«Energotexnologiya» fanidan «Moddaning holat parametrlari»
mavzusidagi amaliy mashg‘ulot bo‘yicha
ASSESMENT
TEST
Naporometrlarda qanday bosim o'lchanadi?
А) oddiy bosim
В) kichik bosim
С) vakuumdagi bosim
Д) atmosfera bosimi
Е) kichik ortiqcha bosim
|
MASALA
Qozonga ulangan manomеtr ko’rsatkichi 0,13 MPa ga tеng, baromеtr 600 mm.sim.ust. ni ko’rsatganda, qozon ichidagi bug’ning absolyut bosimi topilsin. Atrof muhitning tеmpеraturasi 25° S ga tеng dеb qabul qilinsin.
|
SIMPTOM
Bosim bu-……….
|
AMALIY KO‘NIKMA
Manometrik va termoelektrik termometrlarni farqlarini aniqlang.
|
«Keys-stadi» metodi
Keys-stadi interaktiv ta’lim metodi sifatida tinglovchilar tomonidan eng afzal ko‘riladigan metodlar qatoriga kirmoqda. Ushbu texnologiya asosan kimyoviy texnologiya fanlaridan dars beruvchi o‘qituvchi va tinglovchilarning umumiy intellekual va kommunikativ salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.
Buning sababi sifatida ushbu metod tinglovchilarga tashabbus bildirish, nazariy holatni o‘zlashtirishda hamda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishda mustaqillikka ega bo‘lish imkoniyatini berishida ko‘rish mumkin. O‘z navbatida vaziyatlarning analizi (tahlili) tinglovchilarning kasbiy shakllanish jarayoniga kuchli ta’sir o‘tkaza olishi, ularning kasbiy jixatdan “ulg‘ayishiga” xizmat qilishi, ta’lim olishga nisbatan qiziqish va ijobiy motivatsiyaning shakllantirishi alohida ahamiyatga ega. Keyslar metodi o‘qituvchining tafakkur turi sifatida, alohida paradigma ko‘rinishida gavdalanib, ijodiy salohiyatni rivojlantirish, noan’anaviy tarzda fikrlash imkoniyatini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |