Fanning ishchi o‘quv dasturi Toshkent moliya instituti Kengashining 2022 yil " " dagi " " -sonli bayoni bilan tasdiqlangan


O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni


Download 210.1 Kb.
bet3/15
Sana17.06.2023
Hajmi210.1 Kb.
#1538189
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
KORXONA IQTISODIYOTI Ishchi dastur 2-oliy ta\'lim

O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni

Ushbu fan bozor iqtisodiyoti va raqobatchilik sharoitlarida korxona faoliyatini amalga oshirishni ta’minlovchi zamonaviy iqtisodiy mexanizm, kadrlar potensiali va kadrlar siyosati, mehnatga haq to‘lash, resurslar va ulardan foydalanish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va prognozlashtirish, investitsion va innovatsion faoliyat, xarajat, daromad va rentabellik, bahoni shakllantirish, korxonaning tijorat siri va iqtisodiy xavfsizligi kabi masalalarning ilmiy-nazariy asoslarini o‘zida qamrab oladi.
Talabalarning ushbu fanni chuqur o‘rganishi korxonalar faoliyatini tashkil etish va faoliyat samaradorligini oshirishning ustivor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlarni shakllantirishlariga asos yaratadi.



  1. Fanining maqsad va vazifasi

Fanning maqsadi – Bozor iqtisodiyoti va raqobatchilik sharoitlarida korxona faoliyatini amalga oshirishni ta’minlovchi zamonaviy iqtisodiy mexanizm, kadrlar potensiali va kadrlar siyosati, mehnatga haq to‘lash, resurslar va ulardan foydalanish, ishlab chiqarishni rejalashtirish va prognozlashtirish, investitsion va innovatsion faoliyat, xarajat, daromad va rentabellik, bahoni shakllantirish, korxonaning tijorat siri va iqtisodiy xavfsizligi kabi masalalar bo‘yicha zaruriy bilim va ko‘nikmalarni shakllantirishdan iborat.
Fanning vazifasi –korxonaning samaradorligini oshirish va iqtisodiy faoliyatini rivojlantirish, strategik boshqaruv tizimida korxonaning istiqbollarini o‘rganish va ularga ta’sir qiluvchi omillarni baholash, ko‘rsatkichlar tizimi, moliyaviy barqarorligi va boshqaruvi masalalari, korxonalar faoliyatini boshqarish mexanizmi muammolari, tashkiliy–iqtisodiy ko‘rsatkichlarini baholash, rag‘batlantirish va samaradorligini oshirish yo‘nalishlariga doir nazariy va amaliy bilimlarni o‘rgatishdan iborat.
“Korxona iqtisodiyoti” fanini o‘zlashtirish jarayonida amalga oshiriladigan masalalar doirasida, talaba:

  • korxona faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlarini baholash usullari;

  • korxonalarning xo‘jalik yurituvchi subyekt sifatida tashkil etish va faoliyat yuritish;

  • bozor iqtisodiyotining shakllanish sharoitida korxonalar iqtisodiyoti va faoliyatini tashkil etish;

  • korxonani boshqarishda samaradorlikka erishish yo‘llari;

  • boshqaruvning maqsadlari, shuningdek, vositalari va unga erishish usullarini aniq belgilab olish zarur;

  • yuqori sifatli va raqbotbardosh mahsulotlarni kam xarajatlar asosida ishlab chiqarishni ta’minlash;

  • korxonada inqirozga qarshi kurash mexanizmini joriy etish yo’llarini bilishi va ulardan foydalana olishi;

  • mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash orqali jahon xo‘jalik tizimida raqobatbardoshlikni oshirish imkoniyatlari;

  • korxona faoliyatining natijadorligi, raqobatbardosh salohiyatini amalga oshirishdan xo‘jalik faoliyatining moliya, pul-kredit sohasidagi, energetik va oziq-ovqat, ekologik va axborot ta’minotining namoyon bo‘lish xususiyatlari;

  • korxona xarakteristikasini hamda mahsulot raqobatbardoshligini integratsiyalovchi yig‘ma ko‘rsatkichni aniqlashga asoslanadigan korxonaning raqobatbardoshligini baholash uslubidan keng ishlab chiqarilayotgan tovarlar, amalga oshirilayotgan ishlar, ko‘rsatilayotgan xizmatlar bozorida klaster ishtirokchilarining barqarorligini oshirish omillari haqida tasavvurga ega bo‘lishi;

  • korxonalarni rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlari ishlab chiqish;

  • korxonalarda mahsulot va xizmatlarini diversifikatsiyalash imkoniyatlarini baholash;

  • korxonalarning faoliyat ko‘rsatish tendensiyalari va qonuniyatlarini tahlil qilish;

  • korxonaning ishlab chiqarish quvvatlaridan samarali foydalanish hamda raqobatbardosh mahsulotni sotishdagi imkoniyatini belgilash;

  • korxonalar guruhidagi vaziyatni tizimli ravishda ko‘rib chiqishga hamda innovatsion strategiyasini optimallashtirish;

  • korxonalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga doir chora-tadbirlar tizimini ishlab chiqish bo‘yicha ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.



  1. Download 210.1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling