Fanning ishchi o‘quv dasturi, namunaviy o`quv reja, ishchi o‘quv reja va


Download 0.62 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/13
Sana31.03.2023
Hajmi0.62 Mb.
#1310797
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
Bog'liq
Matematik dasturlash ishchi (2021-2022)

Jami 
60 
 
Baholash turlari va shakllari 
1. Oraliq nazorat turi 
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish oraliq va Yakuniy nazorat 
turlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi. 
Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo‘limi tugagandan 
keyin talabaning bilim va amaliy ko‘nikmalarini baholash maqsadida o‘quv mashg‘ulotlari 
davomida o‘tkaziladi. 
Oraliq nazorat turi har bir fan bo‘yicha fanning hususiyatidan kelib chiqqan holda 2 
martagacha o‘tkazilishi mumkin. 
Oraliq nazorat turini o‘tkazish shakli (yozma, og‘zaki, test va hokazo) va muddati 
fanning xususiyati va fanga ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan 
belgilanadi. 
Oraliq nazorat turining topshiriqlari tegishli kafedra professor-o‘qituvchilari 
tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi. 
Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo‘lgan fanlar bo‘yicha oraliq 
nazorat turi o‘tkazilmaydi. 
Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg‘ulotlari va mustaqil ta’lim 
topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg‘ulotlardagi faolligi fan o‘kituvchisi 
tomonidan baholab boriladi. Baholash O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus 
ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-son buyrug‘ining ya’ni “Oliy talim 
muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risida”gi Nizomning 
15-bandida nazarda tutilgan mezonlar asosida amalga oshiriladi. 
Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim topshiriqlari bajarishi 
hamda mashg‘ulotlarda faolligi uchun talabani baholash mezonida quyiladigan talablar 
qo‘yiladi.
Baho 
Talabaning bilim darajasi va malakasiga talablar 

A’lo 
Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim 
topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadi, 
berilgan topshiriqlarni mustaqil fikr asosida to‘g‘ri bajaradi, 
javoblarni izohlab ularning amaliy ahamiyatini anglay oladi
topshiriqlarni bajarishda ijodiy yondoshadi va ijodiy fikrlay 
oladi, o‘z fikrini to‘la ifodalay oladi, laboratoriya 
mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida bajarib topshiradi, mustaqil ta’lim 
mavzularini to‘liq o‘zlashtiradi, talaba mustaqil xulosa va qaror 
qabul qiladi, mustaqil mushohada yuritadi, olgan bilimini 
amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunda, 
biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) bo‘yicha 
tasavvurga ega deb topilganda. 

Yaxshi 
Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim 



topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlarda faol ishtirok etadi, 
berilgan topshiriq va mashqlarni to‘g‘ri bajaradi, javoblarni 
izohlay oladi, fikrini mustaqil ifodalay oladi, topshiriq 
mohiyatini to‘la tushunadi, laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘z 
vaqtida bajarib topshiradi, mustaqil ta’lim mavzularini 70%dan 
90%gacha o‘zlashtiradi, talaba mustaqil mushohada yuritadi, 
olgan bilimini amalda qullay oladi, fanning (mavzuning) 
mohiyatini tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda 
fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda. 

Qoniqarli 
Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim 
topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlarda ishtirok etib 
topshiriqlarni 
o‘qituvchi 
yordamida 
to‘g‘ri 
bajaradi, 
yechimlardan olingan javoblarni mohiyatini tushunadi, masalani 
yechish 
jarayonini 
tushuntira 
oladi, 
mustaqil 
berilgan 
laboratoriya mashg‘ulotlarini 60% yoki 70% o‘z vaqtida 
bajaradi, mustaqil ta’limni qisman o‘zlashtiradi, talaba olgan 
bilimini amalda qo‘llay oladi, fanning (mavzuning) mohiyatini 
tushunadi, biladi, ifodalay oladi, aytib beradi hamda fan (mavzu) 
bo‘yicha tasavvurga ega deb topilganda. 

Qoniqarsiz 
Amaliy, laboratoriya, seminar mashg‘ulotlar va mustaqil ta’lim 
topshiriqlari bajarishi hamda mashg‘ulotlardagi topshiriqlarning 
shartini to‘g‘ri tushunib ularni to‘liq bajara olmaydi, 
topshiriqlarni ba’zilari to‘g‘risida aniq tasavvurga ega 
bo‘lmaydi, o‘qituvchi ko‘magida ham topshiriqlarni bajarishga 
qiynaladi, nazariy va amaliy bilimlarini bog‘lay olmaydi, 
laboratoriya mashg‘ulotlarini o‘z vaqtida bajarmaydi va topshira 
olmaydi, mustaqil ta’limni o‘zlashtirmaydi, talaba fan dasturini 
o‘zlashtirmagan, fanning (mavzuning) mohiyatini tushunmaydi 
hamda fan (mavzu) bo‘yicha tasavvurga ega emas deb 
topilganda. 
Talabani oraliq nazorat turi bo‘yicha baholashda, uning o‘quv mashg‘ulotlari 
davomida olgan baholari inobatga olinadi. 
Talabalar bilimni baholash 5 baholik tizimda amalga oshiriladi. Oraliq nazorat turini 
o‘tkazish va mazkur nazorat turi bo‘yicha talabaning bilimini baholash tegishli fan bo‘yicha 
o‘quv mashg‘ulotlarini olib borgan professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi. 
Talaba tegishli fan bo‘yicha Yakuniy nazorat turi o‘tkaziladigan muddatga qadar 
oraliq nazorat turini topshirgan bo‘lishi shart. 
Oraliq nazorat turini topshirmagan, shuningdek ushbu nazorat turi bo‘yicha “2” 
(qoniqarsiz) baho bilan baholangan talaba Yakuniy nazorat turiga kiritilmaydi. 
Oraliq (yozma, og‘zaki) nazoratda talaba bilimini baholashda quyidagi talablar 
qo‘yiladi: 

Download 0.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling