Davlat bojxona qo'mitasining tashkil etilish zaruriyati reja
DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI RAISINING HUQUQ VA VAZIFALARI
Download 27.17 Kb.
|
7 DAVLAT BOJXONA QO\'MITASINING TASHKIL ETILISH ZARURIYATI
DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI RAISINING HUQUQ VA VAZIFALARI
14. DBQ Raisi. Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan o‘ziga yuklangan vazifalarning bajarilishi va u o‘z funksiyalarining amalga oshirilishi uchun shaxsan javob beradi; DBQ organlari tizimiga umumiy rahbarlikni ta’minlaydi; DBQ markaziy apparati, DBQB va IBQ shtat jadvalini tasdiqlaydi; DBQ, DBQB va IBQ tajribiy bo‘linmalari to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlaydi; Oldingi tahrirga qarang. zarurat bo‘lganda davlat bojxona xizmati organlari tuzilmasiga belgilangan umumiy shtat birliklari doirasida o‘zgartirishlar kiritish; (14-bandning oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son) bojxona organlarining kontrabanda, bojxona qonunchiligini buzish to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha surishtiruv olib boruvchi, bojxona qoidalari buzilishi to‘g‘risidagi ishlarni olib boruvchi va ularni ko‘rib chiquvchi mansabdor shaxslari ro‘yxatini aniqlaydi; DBQ mansabdor shaxslari, ishchi va xizmatchilarini rag‘batlantirish va jazolash to‘g‘risida qarorlar qabul qiladi; o‘z vakolatlari doirasida bojxona organlarining mansabdor shaxslariga maxsus unvonlar beradi; o‘z vakolatlari doirasida buyruqlar, yo‘riqnomalar va normativ hujjatlar chiqaradi, shu jumladan, mulkchilik shakllaridan qat’i nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlar yo‘riqnomalar va normativ hujjatlar chiqaradi, ularning bajarilishini tekshirishini tashkil etadi; bojxona organlarining o‘rnak ko‘rsatgan xodimlarini va bojxona ishiga ko‘maklashgan fuqarolarni mukofotlarga va O‘zbekiston Respublikasining faxriy unvonlarini berish, ko‘krak nishonlari, faxriy yorliqlar va rag‘batlantirishning boshqa turlari bilan mukofotlash to‘g‘risida takliflar kiritadi; qonunchilik tomonidan o‘z vakolatiga kiritilgan boshqa masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi. Download 27.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling