Fanning ishchi o‘quv dasturi Toshkent moliya instituti Kengashining 2022 yil " " dagi " " -sonli bayoni bilan tasdiqlangan
Download 210.1 Kb.
|
KORXONA IQTISODIYOTI Ishchi dastur 2-oliy ta\'lim
Kengash kotibi: I.Choriyev
KIRISH Korxona o‘z faoliyatini o‘zini-o‘zi boshqarish va moliyalashtirish, o‘z xarajatlarini o‘zi qoplashi asosida foyda (daromad) olish maqsadida yuritadigan birlamchi xo‘jalik sub’ektidir. Korxonalar ishlab chiqarish, savdo, tijorat-vositachilik, transport, sug‘urta, bank, injiniring, moliyaviyinvestitsion, ilmiy-tadqiqot, innovatsiya va turli xizmatlar ko‘rsatish sohalarida faoliyat ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda korxonalar amaliyotida strategik boshqarishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu ularning vakolatini kengayishi hamda o‘zlarining iqtisodiy ahvoli uchun javobgarliklari darajasining oshganligi bilan bog‘liqdir. Zamonaviy boshqarishning sifati korxonalar samaradorligini belgilab beradi. Shu bois korxonalarga eng zamonaviy texnika va texnologiyalarni jalb etish bugungi kundagi ustuvor vazifalardan biri sanaladi. Hozirgi vaqtda korxonalarning ko‘pchiligi o‘z taraqqiyotining konsepsiyasini, strategiyasini hamda dasturini ishlab chiqishi zarur. Har qanday korxonaning uzoq muddatli yutuqlari ishlab chiqilgan strategiyaga bog‘liq bo‘ladi. Agar korxonaning rivojlanish strategiyasi bo‘lmasa u yoki bu xatoliklar bilan ishlab chiqilgan bo‘lsa, bu hol korxonaga bozorda barqaror va mustahkam o‘rin egallash uchun imkon bermaydi. Zamonaviy ilm-fan va amaliyot strategik rejalashtirish hamda boshqarishning katta tajribasiga ega, ammo ko‘pgina strategiyalar haligacha tashqi va ichki muhitning o‘zgaruvchan shart-sharoitlariga moslasha olmayapti. Bu hali hanuzgacha strategik boshqarishning barcha muammolari ham o‘z yechimini topmaganligini ko‘rsatadiki, bunday hol, birinchi navbatda, korxona rivojlanishi strategik barqarorligining mexanizmlarini ishlab chiqish bilan bog‘liq. “Korxona iqtisodiyoti” fanining mazkur ishchi o‘quv dasturi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022-2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-60-sonli, 2021-yil 10-dekabrdagi “Iqtisodiyot tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-42-sonli Qarori, 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” PQ-3151-son Qarori hamda 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775-sonli Qarorlarining asosiy vazifalarga muvofiq ishlab chiqilgan va unda “Korxona iqtisodiyoti” fanini o‘qitishda zarur bo‘lgan asosiy jihatlar yoritilgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, iqtisodiy sohasida faoliyat yuritayotgan kadrlarga alohida talablar qo‘yiladi. Mazkur fan iqtisodiy fanlarning ajralmas qismi sifatida iqtisodiyning tarmoq va sohalari yo‘nalishida raqobatbardosh kadrlarni yetkazib berish uchun xizmat qiladi. Download 210.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling