Qishloq xo’jalik hayvonlari hazmlanish organlarining anatomik jihatdan guruhlarga
1 – guruh. Kavshovchi hayvonlar: qoramollar, qo’y, echki, tuya, shimol bug’usi, buyvollar va zebular. Kavshovchilarning asosiy farqi, 4 kamerali oshqozonga egaligi – 3 ta oshqozonoldi (katta qorin, qat qorin, to’r qorin) va shirdon
2 – guruh. Bir kamerali yoki oddiy oshqozonga egalar: cho’chqa, it, ot, mo’ynali hayvonlar. Don bilan oziqlanuvchi parrandalar: o’rdak, g’oz, tovuq, kurka, sesarka, bedana, kabutarlar 2 ta oshqozonga ega bo’lsalarda, shu guruhga kiradi.
Ozuqa tarkibidagi to‘yimlik moddalarni hazmlash yo’li bilan ajratib olish kavshovchi va oddiy oshqozonga egalarda bir xil bo’lmaydi.
Kavshovchi hayvonlarning oshqozon oldi bo‘limlarida kuchli va doimo sir qiluvchi mikroorganizmlar ozuqa tarkibidagi kletchatkani parchalashga va ammiak azotlaridan mikrob oqsillarini suvda eruvchi vitaminlarni sintez qilishga yordam beradi.
Oddiy oshqozonga ega bo‘lganlarda esa bunday holat yo’q yoki juda cheklangan. Bu hayvonlarda to‘yimlik moddalarni hazmlash me’da osti bezi fermenti yoki ozuqaning o‘zi bilan tushayotgan fermentlar yordamida parchalaydilar.
Hazmlovchi fermentlar
Ozuqaviy material
|
Fermentlar nomi
|
Manba
|
Ferment ta’siridan keyingi mahsulot
|
Polisaxarid - kraxmallar
|
So‘lak amilazasi, me’da osti bezi amilazasi, alfa, betta va gamma amilaza fermentalri
|
So‘lak, pankreatik shira, ichak shirasi
|
Maltoza va kam miqdorda glyukoza
|
Disaxaridlar -maltoza, laktoza, saxaroza, sellabioza
|
Maltaza, laktaza, saxaraza, sellabiaza
|
So‘lak, pankreatik shira, ichak shirasi
|
Glyukoza, glyukoza+galaktoza, glyukoza+fruktoza
|
Yo’glar va moylar
|
Lipaza
|
Pankreatik shira
|
Glitserin + yog’ kislotalari
|
Oqsillar
|
Pepsin, imotrepsin, tripsin, peptidaza, aimnopeptidaza, korboksipiptidaza
|
Oshqozon shirasi, kankreatik shira
|
Albumozlar, peptonlar, polipeptidlar. aminokislotalar
|
Qishloq xo‘jalik hayvonlari fiziologiyasi va biokimiyosini ovqat hazm qilish organlarining alohida bo‘limlarida kechadigan jarayon, ya’ni fermentlarning to‘yimlik moddalarga ta’siridagi sifatiy o‘zgarishlari qiziqtiradigan bo‘lsa, zootexniyani esa ko‘proq to‘yimlik moddalarning miqdoriy qismi qiziqtiradi. Zootexniyada hazmlanish deganda qabul qilgani bilan chiqib ketgani o‘rtasidagi farq tushuniladi.
Hazmlanish deb, ozuqalarning ovqat hazm qilish organlariga tushgandan keyin mexanik, kimiyoviy va mikrobiologik ta’sirlar natijasida qon va limfaga so’rilishiga aytiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |