Davlat bojxona qo'mitasining tashkil etilish zaruriyati reja


Download 27.17 Kb.
bet1/5
Sana20.11.2023
Hajmi27.17 Kb.
#1788689
  1   2   3   4   5
Bog'liq
7 DAVLAT BOJXONA QO\'MITASINING TASHKIL ETILISH ZARURIYATI


DAVLAT BOJXONA QO'MITASINING TASHKIL ETILISH ZARURIYATI

Reja:

  1. O‘zbekiston respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida

  2. O‘zbekiston respublikasi davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida

  3. Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish

  4. Davlat bojxona qo‘mitasi raisining huquq va vazifalari

“O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasini tashkil qilish to‘g‘risida” 1997-yil 8-iyuldagi PF-1815-son Farmoniga muvofiq, shuningdek respublika bojxona organlari tomonidan bojxona ishlarini tashkil qilish bo‘yicha ular zimmasiga yuklangan vazifalarning tezkorlik bilan va samarali bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:


Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-oktabrdagi 291-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2011-y., 43-44-son, 467-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
3. Belgilab qo‘yilsinki:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi ma’qullaganidan keyin kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi va lavozimidan ozod etiladi;
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari boshliqlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tayinlanadi.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 16-apreldagi 234-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 17.04.2020-y., 09/20/234/0453-son)
4. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risidagi Nizom 4-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Oldingi tahrirga qarang.
5. Belgilansinki, Davlat bojxona qo‘mitasini mablag‘ bilan ta’minlash O‘zbekiston Respublikasi respublika budjeti mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetini tuzishda Davlat bojxona qo‘mitasini joriy ta’minlash va uning moddiy-texnika bazasini mustahkamlash uchun budjetdan ajratiladigan zarur mablag‘larni har yili nazarda tutsin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda)
6. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining tugatilgan bojxona Bosh boshqarmasi boshliqlar tarkibining mansabdor shaxslarida ular ega bo‘lishgan maxsus va shaxsiy unvonlar saqlab qolinsin, ularning 1994-yil 18-yanvardan 1997-yil 8-iyulgacha bojxona organlarida ishlagan vaqti ichki ishlar xodimlariga tatbiqan uzoq vaqt ishlaganlik uchun ustamalar, pensiya tayinlashda xizmat stajiga qo‘shilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilab qo‘yilsinki, bojxona organlari mansabdor shaxslarining va ular oila a’zolarining pensiya ta’minoti harbiy xizmatni o‘tagan yoki ichki ishlar organlarida xizmatni o‘tagan shaxslar xamda ularning oila a’zolari uchun amaldagi qonunchilik bilan belgilangan shartlarda va normalar bo‘yicha amalga oshiriladi.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 16-apreldagi 161-sonli qarori tahririda)
7. Bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish va ijtimoiy dasturlarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasida Davlat soliq qo‘mitasi bojxona Bosh boshqarmasining moddiy yordam va bojxona organlarini rivojlantirish maxsus jamg‘armasi negizida moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi tuzilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan maxsus jamg‘arma bojxona yig‘imlari va ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlar tarzidagi tushumlar hisobiga shakllantiriladi.
(7-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 5-avgustdagi 463-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.08.2020-y., 09/20/463/1141-son)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi Moliya vazirligi bilan birgalikda Moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasini tashkil etish hamda undan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Nizomni ikki hafta muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda 1998-2000yillarda bojxona nazoratini yanada takomillashtirish va bojxona organlarining moddiy-texnika bazasini rivojlantirish Dasturini ishlab chiqsin va 1997-yil 1-dekabrgacha Vazirlar Mahkamasiga ko‘rib chiqish uchun kiritsin;
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi bilan birgalikda bojxona organlarida xizmatni o‘tash to‘g‘risidagi nizomni ikki oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Republikasi Davlat statistika qo‘mitasi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, shuningdek Markaziy banki so‘rovlariga ko‘ra bojxona statistikasi bo‘yicha hisobot ma’lumotlarini taqdim etsin.
(8-bandning to‘rtinchi xatboshi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
10. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Moliya vazirligi yillik investitsiya dasturlarini tuzishda ularga Davlat bojxona qo‘mitasi obyektlarini qurish, kengaytirish va rekonstruksiya qilishni kiritishni nazarda tutsinlar.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
11. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Davlat bojxona qo‘mitasi shaxsiy tarkibiga va ularning oila a’zolariga tibbiy xizmat ko‘rsatishning amaldagi tartibini saqlab qolsin.
12. Bojxona organlari uchun kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash, ularning kasb saviyasini oshirish bo‘yicha ishlarni yaxshilash, shuningdek bojxona rasmiylashtirishlari bo‘yicha mutaxassislarni o‘qitish maqsadida Davlat soliq qo‘mitasi bojxona Bosh boshqarmasining Viloyatlararo o‘quv markazi Davlat bojxona qo‘mitasi xodimlarining umumiy soni doirasida shtatdagi xodimlari soni (xizmat ko‘rsatuvchi va yordamchi xodimlardan tashqari) 20 nafar bo‘lgan Davlat bojxona qo‘mitasi o‘quv markaziga aylantirilsin.
Toshkent shahar hokimligi davlat bojxona qo‘mitasi o‘quv markazini joylashtirish masalasini ikki oy muddatda hal qilsin.
13. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati 1997-yildan boshlab Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi hamda Milliy xavfsizlik xizmati Instituti bazasida bojxona organlarining tezkor-qidiruv faoliyatini amalga oshiruvchi mansabdor shaxslarini tayyorlash va qayta tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil qilsinlar.
14. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining, “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi faoliyatini tashkil etish masalalari to‘g‘risida” 1994-yil 4-martdagi 114-son qarorining bojxona organlari faoliyatini tashkil etishga taalluqli qismi o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblansin.
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri O‘.T. Sultonov zimmasiga yuklansin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1a-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 9-martdagi PQ-302-sonli qaroriga muvofiq kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 10-avgustdagi PQ-1595-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.

Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling