Фаннинг намунавий дастури


Bixevioristik ijtimoiy ish


Download 299.43 Kb.
bet17/37
Sana02.06.2024
Hajmi299.43 Kb.
#1833946
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мир-fayllar.org

Bixevioristik ijtimoiy ish inson xulqini kuzatish, ijtimoiy muhitga munosabati bo‘yicha uning faolligiga yo‘naltirilgan bilish nazariyasiga asoslanadi. Ilmiy bilish orqali bu nazariya tomonidan inson tajribaga ega bo‘ladi. Shu sababli muammoli xulq eng avvalo bilish natijasi sanaladi. Inson xulqida o‘zini buzuvchi va patologik xususiyat qancha bo‘lishi muhim emas. Ijtimoiy xodim oldida turuvchi vazifa uning xulqini aniq belgilash, yangi xulqni aniqlashtirish va inson xulqini shakllantirovchi va mustahkamlashtiruvchi tartibni belgilashdir. Bu vazifalar moslashuvchan yoki ijtimoiy muvofiq axloqga rioya qilganda yaxshi hayotga erishishga qaratiladiyu32. T'asir ko‘rsatish bilish shartlarini o‘zgartirish, faoliyat va tajribani tushunishning yangi shakllarini o‘rganishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Texnologik jihatdan ham ijtimoiy xodim ham mijoz uchun harakat sxemalarini ishlab chiqish yordamida amalga oshiriladi.
Sotsio-yo‘naltirilgan modellar sotsiologik konsepsiyalar bilan bog‘liq. Zamonaviy sotsio yo‘naltirilgan modellar orasida eng mashhurlari tizimli va ekologik nazariya modellari, radikal va marksistik modellar, ruxsat beruvchi modellardir.


Ijtimoiy ishning ekologik va tizimili modellari.Tizim va ekotizim tushunchalari Tizim bu yagona blok shaklida harakat qiluvchi o‘zaro bog‘liq maqsadlar qatoridir. Biz tez-tez tizimga duch kelamiz. Masalan ovoz tizimi yoki kompyuter tizimi. Tizimlar ikki tomonlama qism xususiyatlarini namoyon qilib, har biri boshqasiga ta'sir qiladi. Ularning tuzilishi qandaydir vaqt davomida mavjud bo‘lib, shuning uchun tizim tashqi muhit o‘zgarishlariga qodir bo‘ladi.. Tizim atrofdagi o‘zgarishlar bilan to‘g‘rilanib, axborotlarni qayta ishlab, uning imkoniyatlarini moslashtiradi. Tizim o‘z chegarasiga ega bo‘lib, har bir tizim tuganla tashqi muhit boshlanadi. Chegaralar o‘z atrofidagi o‘zaro ta'sir ko‘rsatishga imkon beruvchi ochiq va axborot ta'sirining oldini oluvchi yopiq tizimilar bo‘ladi.
Aytish mumkinki, inson bir qancha tizimlarda yashaydi va rivojlanadi, bularni ekotizim deb atash mumkin. Bizning fikrimizcha bunday holatda ekologik va tizimli modellar birlashtirilib, ekotizim deb nomlanishi kerak.



Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling