Fanning dolzarbligi. Fanning o’rganilganlik darajasi. Fanning maqsad va vazifalari
Download 34.42 Kb.
|
1-TEMA(1)
Fanning manbaviy asoslari. Buxoro viloyatda arxiv ishining tashkil etilishi va rivojlanishi mavzusining manbashunosligi ancha murakkab masala hisoblanadi. Mazkur mavzuning manbashunosligini shartli ravishda quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: 1) arxiv hujjatlari, 2) davriy matbuot materiallari.
Birinchi guruhga mansub manbalarga O’zbekiston Respublikasi Markaziy Davlat arxivi (O’zR MDA) ning R-400, M-17 fondlari hujjatlari kiritildi. O’zR MDAning R-400 fondida 1924-1991 yillar mobaynida ish olib borgan arxiv muassasalarning tashkil etilishi, olib borgan faoliyatlari, ularning qayta nomlanishi, ayrim arxivlarning tugatilishi yoki Ichki ishlar organlarining nazoratiga berilishi kabi masalalar o’z aksini topgan. M-17 fondida esa mustaqillikdan keyingi yillarda faoliyat ko’rsatayotgan viloyat va Markaziy davlat arxivlarining yillik hisobotlari jamlangan.Shuningdek, Buxoro viloyat davlat arxivining Buxoro viloyat IIXKB arxiv bo’limi (15-f), Buxoro viloyat davlat arxivi (802-f) fondlaridagi hujjatlarda ham Buxoro viloyatida arxiv ishining tashkil etilishi va rivojlanishi haqida qimmatli ma’lumotlar bor. Ikkinchi guruhga turli yillarda matbuotda e’lon qilingan materiallardan iborat. Fan arxivshunoslik fanida qarar topgan yangicha qarashlar va mustaqillik mafkurasi asosida tadqiq qilindi. Arxiv hujjatlari, maxsus adabiyatlar, qonun va qununosti hujjatlari, davriy matbuot materiallarini o’zaro tahlil qilish natijasida tadqiqotning ilmiy yangiligi sifatida quyidagilar ilgari surildi: - Buxoro viloyat davlat arxivining tashkil topish masalalari ochib berildi; - Buxoro viloyat davlat arxivining dastlabki holati tahlil qilindi; - Buxoro viloyat davlat arxivining hujjatlar bazasiga ta’rif berildi; - Arxivning faoliyati xronologik izchillikda yoritib berildi; - Mustaqillikka yillarida arxivda olib borilayotgan yangilanishlar va erishilgan yutuqlar haqida mushohadalar berildi. Tadqiqotda chiqarilgan xulosalardan Buxoro viloyat davlat arxivi tarixi haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Tadqiqotda bayon qilingan fikrlar va mulohozalardan foydalanib, “Arxivshunoslik” fanidan kollej, oliy o’quv yurtlari uchun darsliklar va o’quv qo’llanmalar yozish shuningdek, amaliy mashg’ulotlar o’tkazish mumkin. Buxoro arxivshunosligi fanini o’rganish asosida quyidagi xulosalar ishlab chiqildi: Buxoroda arxiv ishini tashkil qilish bilan bog’liq jarayonlar va mazkur tadbir bir qator qiyinchiliklarga duch kelgan. Shunga qaramasdan Buxoroda dastlabki arxiv ishini yo’lga qo’yilganligi sababli bugungi kunga qadar viloyat davlat arxivida muhim hujjatlar mujassamlangan.Buxoro viloyat davlat arxivi tashkil qilingan dastlabki yillarda arxiv ishini boshqarishdagi jarayonlarning sust olib borilganligi, arxiv muassasalarining ahvoli, kadrlar masalasidagi muammolar, shuningdek, o’sha davrdagi mavjud iqtisodiy qiyinchiliklar atroflicha tahlil qilindi.Buxoroda arxiv ishini boshqarishda olib borilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.Buxoroda arxiv ishini tashkil qilish bilan bog’liq jarayonlar va undagi duch kelingan qiyinchiliklar tadqiq etildi.Buxoroda dastlabki arxiv ishini yo’lga qo’yishda tariximiz uchun muhim asosiy hujjatlar bazasi mavjud ekanligi va ularning alohida qimmatdorligi masalalari haqida mushohadalar berildi. Buxoro viloyat davlat arxivi tashkil qilingan dastlabki yillarda arxiv ishinin boshqarishdagi jarayonlarning sust olib borilganligi, arxiv muassasalarining ahvoli, kadrlar masalasidagi muammolar, shuningdek, o’sha davrdagi mavjud iqtisodiy qiyinchiliklar atroflicha tahlil qilindi. Buxoro viloyatida arxiv ishini yaxshilash uchun MAIBga qilingan rasmiy iltimoslar va ularning natijalari bayon qilindi.Arxivga tashkilotlardan va fuqarolardan tushgan so’rovlarning amaliy hal etilish masalalariga to’xtalib o’tildi.MAIB tomonidan barcha viloyatlarga tarqatilgan “Arxiv materiallarini tartibli saqlash bo’yicha qisqacha qo’llanma”ning mazmun-mohiyati va qo’llanmani boshqa tashkilot-muassasalarga, shuningdek, rayon arxivlariga tarqatish ishlarida yuzaga kelgan qiyinchiliklar ochib berildi.Dastlab, hali arxiv ishi yo’lga qo’yish to’liq shakllanmagan vaqtlarda hujjatlarni davlat saqloviga qabul qilish jarayoni xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Arxiv materiallarining bir qismi foto-suratlardan tashkil topgan bo’lib, Buxoro viloyat davlat arxivi bunday hujjatlarni ham qabul qilgan. Foto-suratlarning davlat saqloviga topshirilishi va ularni saqlash bilan bog’liq muammolar tadqiq etildi. Buxoro viloyatining tashkil etilishi hududdagi arxiv ishiga ijobiy ta’sir etishi va mavjud muammolarninghal etilishiga qaratilgan chora-tadbirlar atroflicha bayon qilindi.1938 yildan keyin tashkil qilingan rayon va shahar arxivlari va ularning dastlabki ahvoli xususida ma’lumotlar keltirildi. 50-yillarda ham arxivdagi muammolarning ayrimlari hal etilgan bo’lsada, lekin to’liq o’z yechimini topmagan edi. Bu paytda hujjatlarni saqlash uchun lozim bo’lgan bino masalasi eng katta muammolardan biri bo’lib qolgandi. 1955-1976 yillarda viloyat arxivining hozirgi binosini qurish ishlarida Valitova Maryam Garifovna tomonidan tashabbus ko’rsatilishi va 70-yillardagi ijobiy siljishlar bilan bog’liq jarayonlar ochib berishga harakat qilindi.Mustaqillik yillarida Buxoro viloyat davlat arxivida olib borilgan o’zgarishlar, arxivlarning moddiy-texnik bazasining yaxshilanishi kabi masalalar yoritildi. Shuningdek, hujjatli filmlar yaratishda, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishda, ko’rgazmalar tayyorlashda hamda maqolalar chop etishda Buxoro viloyat davlat arxivi hujjatlarining manbaviy ahamiyati haqida fikrlar bildirildi. Arxivlarni rivojlantirishga xizmat qiladigan qonun va qarorlarning mohiyati va ularning ahamiyatiga to’xtalib, qonun va qonunosti hujjatlari asosida Buxoro shahar hokimining qarorlari chuqur tahlil qilindi.Mustaqillik sharofati bilan barcha sohalar qatorida arxiv tizimida ham tub islohotlar o’tkazildi. Jumladan, Buxoro viloyat davlat arxivida ham katta ishlar amalga oshirildi – zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan jihozlandi. Shuningdek, viloyat arxivida har haftaning chorshanba kunida o’tkaziladigan “Idoraviy arxivlar kuni” tadbiri va uning ahamiyati xususida batafsil mulohazalar berildi. Olingan xulosalar asosida quyidagi nazariy taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi: - Mutaxassis kadrlar tayyorlash masalasida mahalliy oliy o’quv yurtlari bilan hamkorlik qilish; - Alohida qimmatli hujjatlarni restavratsiya qilish bo’yicha qo’llanmalar ishlab chiqish va zamonaviy texnologiyalarni olib kirish; - Arxivga chet el grantlarini jalb qilish bo’yicha dasturlar ishlab chiqish; - Arxiv xodimlarini ijtimoiy jihatdan himoyalashni kuchaytirish. 1 Karimov I.A. O’zbekiston XX asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqoyot kafolatlari. – Toshkent: O’zbekiston, 1997. – 140 b. 33 2 M.M. Ismoilov. Hujjatshunoslik va Markaziy Osiyo diplomatikasi. – Toshkent: Akademnashr, 2010. – 64 3 Behbudova Sh. Buxoro viloyati davlat arxivi tarixi va bugungi kundagi faoliyati. // Buxoro haqiqati. 2011. – 1. –B.4. Download 34.42 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling