Fanning dolzarbligi. Fanning o’rganilganlik darajasi. Fanning maqsad va vazifalari


Download 34.42 Kb.
bet2/5
Sana05.01.2022
Hajmi34.42 Kb.
#211014
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-TEMA(1)

Fanning o’rganilganlik darajasi. Olib borilgan tadqiqot ishlari hamda tegishli arxiv hujjatlari, adabiyotlar tahlili asosida mavzu tarixshunosligi ikki guruhga bo’lib o’rganildi:

  1. Sovet davrida chop etilgan adabiyotlar, risolalar va maqolalar.

  2. Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan tadqiqotlar va nashr etilgan adabiyotlar.

Birinchi guruhga Sovet hokimiyati yillarida chop etilgan K.G.Mityayev, G.A.Belov, V.I.Vyalikov I.P.Kozlitin, V.V.Maksakov, I.L.Mayakovskiy, I.Alimov, A. Mirzayev, V. Vays, G. M. Dremina, V. Kote, V.I.Vliyakov, Z.V.Krayskaya, L.Myaskovalarning3 tadqiqotlarini kiritish mumkin bo’lib, ularda muammoning ba’zi jihatlari yoritilgan.

Arxivshunos olim I.Alimov o’z ishida O’zbekistondagi arxiv muassasalarining tarixi va ularning tashkil etilish masalalari, faoliyat yuritishlari haqida ma’lumotlar beradi. Bunda O’zbekistonda faoliyat yuritgan arxivlar va ularning hujjatlar bazasi, hujjatlarga beriladigan ilmiy-texnik ishlov, ularning saqlov sharoitlari, hujjatlarni jamlash manbalari va boshqalar to’g’risida gapirib o’tiladi.

G.A.Belov esa sobiq ittifoq hududidagi davlat arxivlarining ahvoli to’g’risida umumiy ma’lumotlar berib o’tgan. Bundan tashqari muallif sho’ro davridagi arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti haqida ham yozib qoldirgan. V.I.Vyalikov o’z kitobida 1946-1967 yillardagi arxiv sohasida qilingan ishlar xususida fikrlar bildirib o’tgan. Olima G.M.Dremina o’z izlanishlarida 70 yillarda ittifoqdosh respublikalardagi arxivlarning faoliyatlariga doir ma’lumotlarni keltirib o’tadi. Bunda milliy respublikalardagi arxiv fondlari, ularda saqlanadigan qimmatli hujjatlar va ularni chop etish masalalariga urg’u beriladi.Shuningdek, I.P.Kozlitin o’z ilmiy ishlarida sobiq ittifoqdagi korxona, tashkilot va muassasalar arxivlari haqida fikrlar keltirib o’tadi. V.Kote esa kino-surat-ovozli hujjatlar saqlanadigan arxivlar faoliyatlari to’g’risida gapirib o’tgan. Uning kitobida asosan markazdagi arxivlarning fondlari va faoliyatlari haqida fikr bildiriladi.

Z.V.Krayskaya tomonidan chop etilgan darslik esa faqat sobiq ittifoqda arxiv ishining tashkil etilishi masalalari bilan chegaralanib qolgan. Shuni aytish kerakki sho’ro tuzumi o’rnatilishidan oldin ham arxiv muassasalari bo’lgan. V.V.Maksakov ham bu masalaga bo’yicha yozgan qo’llanmasida sobiq ittifoqda arxiv ishining tashkil etilishi va uning dastlabki yillardagi faoliyati haqida ma’lumotlar berib o’tadi. Bunda dastlabki yillarda arxiv ishidagi qiyinchiliklar, kadrlar yetishmovchiligi va boshqa masalalar ko’tarilgan.K.G.Mityayev o’zining o’quv qo’llanmasida urushdan keyingi yillardagi ittifoq miqyosidagi arxiv ishi bo’yicha amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumotlar keltiriladi. L.Myaskova esa o’z ilmiy izlanishlarida O’zbekistondagi partiya tashkilotlarining arxivlari faoliyatini yoritib o’tgan. Bunda u faqatgina hukmron partiya arxivlarining tashkil etilishi va ularning faoliyatlari bilan chegaralanib qolgan. Viloyatlar arxivlarining faoliyatlarini o’rganish, ularning tashkil etilish masalalari xususida deyarli hech qanaqa ilmiy-amaliy izlanishlar olib borilmagan.




Download 34.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling