Фаннинг намунавий дастури


Download 299.43 Kb.
bet15/37
Sana02.06.2024
Hajmi299.43 Kb.
#1833946
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мир-fayllar.org

Ijtimoiy-pedagogik model (A.V.Mudrik, V.G.Bocharova) ayniqsa MDH mamlakatlari uchun dolzarb bo‘lib, pedagogik nuqtai nazardan ijtimoiy yordam masalalarini an'anaviy ko‘rib chiqishda namoyon bo‘ladi.
Tarbiyalash ijtimoiylashuv jarayonining bir qismi bo‘lib, maqsadli yo‘naltirilgan tarzda turli darajadagi ijtimoiy omillarning bevosita yoki bilvosita ishtirokiga asoslanadi. (makro-, mezo- va mikro). Ijtimoiy tarbiyalash sohasi faqatgina ta'lim emas, balki hayotiy tajribani o‘zlashtirish va yordam ko‘rsatish ham bo‘ladi. Ijtimoiy-pedagogik model tuzilmaviy darajada va psixosotsial ish darajasida ko‘rib chiqilishi mumkin.


Kognitiv model 80-yillar boshida ommabop bo‘ldi. Ijtimoiy ishning mazkur modeli tamoyillaridan biri- ijtimoiy ish barcha muhtojlar uchun ochiq bo‘lishi kerakligidir. Bu modelni amalga oshirishning asosiy shakli maslahat berishdir. Kognitiv modelda o‘qitish yo‘li bilan mijozning ijtimoiy axloqini tartibga solish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Mazkur model eng ko‘p uyda ishni ko‘rsatishda foydalaniladi. Bu model doirasida hal qilinadigan eng dolzarb masalalardan biri- bu guruhli muhokama, o‘zini tahlil qilish vositasida nizolarni bartaraf etishdir. Bu modelda ayniqsa insonparvar nazariyalar bilan kognitiv nazariyalar jihatlarini birlashtirish samarali bo‘ladi. Bu modelning asosiy tamoyillaridan biri shaxsiy hayotni boshqarish sohasida mijoz faoliyatini optimallashtirish, bunday faoliyatga ehtiyojni shakllantirishdan iborat.

Vital-yo‘naltirilgan model (hayot kuchi konsepsiyasi) S.I.Grigorev tomonidan taqdim qilingan.Uning asosida hayot kuchi tushunchasi yotib u insonnni yaratishga va biosotsial borliq sifatida hayotini amalga oshirish qobiliyati sanaladi. Ijtimoiy xizmat inson hayotiy kuchini amalga oshirish va sog‘lomlashtirish, shakllantirishni yaxshilash bo‘yicha faoliyatni o‘zida aks ettiradi. Mazkur modelda ijtimoiy ishning psixo-yo‘naltirilgan va sotsio yo‘naltirilgan nazariyalari ajraladi. Ijtimoiy ishning u yoki bu asosi ham nazariy ham amaliy jihatdan ijtimoiy ishning predmet sohasi, uslublari, tamoyillari, mazmunini aniqlashga ta'sirini ko‘rsatadi.
Ijtimoiy ish modellarini amaliyotga tatbiq qilish xususiyatlari. Ijtimoiy ishning turli shakldagi maqsadlari va ularni amalga oshirishning ijtimoiy madaniy imkoniyatlari ijtimoiy ishning tashkiliy darajasida turli yondashuvlarni taqozo qiladi. Bunday an'anaviy yondashuvlar uchta asosiy guruhga ajratiladi: 1) patronaj xizmati –alohida mijoz va uning oilasi bilan individual ijtimoiy ish , 2) guruhli ijtimoiy ish – kichik guruhlar bilan ishlar, 3) kommunal ijtimoiy ish – jamoadan tortib butun jamiyat bilan ishlar
Ijtimoiy ishni tashkil qilishga boshqa yondashuv uning mikro va makro darajadaligi bilan ajratiladi. U makrotizimga yo‘naltirilgan va mikrotizimga yo‘naltiilgan kuchlar o‘rtasidagi tafovutga asoslangan. Makro darajada ijtimoiy rejalashtirish, kommunal tashkil qilish va tashkiliy rivojlanish shaklida amalga oshiriladi. Mikrodaraja patronaj ishi, oilaviy yordam va guruhli terapiya orqali amalga oshiriladi.
Darajalarni ajratishga yana bir yondashuv buzilgan muvozanat, vazifalarni tiklash va o‘xshash tafovutlarni oldini olishga yo‘naltirilgan ijtimoiy ish ajratiladi. Profilaktika ijtimoiy o‘zgarishlar zaruriyati bilan, sog‘lomlashtirish mavjud holatda individga yordam berish bilan bog‘liq.
Nihoyat muammoli yondashuv tashqi sharoit va ijtimoiy muammolar sohasida ijtimoiy ishni tashkil qilishni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy ishni tashkil qilishga turlicha yondashuvlarga qaramasdan jahon amaliyotida shartli ravishda ikkita yevropa va amerika tizimi ajratiladi.
Ijtimoiy ishning amerika modeli uchun individ va oila bilan ishlashga yo‘naltirilganlik, shaxs, guruh ishlashini yaxshilash xosdir. Bu amerika qit'asini o‘zlashtirishning tarixiy sharoitlari bilan bog‘liq: amerikaga ko‘chib kelganlarning o‘ziga xos xususiyati o‘z kuchi, gaxsiy tashabbusiga tayanish va davlat tuzilmalari ta'sirini maksimal darajada kamaytirishdir. Bunda yordamning asosiy shakllari- individual, guruhli, jamoa bo‘lib, yetakchi uslub– keysuork.
Zamonaviy konsepsiyalar orasida ijtimoiy ishga tizimli-nazariy yondashuv dolzarb bo‘lib, bunda shaxsiy bog‘liqlikda munosabatlar, interaksiya, tansaksiya va ijtimoiy jarayonlar ko‘rib chiqiladi. M'lum manfaat ijtimoiy ishda ijtimoiy faoliyat konsepsiyasi bo‘lib, bu asosda real ijtimoiy muhit bilan mijozning ehtiyojlari va imkoniyatlari orasidagi ziddiyatlar bartaraf etiladi.
Eng katta qiziqish Germaniyada keng qo‘llangan ijtimoiy tarmoqlarni yaratish bo‘yicha nazariy konsepsiyadir. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishda ijtimoiy madaniy tizim va ijtimoiy maishiy munosabatlar pasayishi, sobiq sotsialistik mamlakatlarda ijtimoiy ishda ijtimoiy munosabatlarning yangi tizimini yaratish zaruriyatini ko‘rsatib, bu ijtimoiy ishning jamoaviy usuliga asoslangan. Yashash joyi bo‘yicha ijtimoiy aloqalarni yaartishga muvofiq bo‘ladi.
Zamonaviy ijtimoiy ish uchun asos subsidiarlik kabi ijtimoiy siyosat tamoyillaridir. Subsidiarlik (subsidiarity) – ijtimoiy masalalarni hal qilish bo‘yicha qaror agar u samarali bo‘lsa markazlashmagan darajada qabul qilinadi. Mazkur tamoyil davlat va nodavlat ijtimoiy tuzilmalarida o‘zaro faoliyatni qonunchilik tartibida tartibga soladi.
Zamonaviy ijtimoiy ishning strategiyasi modellaridan qat'iy nazar uning mustaqilligini oshirish, o‘z hayoti va o‘z muammolarini nazorat qilish qobiliyatini oshirish orqali qabul qilish jarayonida faollikka yo‘naltirilgan.
Turli mamlakatlarda ijtimoiy ishning asosiy tamoyillari. Uslublari o‘xshash ekanligini ko‘rish mumkin. Bu mamlakat rivojlanishining milliy va tarixiy xususiyatlariga, ijtimoiy ishni moliyalashtirishning byudjet-sug‘urta tamoyiliga bog‘liq bo‘ladi.



Download 299.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling