Fanning ishchi o‘quv dasturi, namunaviy o`quv reja, ishchi o‘quv reja va
Baho Talaba bilimi va malakasiga talablar
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Matematik dasturlash ishchi (2021-2022)
Baho
Talaba bilimi va malakasiga talablar 5 A’lo Talaba test savollarining 90%dan yuqorisiga to‘g‘ri javob beradi hamda amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi shuningdek mashg‘ulotlarda faol ishtirok etagan deb topilganda. 4 Yaxshi Talaba test savollarining 89,9%dan 70% gacha to‘g‘ri javob beradi hamda amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlardagi yaxshi ishtirokni inobatga olgan deb topilganda 3 Qoniqarli Talaba test savollarining 69,9%dan 60% gacha to‘g‘ri javob 11 beradi hamda amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlarda ishtirok etib topshiriqlarni o‘qituvchi yordamida to‘g‘ri bajaradi deb topilganda 2 Qoniqarsiz Talaba test savollarining 59,9% dan kamiga to‘g‘ri javob beradi hamda amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlardagi topshiriq-larning shartini to‘g‘ri tushunib ularni bajara olmaydi deb topilganda Fan bo‘yicha oraliq nazorat turlarida talaba olgan baho Yakuniy nazorat turiga kirish uchun. Nizomda ko‘rsatib o‘tilgandek, talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga oraliq nazorat turini qayta topshirishga fakultet dekanining farmoyishi asosida ruxsat beriladi. Talabaga oraliq nazorat turini qayta topshirish uchun berilgan muddat davomida talaba tomonidan qayta topshirishlar soni 2 martadan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Talaba oraliq nazorat turini birinchi marta qayta topshirishdan o‘ta olmagan taqdirda, fakultet dekani tomonidan komissiya tuziladi. Komissiya tarkibi tegishli fan bo‘yicha professor-o‘qituvchi va soha mutaxassislari orasidan shakllantiriladi. Ikkinchi marta oraliq nazorat turini o‘tkazish va talabani baholash mazkur komissiya tomonidan amalga oshiriladi. Berilgan muddat davomida mavjud bo‘lgan qarzdorlikni topshira olmagan talaba bo‘yicha fakultet dekani bildirgi bilan oliy ta’lim muassasasi rektorini xabardor qiladi va ushbu talaba rektor buyrug‘i asosida kursdan qoldiriladi. Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling