Davlat bojxona qo'mitasining tashkil etilish zaruriyati reja
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida
Download 27.17 Kb.
|
7 DAVLAT BOJXONA QO\'MITASINING TASHKIL ETILISH ZARURIYATI
O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi to‘g‘risida
NIZOM I. UMUMIY QOIDALAR 1. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasi (keyingi o‘rinlarda — DBQ deb yuritiladi) O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq davlat boshqaruvi organi hisoblanadi. Davlat bojxona qo‘mitasi o‘z vakolatlari doirasida yagona boj siyosati o‘tkazilishini, bojxona ishlari to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya etilishini, DBQ organlari tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishini ta’minlaydi. 2. Davlat bojxona qo‘mitasi o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi va xalqaro bitimlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga amal qiladi. 3. Davlat bojxona qo‘mitasining qonunchilikka muvofiq o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari, mulkchilik shartlaridan qat’i nazar, jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan ijro bajarilishi majburiydir. 4. Davlat bojxona qo‘mitasi organlarining tizimini quyidagilar tashkil etadi: DBQ markaziy apparati; DBQning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahar boshqarmalari (DBQB), ixtisoslashtirilgan bojxona komplekslari (IBK); Oldingi tahrirga qarang. bojxona postlari. (4-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-iyuldagi 553-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 19.07.2018-y., 09/18/553/1538-son) 5. DBQ markaziy apparati, DBQB, IBK yuridik shaxs hisoblanadilar, bank muassasalarida hisob-kitob, joriy va boshqa schyotlarga, shu jumladan valyuta schyotlariga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasvirlangan va o‘z nomi yozilgan muhrga ega bo‘ladilar. 6. Davlat bojxona qo‘mitasida belgilangan tartibda moddiy yordam, ijtimoiy himoya qilish, bojxona organlarini rivojlantirish va ko‘zda tutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasi tashkil etiladi. Download 27.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling