Fanni o’qitishdan maqsad talabalarga reklama faoliyatni tashkil qilish, uning iqtisodiyotda tutgan o’rni haqida nazariy va metodologiya bilimlarni shakllantirish va amaliy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat


Download 28 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi28 Kb.
#1585007
Bog'liq
kirish


Fanni o’qitishdan maqsad talabalarga reklama faoliyatni tashkil qilish, uning iqtisodiyotda tutgan o’rni haqida nazariy va metodologiya bilimlarni shakllantirish va amaliy ko’nikmalar hosil qilishdan iborat.

Fanni o’qitishning asosiy vazifalari axborot va reklamaning jamiyatdagi o’rni va zarurligi, reklama e’lonlarini ishlab chiqarish jarayoni, reklama vositalaridan foydalanishni rejalashtirish, reklama byudjetini aniqlash va hisoblash, ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini oshirish kabi masalalarni o’rgatishdir.

Bozorda tovarlar va xizmatlar reklamasiga xorijiy olimlardan Borisov L., Golman I.A., Dell D., Karter G., Kavernyuk A.V., Kotler F., Linda T., Makshanov R.I., Romat E., Farbi E. va boshqalar asarlarida uning nazariy va uslubiy jihatlari yoritib berilgan.

O’zbekistonda ham marketingni umumiy yunalishi, uning turli tarmoqlar bo’yicha qo’llanishi, nazariy va amaliy jihatlarini o’rganishga bag’ishlangan ishlarda iqtisodchi olimlardan akademik G’ulomov S.S., professorlar Akramov E.A., Bekmurodov A.Sh., Jalolov J.J. Muxitdinov D.M. va boshqalar ilmiy ishlarini ko’rsatishimiz mumkin.

Ushbu olimlar ilmiy ishlarida reklama foaoliyatining nazariy, tashkiliy, huquqiy jihatlari, umumiy muammolari ko’rib chiqilgan. Mazkur muammoning hozirgi paytdagi ijtimoiy iqtisodiy ahamiyati o’quv qo’lanma mavzularining dolbzarbligidan dalolat beradi.

Fan bo’yicha talabalar marketing kommunikatsiyalari tizimida marketing, reklamani olib borishning metodologik asoslari, reklama qilinishi kerak bo’lgan obyektlar, reklama muomalasining mazmuni, shakli va tarkibi, reklama muomalasining uzatish vositalari, reklama faoliyatini amalga oshirish yo’llari haqida tushunchalarga ega bo’lishadi. Talabalar iste’molchilarni, tovarlarni va bozorni o’rganish uslublari, yo’nalishlari va usullarini, xarid jarayoniga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy tabiiy omillarni, reklama vositalarini, reklamaning iqtisodiy samarodorligini aniqlash usuli va uslublarini bilishlari kerak. Talabalar iste’molchining iste’molchilik motivastiyasi va psixologiyasi, reklama faoliyatining huquqiy tartibiga solish, reklama vositalarining tavsifini, reklama kompaniyalarini tashkil qilish va rejalantirishlarni o’rganadi.



«Reklama faoliyatini tashkil etish» fani «TIF asoslari», «Biznes marketingi», «Xalqaro marketing», «Bozor faoliyatini tahlil qilish va istiqbollash» va boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liq.

Fanni o’qitishda o’qitishning interaktiv usullaridan foydalangan holda reklama agentliklari va tashkilotlari ma’lumotlarni hamda reklama sohasidagi vaziyatlarni Internet ma’lumotlari asosida tahlil qilish, dars jarayonida slaydlardan, videoma’ruzalardan keng foydalanish, davrada suhbatlarni uyushtirish tavsiya etiladi.
Download 28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling