Fanni o'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazifalari. Ozuqalarning to‘yimliligini kimyoviy tarkibiga qarab baholash. Reja
-MAVZU: OZUQALARNING TO‘YIMLILIGINING HAZMLANISH DARAJASIGA QARAB BAHOLASH
Download 339.39 Kb.
|
1-mavzu kirish, fanni o\'rganishning ahamiyati, maqsadi va vazif
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
2-MAVZU: OZUQALARNING TO‘YIMLILIGINING HAZMLANISH DARAJASIGA QARAB BAHOLASH.
REJA: Ozuqalarning hazmlanishini o‘rganishning ahamiyati, hazmlanish va hazmlanish koeffitsenti to’g’risida tushuncha. To‘yimlik moddalrning hazmlanishini o‘rganish tajribalarini o‘tkazish tartibi. Hazmlanishga ta’sir qiluvchi omillar. Tayanch iboralar: hazmlanish; hazm bo‘lgan moddalar miqdori; hazmlanish koeffitsienti; protein nisbati; hazmlanishga ta’sir etuvchi omillar, tajribani o‘tkazishning oddiy va murakkab usullari. Oziqlantirish natijasida qon aylanish, nafas olish funksiyasi va gavda tuzilishi ham o‘zgaradi. Ratsionda hajmli ozuqalarni ko‘p qabul qilgan buqachalarning ko‘krak chuqurligi, aylanasi, gavda uzunligi, maklokning eni, hajmi kam ozuqalarni qabul qilganlarga nisbatan ancha ziyod bo‘lganligi kuzatilgan. Oziqlantirish organizmda almashinuv jarayonlarida, sog‘ligini asrashda, mahsulot olishda hal qiluvchi rolni o‘ynaydi. Yetarli darajada oziqlantirmaslik natijasida turli xil ichki yuqumsiz kasalliklar - gipovitaminoz, suyak kasalliklari va boshqalar yuz berib hayvonlar mahsuldorligini keskin kamaytirishga va xo‘jalikda o‘sha hayvondan foydalanish muddati qisqartirilishiga olib keladi. Oziqlantirish - hayvonning o‘sish tezligini, tirik vazni oshishini va mahsuldorlik darajasini belgilaydi. To‘liq qiymatlik oziqlantirmaslikda hayvon tez etilmaydi, gavdasi yassi, oyoqlari uzun, elka chiziqlari noto’g‘ri shakllanadi. SHuning uchun akadyemik M.F.Ivanov "Ozuqa va oziqlantirish hayvonning zoti va kelib chiqishiga nisbatan ko‘proq ta’sir ko‘rsatadi" degan fikrga keladi. Haqiqatdan ham oziqlantirish darajasi sermahsul poda guruh va zotlarni yaratishda hal qiluvchi ahamiyatga egadir. To‘yimlik moddalar, organizmda normal haroratni saqlash, ish bajarish, organ va to‘qimalarning qurilish materiali, sut va boshqa mahsulotlarning hosil bo‘lishi, homilaning shakllanishi, organizmda zahira moddalarining to‘planishi uchun zarurdir. Yetarlik darajada oziqlantirmaslik va me’yoridan ziyod oziqlantirish nafaqat hayvon organizmiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin balki xo‘jalikning iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Yetarlik darajada oziqlantirmaslik hayvonning o‘sishini susaytiradi, mahsuldorligini kamaytiradi, ishlab chiqariladigan mahsulot uchun sarflanadigan ozuqa xarajatini oshiradi. Bundan tashqari yyetarlik darajada oziqlantirmaslik hayvonni turli hildagi kasalliklarga chalinishiga sabab bo‘ladi. Me’yoridan ziyod oziqlantirish hayvonning syemirib ketishiga sababchi bo‘ladi, natijada mahsuldorlik hildagi takror ishlab chiqarish ya’ni undan nasl olish kamayadi. Oziqlantirish bu hayvonlarning oziqlanishida inson tomonidan tashkillashtiriladigan, nazorat qilinadigan va boshqariladigan jarayon hisoblanadi. Oziqlanish - fiziologik funksiya bo‘lib modda almashinuvining ajralmas qismidir. Bu quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga oladi: ozuqani qabul qilish, maydalash, hazmlanish organlarida hazmlanish, to‘yimlik moddalarning so‘rilishi, organizm uchun kerakli moddalarni sintez qilish, keraksiz hamda hazm bo‘lmagan moddalarni organizmdan chiqarish. Oziqlantirish fani hayvonlarni sog‘ligini asrash, normal o‘sish va rivojlanish, nasl berish, mo‘l va sifatli mahsulot berish, etishtiriladigan mahsulotning tannarxini kamaytirish usullarini ishlab chiqaradi. Hayvon organizmida kechadigan hayotiy jarayonlarni ta’minlashda to‘yimlik moddalarning barchasi ishtirok etmaydi. Bunday holatning bo‘lishi o‘tgan asr boshlaridayoq hayvonlar ustida o‘tkazilgan tajribalardan aniq bo‘lgan edi. Hayvon organizmi uchun to‘yimlik moddalarning ozuqa tarkibidan ajratilishi va so‘rilish holatiga o‘tkazilishi hazmlash sistyemasida amalga oshiriladi. Download 339.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling