O‘tlarni o‘rib olish vaqti o‘simliklarni o‘rilgan paytdagi vegetatsiya davriga qarab belgilanadi. O‘simliklardan pichan tayyorlash uchun o‘rib olish vaqti ularning turiga bog‘likdir, shuning uchun pichan tarkibidagi asosiy o‘simlikning vegetatsiya davri o‘rganiladi. Agar boshoqlarda etilmagan donlar bo‘lmasa, faqat gullar uchrasa bunda o‘simlik gullash davrida o‘rilgan hisoblanadi. O‘simlikning pastki boshoq gul to‘plamidalarida etilgan urug‘lar bo‘lsa, bunda o‘simlik urug‘ hosil bo‘lish davrida o‘rilgan hisoblanadi. Boshoqli o‘simliklar pichan uchun o‘z vaqtida o‘rilgan bo‘lsa poyasi ko‘k rangda bo‘ladi, kechikib o‘rilganda poyaning pastqi qismlari sarg‘aygan bo‘ladi. Dukkakli o‘simliklarning pastki ikkinchi yoki uchinchi urug‘ to‘plamida urug‘lar bo‘lsa, bunda o‘t to‘liq gullagan davrda o‘rilgan hisoblanadi, kechikib o‘rilganda ko‘p miqdorda pishgan urug‘lar to‘kiladi.
O‘simliklar to‘yimli moddalarga boy bo‘lgan davrda pichan tayyorlash uchun o‘rib olish maqsadga muvofiqdir. SHuning uchun, boshoqlilar boshoqlash yoki gullashning boshlang‘ich davrida, duqqakli o‘tlarni shonalash davrida yoki gullashning boshlang‘ich davrida o‘rib olish maqsadga muvofiq.
Botanik tarkibni aniqlash uchun 400-500 g o‘rtacha olingan pichan namunasi pichani brezent yoki toza mato ustiga yoyilib, uning tarkibi quyidagi fraksiyalarga ajratiladi: 1) boshoqlilar; 2) dukkaklilar; 3) boshqa turdagi o‘tlar; 5) zararli va zaharli o‘tlar.
Har bir fraksiya tarozida tortilib uning nisbiy og‘irligi aniqlanadi.
Davlat standarti talabi bo‘yicha ekiladigan o‘tlar tarkibida zararli (qiltiq, kilqon, qo‘y tikan va boshqalar) va zaharli (bangi devona, kampir chapon, isriq, uchma, oq qo‘vray, eshak miya va boshqalar) o‘tlar bo‘lmasligi kerak. Tabiy o‘tlardan tayyorlangan pichanlar tarkibida zararli va zaharli o‘tlar 1 sinif uchun 0,5% dan, 2 va 3 siniflar uchun 1% dan oshmasligi lozim.
Agar pichanda zararli va zaharli o‘tlar miqdori 1% dan yuqori bo‘lsa yoki tarkibida mag‘or, ko‘lansa hamda chirik alomatlari bo‘lsa qishloq xo‘jalik hayvonlarni oziqlantirishga yaroqsiz hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |