilayotgan jarayonlar haqida mustaqil mushohada yuritish va joriy, oraliq nazorat shakllarida berilgan vazifa va topshiriqlarni bajarish, yakuniy nazorat bo`yicha yozma va amaliy ishni topshirish



Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling