Fanning dolzarbligi. Fanning o’rganilganlik darajasi. Fanning maqsad va vazifalari


Download 34.42 Kb.
bet3/5
Sana05.01.2022
Hajmi34.42 Kb.
#211014
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-TEMA(1)

Ikkinchi guruhga ya’ni mustaqillik yillarida arxivshunoslikka doir I.Alimov, M.S.Isakova, V.G.Iofe, U.Jumayev, N.A.Abduraximova, M.M.Ismoilov2lar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni kiritish mumkin. Ular tomonidan yaratilgan tadqiqotlarda O’zbekiston Respublikasidagi arxiv ishining umumiy tarixi, rivojlanish bosqichlari, taraqqiyoti va boshqa jihatlar umumiy tarzda bayon qilingan. Bevosita Buxoro viloyat davlat arxivining faoliyati sovet davrida o’rganilmagan bo’lib, mustaqillik yillarida bu sohada Behbudova Shahodat3tomonidan matbuotda e’lon qilingan maqola va boshqa kichik maqolalarni sanab o’tishimiz mumkin. M.S.Isakova hamda V.G.Iofelar o’zlarining risolasida O’zbekiston Respublikasidagi arxiv ishi tarixi, arxiv ishini boshqarish, arxiv ishi nazariyasi va amaliyoti masalalariga to’xtalib o’tganlar. Jumladan, O’zbekistondagi ilk arxivlar vazifasini bajargan muassasalar va ularning paydo bo’lishi, qilgan ishlari yoritiladi. Bundan tashqari sovet davridagi arxiv ishi va uning rivojlanish bosqichlari haqida ham fikrlar keltiriladi. Yana bu kitobda O’zbekistondagi texnotron arxivlar xususida ham batafsil ma’lumot beriladi.N.A.Abduraximova, Z.M.Suleymanova, M.S.Isakovalar o’z tadqiqotlarida O’zbekistondagi ilk davrlardan boshlab hozirgacha bo’lgan davrda faoliyat yuritgan davlat muassasalari tarixi haqida atroflicha fikr-mulohazolar yuritganlar. Bunda davlat muassasalarining tashkil etilishi va ularning olib borgan faoliyatlari to’g’risida ancha fikrlar aytilgan.


Download 34.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling