Фаннинг намунавий дастури


Download 299.43 Kb.
bet14/37
Sana02.06.2024
Hajmi299.43 Kb.
#1833946
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мир-fayllar.org

Insonparvar model insonparvar psixologiyaning tamoyillarini belgilaydi. (V.Frankl, K.Rodjers, A.Maslou .). Bu modeldagi ijtimoiy ish ijtimoiy xodimlarning sho‘ini anglash va o‘zini faollashtirish asosidagi mijozga yordam berishda namoyon bo‘ladi. Mazkur modelning yetakchi texnologiyasi- faol eshitish texnologiyasidir. Ijtimoiy ishning bu modeli xususiyati mijoz muammolarini hal qilishga direktiv bo‘lmagan yondashuvdir. Mazkur modelning samaradorligi ko‘p jihatdan ijtimoiy xodimning shaxsiy xususiyatlariga bog‘liq. Zamonaviy sharoitda ijtimoiy ishning mazkur modeli katta ta'sirga ega.
Mazkur guruhdagi barcha modellra mijozga individual yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lib, shaxsiy muammolari ijtimoiy xodimdan jiddiy ruhiy tayyorgarlikni talab qiladi.


Ijtimoiy ishning majmuaviy-yo‘naltirilgan modellariIjtimoiy ish amaliyoti va nazariyasida fanlararo va integrativ tendensiyalarning kuchayishi ijtimoiy ishning kompleks modellarini topishni dolzarb qilib, bu ko‘p tomonlama ijtimoiy muammolarni hal qilish imkonini beradi. Ular orasida: rolli model , ijtimoiy-pedagogik model, kognitivmodel, hayot kuchlari konsepsiyasi modellari mavjud.

Rolli model psixologik va sotsiologik bilimlarni integratsiyasida tuzilgan (Ya.Moreno, Dj.G.Mid). Ijtimoiy yordam jarayonining asosi psixologik bilimga eng avvalo shaxsning ahamiyatini tushunishga asoslanadi. Mazkur modelda shaxsiy ahamiyat to‘g‘risidagi tasavvurlardan foydalaniladi:odamlar o‘z xulqini individual-psixologik bilim, model, sxemelarga mos qili tuzadilar. Mazkur model oldingi tajribani hisobga olgan holda o‘zini qanday tutishi va rivojlantirishi, hayotdagi o‘zining ahamiyati to‘g‘risida tushunchalarni shakllantirish jarayoni va dolzarb hodisalar mohiyatini anglash kabi masalalar bilan bog‘liq mijozning muammolarini o‘z ichiga oladi. Turli tartibdagi rollarni bajarib, inson ular o‘rtasida ziddiyatga sabab bo‘lishi mumkin. Bunda ijtimoiy xodimning yordami muhim sanaladi. Bu nazariya ijtimoiy xodim uchun ijtimoiy tushuntirish shakli bo‘lib, shuningdek mijozni ijtimoiy o‘qitish, axloqini tuzatish, moslashuvchanligini oshirish vositasi bo‘ladi. Bu nazariyaga asoslangan texnologiyalar variantlari:psixodrama. Guruhli muhokama qilish, rolni uzatish, guruhli terapiyadir.


Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling