Davlat bojxona qo'mitasining tashkil etilish zaruriyati reja


DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh


Download 27.17 Kb.
bet3/5
Sana20.11.2023
Hajmi27.17 Kb.
#1788689
1   2   3   4   5
Bog'liq
7 DAVLAT BOJXONA QO\'MITASINING TASHKIL ETILISH ZARURIYATI

DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI FAOLIYATINI TAShKIL ETISh
Oldingi tahrirga qarang.
11. Davlat bojxona qo‘mitasiga O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlanadigan Rais boshchilik qiladi.
Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari va o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan, O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari va ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari boshliqlari esa O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan tayinlanadi.
Rais o‘rinbosarlari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash Davlat bojxona qo‘mitasi raisi tomonidan amalga oshiriladi
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
111. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisi kuyidagilar uchun shaxsan javob beradi:
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, normativ-huquqiy hujjatlar talablarini o‘z vaqtida va sifatli bajarish;
bojxona organlariga yuksak kasb ko‘nikmasi va ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan har tomonlama kamol topgan va vatanparvar yoshlarni jalb etishga qaratilgan kadrlarni tanlash va joy-joyiga qo‘yishning prinsipial jihatdan yangi tizimini yaratish;
xodimlarning xizmatga bo‘lgan munosabatini tubdan o‘zgartirish, qonuniylik buzilishining barcha ko‘rinishlariga nisbatan murosasiz munosabatda bo‘lish muhitini yaratish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish;
xizmatni fidokorona o‘tayotgan kadrlarni har tomonlama rag‘batlantirish, xizmat intizomini, qonun hujjatlari talablarini qo‘pol ravishda buzgan xodimlarni intizomiy hamda boshqa turdagi javobgarlikka tortish;
Oliy harbiy bojxona instituti faoliyatini samarali tashkil etish;
bojxona xizmati organlari faoliyatining ochiqligini ta’minlash, aholi, tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari bilan bevosita, maqsadli muloqot o‘rnatish, shuningdek, fuqarolarni shaxsan qabul qilish.
112. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari quyidagilar uchun shaxsan javob beradi:
bojxona ishini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini ishlab chiqish, bojxona haqidagi qonunlarni va huquqni ko‘llash amaliyotini takomillashtirish, bojxona sohasida huquqbuzarliklar sodir etilishining sabablari va shart-sharoitlarini tahlil qilish, ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rish;
davlat xizmatlari ko‘rsatish, ma’lumotlarni to‘plash, tahlil qilish va ulardan foydalanish tizimini tubdan takomillashtirish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanish orqali bojxona organlarining jismoniy va yuridik shaxslar bilan bevosita aloqasiz muloqot qilish shakllarini joriy etish;
xavf-xatarni boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimini, tashqi iqtisodiy faoliyatning halol ishtirokchilariga nisbatan munosabatda bo‘lishning soddalashtirilgan bojxona tartibotlarini qo‘llash tartibini joriy etish, va ularning samarali ishlashi;
bojxona nazoratining zamonaviy shakllari, usullari va texnik vositalarini joriy etish hisobiga tovarlarning noqonuniy importini, bojxona to‘lovlarini to‘lashdan bo‘yin tovlash sxemalarini aniqlash;
113. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari kuyidagilar uchun shaxsan javob beradilar:
tashqi savdo operatsiyalari monitoringini olib borish, eksport-import shartnomalari ijrosini tahlil qilish, tovarlar eksporti prognozlarini bajarish, tashqi savdo operatsiyalarini amalga oshirishda valyuta haqidagi qonunlarga rioya qilish;
bojxona statistikasini shakllantirish va uning ishonchliligi, O‘zbekiston Respublikasining tashqi savdosini hamda mamlakatning asosiy savdo sheriklari bo‘lgan davlatlar bilan savdo-iqtisodiy aloqalarni rivojlantirish haqida tahliliy materiallar tayyorlash;
statistika ma’lumotlarining ishonchliligini ta’minlash maqsadida xorijiy mamlakatlarning bojxona xizmatlari bilan axborot almashish, tashqi savdo sohasida huquqbuzarliklar belgilarini aniqlash;
tashqi iqtisodiy faoliyatning tovar nomenklaturasi bo‘yicha tovarlar tasnifi to‘g‘riligini baholashni nazarda tutuvchi bojxona postlari faoliyati ustidan amaliy nazorat qilish tizimini ishlab chiqish, ularning bojxona qiymatini aniqlash, bojxona to‘lovlarini hisoblash va undirish, shuningdek, ko‘rsatib o‘tilgan masalalarda metodologik yordam berish;
kontrabandaga va bojxona haqidagi qonunlar buzilishiga qarshi kurashishning holati va samaradorligi, tovarlarni noqonuniy olib kirish mexanizmlarini aniqlash va tahlil qilish, huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligining amaliy chora-tadbirlarini ishlab chiqish, javobgarlikning muqarrarligini ta’minlash;
xorijiy mamlakatlar bojxona organlari va xalqaro tashkilotlar bilan samarali hamkorlikni tashkil etish, bojxona ishi sohasidagi ilg‘or tajribani tizimli o‘rganish va joriy etish;
O‘zbekiston Respublikasi Milliy kinologiya markazining samarali faoliyatini tashkil etish;
jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini puxta, har tomonlama, to‘liq va xolisona ko‘rib chiqish, fuqarolarni shaxsan qabul qilish;
bojxona organlarining bino va inshootlarini joriy va mukammal ta’mirlash, xodimlarni kompyuter va texnika, aloqa va bojxona nazorati vositalari bilan ta’minlash, yuklangan vazifalarni samarali bajarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish.
(111 — 113-bandlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son)
Oldingi tahrirga qarang.
12. Davlat bojxona qo‘mitasida Rais (hay’at raisi), uning o‘rinbosarlari, shuningdek Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini muvofiqlashtiruvchi tarkibiy bo‘linmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hay’at tashkil etiladi.
Hay’atning a’zolari soni va shaxsiy tarkibi Davlat bojxona qo‘mitasi raisining taqdimnomasiga binoan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Hay’at quyidagilar bilan bog‘liq masalalarni ko‘rib chiqadi:
Davlat bojxona qo‘mitasi faoliyatining respublikaning iqtisodiy manfaatlarini himoya qilishni davom ettirish va belgilangan vakolatlar doirasida respublikaning iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash, respublikaning bojxona siyosati amalga oshirilishini takomillashtirish, bojxona qonunchiligiga rioya qilinishi yuzasidan nazoratni amalga oshirishni kuchaytirish, bojxona ishini amalga oshirishda fuqarolarning, shuningdek yuridik shaxslarning huquqlari va manfaatlarini himoya qilish, shuningdek respublikaning tashqi iqtisodiy aloqalarini rivojlantirishga ko‘maklashish bo‘yicha ushbu Nizomda belgilangan asosiy yo‘nalishlarni tayyorlash va amalga oshirish;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi nomenklaturasiga kiradigan lavozimlarga kadrlarni tanlash, joy-joyiga qo‘yish, tayyorlash va qayta tayyorlash;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarida, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlarida belgilangan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha ijro intizomini mustahkamlash, ularning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishini ta’minlash uchun Davlat bojxona qo‘mitasi rahbarlari va xodimlarining shaxsiy javobgarligini oshirish.
Hay’at Davlat bojxona qo‘mitasi vakolatiga taalluqli boshqa masalalarni ham ko‘rib chiqish huquqiga ega.
Hay’at majlisiga Davlat bojxona qo‘mitasi vakolatiga kiradigan masalalar bo‘yicha boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, mahalliy davlat hokimiyati organlari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar rahbarlari taklif etilishi mumkin.
Hay’at uning majlisida tarkibining yarmidan ko‘pi qatnashgan taqdirda vakolatli bo‘ladi. Ko‘rib chiqilayotgan masalalar bo‘yicha qarorlar oddiy ko‘pchilik ovoz bilan qabul qilinadi.
Hay’at qarorlari Davlat bojxona qo‘mitasi qarorlari va Raisning buyruqlari bilan amalga oshiriladi. Rais va hay’at a’zolari o‘rtasida kelishmovchiliklar paydo bo‘lgan taqdirda Rais paydo bo‘lgan kelishmovchiliklar to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot bergan holda mustaqil ravishda qaror qabul qiladi. Hay’at a’zolari ham o‘z fikr-mulohazalarini O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga xabar qilishlari mumkin.
Hay’at faoliyati tartibi uning hay’at tasdiqlaydigan reglamentida belgilanadi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2010-yil 5-iyundagi 108-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2010-y., 23-son, 183-modda)
13. Bojxona organlari faoliyatini takomillashtirish, ularning ilmiy, ijtimoiy va moddiy-texnikaviy rivojlanishi, kadrlar bilan ta’minlash masalalarini, boshqaruv qarorlari va tavsiyalari kelishilgan holda ishlab chiqilishini kompleks hal etish uchun DBQda kengashlar va komissiyalar tashkil etiladi, ular to‘g‘risidagi nizom DBQ Raisi tomonidan tasdiqlanadi.

Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling