Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja


AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: OZIQALARNING TO‘YIMLILIGINI YOG‘ HOSIL QILISHIGA QARAB BAHOLASH. (SULI OZIQA BIRLIGI)


Download 339.39 Kb.
bet27/47
Sana07.04.2023
Hajmi339.39 Kb.
#1339927
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47
Bog'liq
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif

4. AMALIY MASHG‘ULOT MAVZUSI: OZIQALARNING TO‘YIMLILIGINI YOG‘ HOSIL QILISHIGA QARAB BAHOLASH. (SULI OZIQA BIRLIGI).


Mashg‘ulot maqsadi: oziqalarnig to‘yimliligini suli oziqa birligiga hisoblashni o‘rganish.
Uslubiy ko‘rsatmalar. Oziqalarning to‘yimliligini energetik jihatdan baholash uchun keng tarqalgan usuli suli ozuqa birligi (SOB) hisoblanadi. 1923 yilda professor E.A.Bogdanov tomonidan oziqalarning umumiy to‘yimliligini baholash uchun andoza qilib suli oziqa birligidan foydalanishni taklif etgan. Bir suli ozuqa birligi etib 1 kg o‘rta sifatli suli donnining to‘yimliligi asos qilib olingan, uning (burdoqiga boqilgan) hayvonlarga ta’sir etadigan kuchi 150 g yog‘, yoki 5,92 MDj almashuv energiyasi yoki 0,6 kraxmal ekvivalentiga teng bo‘ladi.
Oziqalarni to‘yimliligi suli ozuqa birligida ifodalash uchun ularning kimyoviy tarkibi, ya’ni saqlanadigan oqsil, yog‘, kletchatka va AEM miqdori; to‘yimli moddalarning hazmlanish koeffitsientlari; O.Kellerning yog‘ hosil qilish konstantalari va oziqalarning to‘liqqiymatli koeffitsientlarini bilish zarur.
9 ­jadval
O.Kellerning yog‘ hosil qilish konstantalari

1 g hazm bo‘lgan to‘yimli modda

Hosil bo‘lgan yog‘ miqdori, g

Oqsil

0,235

Yog‘, dag‘al oziqalar tarkibida

0,474

Yog‘, don va donli mahsulatlar tarkibida

0,526

Yog‘, kunjara va shrotlar tarkibida

0,598

AEM va kletchatka

0,248


O.Kelner tomonidan tabiiy oziqalar bilan o‘tkazilgan keyingi tajribalarda farq kuzatilgan, ya’ni xaqiqatda hosil bo‘lgan yog‘ miqdori hosil bo‘lishi kutilayotgan yog‘ miqdoriga nisbatan kam bo‘lgan. Buning asosiy sababi, sof oziqalarga nisbatan tabiiy oziqalarni iste’mol qilish va ularni chaynash, hazm qilish oganlarida achish­bijish jarayonlari uchun ortiqcha energiyaning sarflanishi, ayniqsa dag‘al poyali oziqalar tarkibida xom kletchatkaning ko‘pligi tufayli bu xarajatlar ortib boradi. Buning asosida oziqalarning to‘liqqiymatli koeffitsientlari ishlab chiqilgan.
Dag‘al va ko‘k o‘t ozuqalar uchun ular tarkibidagi kletchatkaning miqdoriga qarab hosil bo‘ladigan yog‘ miqdoriga chegirmalar qabul qilingan. Masalan: pichan va samonning to‘yimliligini SOB da hisoblash uchun, ular tarkibidagi 1 kg xom kletchatka hisobiga 143 g hosil bo‘ladigan yog‘ miqdori kamaytiriladi; to‘ponda ­ 72 g ga; ko‘k oziqalar tarkibida 12­14% xom kletchatka saqlansa uning 1 kg hisobiga 131 g hosil bo‘ladigan yog‘ miqdori kamaytiriladi, agar 10­12% bo‘lsa ­ 107 va 6­8% uchun ­ 82 g.
Konsentrat va ildizmevali oziqalar uchun to‘liqqiymatli koeffetsentlar 10­jadvalda ko‘rsatilgan.
10­jadval
Konsentirat va ildizmevali ozuqalar uchun to‘liqqiymatli koeffetsientlar

Oziqa turi

koeff.

Oziqa turi

koeff.

Kartoshka (o‘rtacha)

100

Makkajo‘xori doni

100

Sabzi

87

Soya doni

98

Xashaki lavlagi

72

Bug‘doy kepagi

79

Qand lavlagi

76

Javdar kepagi

76

Turneps

78

Kungabaqor kunjarasi

95

Bug‘doy, so‘li, javdar

95

Zig‘ir(lyon) kunjarasi

97

Arpa,no‘xat, dukkaklilar

97

Sut va qon uni

100

Biron turdagi oziqaning to‘yimliligini suli ozuqa birligida hisoblash qo‘ydagi tartibda amalga oshiriladi:


1. Oziqalarning kimyoviy tarkibi asosida saqlanadigan oqsil, yog‘ klechatka va AEM miqdori aniqlanadi.
2. To‘yimli moddalarning hazmlanish koeffitsentlari asosida hazm bo‘lgan to‘yimli moddalar miqdori hisoblab chiqiladi.
3. O.Kellerning yog‘ hosil qilish konstantalari asosida hosil bo‘lishi kutilayotgan yog‘ miqdori aniqlanadi.
4. Oziqalarning to‘liqqiymatli koeffetsentlari asosida haqiqatda hosil bo‘lgan yog‘ miqdori aniqlanadi.
5. Haqiqatda hosil bo‘lgan yog‘ miqdorini 150 g ga bo‘lish yo‘li bilan suli oziqa birligida hisoblab chiqariladi.



Download 339.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   23   24   25   26   27   28   29   30   ...   47




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling