Davlat bojxona qo'mitasining tashkil etilish zaruriyati reja


VII. DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI QARORLARI VA ULARNING HUQUQIY HOLATI


Download 27.17 Kb.
bet5/5
Sana20.11.2023
Hajmi27.17 Kb.
#1788689
1   2   3   4   5
Bog'liq
7 DAVLAT BOJXONA QO\'MITASINING TASHKIL ETILISH ZARURIYATI

VII. DAVLAT BOJXONA QO‘MITASI QARORLARI VA ULARNING HUQUQIY HOLATI
15. Mansabdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar Davlat bojxona qo‘mitasining kadrlarini tashkil etadi.
16. Mansabdor shaxslarga bojxona organlarida shtatdagi lavozimni egallab turgan yoki bojxona organlarida boshliqlar tarkibi maxsus unvonlari berilgan kadrlar kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
17. Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ular tomonidan egallab turilgan lavozimlarga va xizmat muddatlariga muvofiq quyidagi maxsus unvonlar beriladi:
kichik tarkib: bojxona xizmati kichik serjanti, bojxona xizmati serjanti, bojxona xizmati katta serjanti;
o‘rta boshliqlar tarkibi: bojxona xizmati leytenanti, bojxona xizmati katta leytenanti, bojxona xizmati kapitani;
katta boshliqlar tarkibi: bojxona xizmati mayori, bojxona xizmati podpolkovnigi, bojxona xizmati polkovnigi;
yuqori boshliqlar tarkibi: bojxona xizmati general-mayori, bojxona xizmati general-leytenanti, bojxona xizmati general-polkovnigi.
Maxsus unvonlar berish va ulardan mahrum qilish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(17-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-sonli qarori tahririda— O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
18. Bojxona organlari mansabdor shaxslarining maxsus unvonlarda xizmat muddatlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
19. Bojxona organlarining maxsus unvonlari, bojxona xizmati polkovnigi ham shu jumlaga kiradi, DBQ Raisi tomonidan beriladi, bojxona xizmati general-mayoridan bojxona xizmati general-polkavnigigacha boshliqlar tarkibi maxsus unvonlari DBQ Raisi taqdimnomasiga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan beriladi.
20. Bojxona organlari mansabdor shaxslariga shaxsiy tartib raqamlari beriladi va xizmat guvohnomalari hamda Davlat bojxona qo‘mitasi tomonidan belgilangan namunadagi jetonlar beriladi.
21. Bojxona organlari boshliqlar tarkibi lavozimiga tayinlangan harbiy xizmatga majburlar harbiy hisobdan belgilangan tartibda chiqadilar va davlat bojxona qo‘mitasida maxsus hisobga turadilar.
22. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari budjet mablag‘lari va qonunchilikda belgilangan boshqa manbalar hisobiga majburiy shaxsiy sug‘urta qilinishi kerak.
23. Bojxona organlarining mansabdor shaxslariga ichki ishlar organlari xodimlari uchun belgilangan barcha huquq va imtiyozlar, shu jumladan mansab okladlari, maxsus unvonlar va muddatli xizmati uchun ustamalar, boshqa to‘lovlar va ijtimoiy himoyaning o‘zga shartlari, shaxsiy va mulkiy huquqlarni qo‘riqlash tatbiq etiladi.
24. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari belgilangan normalarga muvofiq formali kiyim bilan tekin ta’minlanadi.
Oldingi tahrirga qarang.
25. Bojxona organlari mansabdor shaxslarini rag‘batlantirish va ularga tanbehlar berish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Bojxona organlari intizomiy ustaviga muvofiq belgilanadi.
(25-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 1-avgustdagi 154-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2006-y., 31-32-son, 315-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
26. Bojxona organlarining mansabdor shaxslari tegishli vazirliklar va idoralarning roziligi bo‘yicha davlat bojxona qo‘mitasining qarorlari bilan Qurolli Kuchlarga, Davlat xavfsizlik xizmati qo‘shinlari va organlariga, Favqulodda vaziyatlar vazirligiga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori bilan tashkil etiladigan harbiylashtirilgan tuzilmalarga, ichki qo‘shinlarga, shuningdek ichki ishlar organlariga o‘tkazilishi va ular shaxsiy tartibda haqiqiy harbiy xizmatga yoki xizmatni bundan keyin davom ettirishga yuborishlari munosabati bilan qayta o‘tkazilishi mumkin.
Download 27.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling