Fanning ishchi o‘quv dasturi, namunaviy o`quv reja, ishchi o‘quv reja va
Download 0.62 Mb. Pdf ko'rish
|
Matematik dasturlash ishchi (2021-2022)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Baho Talabaning bilim darajasi va malakasiga talablar
Jami
60 Baholash turlari va shakllari 1. Oraliq nazorat turi Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va Yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari davomida o‘tkaziladi. Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning hususiyatidan kelib chiqqan holda 2 martagacha o‘tkazilishi mumkin. Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) va muddati fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha oraliq nazorat turi o‘tkazilmaydi. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘kituvchisi tomonidan baholab boriladi. Baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug‘ining ya’ni “Oliy talim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizomning 15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi. Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlarda faolligi uchun talabani baholash mezonida quyiladigan talablar qo‘yiladi. Baho Talabaning bilim darajasi va malakasiga talablar 5 A’lo Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadi, berilgan topshiriqlarni mustaqil fikr asosida to‘g‘ri bajaradi, javoblarni izohlab ularning amaliy ahamiyatini anglay oladi, topshiriqlarni bajarishda ijodiy yondoshadi va ijodiy fikrlay oladi, o‘z fikrini to‘la ifodalay oladi, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida bajarib topshiradi, mustaqil ta’lim mavzularini to‘liq o‘zlashtiradi, talaba mustaqil xulosa va qaror qabul qiladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunda, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda. 4 Yaxshi Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim 9 topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadi, berilgan topshiriq va mashqlarni to‘g‘ri bajaradi, javoblarni izohlay oladi, fikrini mustaqil ifodalay oladi, topshiriq mohiyatini to‘la tushunadi, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida bajarib topshiradi, mustaqil ta’lim mavzularini 70%dan 90%gacha o‘zlashtiradi, talaba mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini amalda qullay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda. 3 Qoniqarli Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlarda ishtirok etib topshiriqlarni o‘qituvchi yordamida to‘g‘ri bajaradi, yechimlardan olingan javoblarni mohiyatini tushunadi, masalani yechish jarayonini tushuntira oladi, mustaqil berilgan laboratoriya mashg‘ulotlarini 60% yoki 70% o‘z vaqtida bajaradi, mustaqil ta’limni qisman o‘zlashtiradi, talaba olgan bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda. 2 Qoniqarsiz Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlardagi topshiriqlarning shartini to‘g‘ri tushunib ularni to‘liq bajara olmaydi, topshiriqlarni ba’zilari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega bo‘lmaydi, o‘qituvchi ko‘magida ham topshiriqlarni bajarishga qiynaladi, nazariy va amaliy bilimlarini bog‘lay olmaydi, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida bajarmaydi va topshira olmaydi, mustaqil ta’limni o‘zlashtirmaydi, talaba fan dasturini o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb topilganda. Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari davomida olgan baholari inobatga olinadi. Talabalar bilimni baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Oraliq nazorat turini o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. Talaba tegishli fan bo‘yicha Yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishi shart. Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” (qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba Yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. Oraliq (yozma, og‘zaki) nazoratda talaba bilimini baholashda quyidagi talablar qo‘yiladi: Download 0.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling