Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja
Jamg‘arilgan dag‘al oziqalar miqdorini aniqlash
Download 339.39 Kb.
|
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7- AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: SILOS VA SENAJ SIFATINI BAHOLASH. TAYYORLANGAN SILOS VA SENAJ MIQDORINI HISOBLASH. Mashg‘ulot maqsadi
- Uslubiy ko‘rsatmalar.
Jamg‘arilgan dag‘al oziqalar miqdorini aniqlash. Skirdlar va g‘aramlarga jamg‘arilgan dag‘al ozuqalarning umumiy miqdori hisoblash yo‘li bilan aniqlanadi. Buning uchun ularning o‘lchamlari yordamida hajmi aniqlanadi, so‘ngra dag‘al oziqaning turi, maydalanganlik darajasi va bostirilgan muddatiga qarab 1 m3 hajmdagi og‘irligiga ko‘paytiriladi (16 -jadval).
Skirdlarning hajmi quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi: 1. Ustki qismi aylana shaklda, baland skirdalar uchun (balandligi enidan uzun): V=(O×0,52-E×0,46)×E×U; 2. Uski qismi aylana shaklda o‘rta va past skirdlar uchun: V=(O×0,52-E×0,44)×E×U; 3. Barcha kattalikdagi yassi bostirilgan skirdalar uchun: V=(O×0,56-E×0,55)×E×U; 4. Ustki qismi uchburchak shaklda bostirilgan skirdlar uchun: G‘aramlarning hajmi quyidagi formulalar yordamida aniqlanadi: Baland g‘aramlar uchun: V=(0,004×O-0,012)×A2; 2. Past g‘aramlar uchun: . Bunda: V – skird yoki g‘aramnig hajmi, m3; O – oshirma, m; E – eni, m; U - uzunligi, m; A – aylana, m. 7- AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: SILOS VA SENAJ SIFATINI BAHOLASH. TAYYORLANGAN SILOS VA SENAJ MIQDORINI HISOBLASH. Mashg‘ulot maqsadi: silos va senaj sifatini aniqlash usullarini o‘rganish, tayyorlangan silos va senaj miqdorini hisoblash yo‘li bilan aniqlash. Uslubiy ko‘rsatmalar. Silos – bu ko‘k va boshqa oziqalarni anaerob sharoitda sut-kislotali mikroorganizmlar tomonidan ishlab chiqarilgan sut kislotasi yordamida konservatsiya qilingan shirali oziqadir. Silos tayyorlash uchun asosan ko‘k makkajo‘xori, kungaboqar, sorgo, sudan o‘ti, bir yillik dukkakli o‘simliklar (no‘xat, vika, oziqaviy lyupin va boshq.), boshoqli va dukkakli o‘tlar aralashmasi, ekiladigan ko‘p yilik va tabiy o‘tlar, , ildizmevalilar va poliz ekinlaridan foydalaniladi. Silosning sifati va to‘yimliligi birinchi navbatda o‘simlikning kimyoviy tarkibi, ular tarkibidagi qand, protein, mineral moddalar miqdoriga, namligi, tayyorlash texnologiyasi, saqlash sharoiti va foydalanish usullariga bog‘liq bo‘ladi. Silos barcha qishloq xo‘jalik hayvonlari uchun yaxshi iste’mol qilinadigan oziqadir, uni tayyorlashdan asosiy maqsad ko‘k oziqalar tarkibidagi to‘yimli moddalarning maksimal darajada saqlanishiga imkon beradi. Masalan, ko‘k ozuqalarni pichan uchun quritilganda uning tarkibidagi to‘yimli moddalarning kamida 30-50% yo‘qoladi. Silos tayyorlashda esa bu yo‘qolishlar 10% ni tashkil qilish mumkin, faqatgina organik kislotalarning hosil bo‘lishi uchun 60-90% qand miqdori sarflanadi. Silos sifati o‘rganilganda quyidagi ko‘rsatkichlar aniqlanadi: silosning ishqorli–kislotali muhiti (pH); sut, sirka va moy kislotalarni umumiy miqdori va ularning o‘zaro nisbati; saqlanadigan karotin, xom protein va xom kul miqdori; silos xidi, strukturasi (shakli), rangi va namligi. Silosning sifatini aniqlash uchun birinchi navbatda o‘rnatilgan tartibda o‘rtacha namuna olinadi (o‘rtacha namuna olish tartibi laboratoriya mashg‘ulotlarida yoritib berilgan). Silos namligi laboratoiya sharoitda tezkor usul bilan aniqlanadi. Buning uchun, o‘rtacha olingan namuna qurutqich shkafida 1300C haroratda 30–40 daqiqa davomida quritish yo‘li bilan aniqlanadi. Xo‘jalik sharoitda silos namligini taxminan aniqlash uchun bir siqim silos qo‘lga olinadi va qisib ko‘riladi: agar silos namligi yuqori bo‘lsa (80% dan ziyod), bunda shira ko‘p miqdordi ajraladi; agar silos namligi 75–80% atrofida bo‘lsa ajraladigan shira miqdori o‘rta me’yorda bo‘ladi; agar shira ajralmasa bunday silosning namligi 65–70% dan oshmaydi. Silosning pH muhitini aniqlash uchun oziqa namunasi olinada va shisha idishning yarim hajmigacha to‘ldiriladi, so‘ngra uning ustidan qaynatilib sovutilgan suv quyiladi. Idishdagi silos yaxshi aralashtiriladi va 15–20 daqiqaga davomida o‘z holatida saqlanadi. So‘ngra idishdagi suyuqlik qog‘ozli filtr orqali suzib olinadi va pipetka yordamida undan 2 ml hajmda filtrat olinib farforli palitraga solinadi. Ushbu suyuqlik ekstraktiga darhol 2–3 tomchi miqdorda maxsus silosli indikator (A.N.Mixin usuli bo‘yicha metilrota va bromtimolblaudan tayyorlanadi) qo‘shiladi. 2–3 daqiqadan so‘ng suyuqlik rangi aniqlanadi va 16–jadval bo‘yicha silosning pH muhiti aniqlanadi. Download 339.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling