Фаннинг намунавий дастури


Download 299.43 Kb.
bet3/37
Sana02.06.2024
Hajmi299.43 Kb.
#1833946
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги мир-fayllar.org

Psixodiagnostika (grech. Psyche – ruh i diagnostikos – mos anglash) – psixologik fanlarning sohasi va bir vaqtda individual psixologik xususiyat va insonning rivojlanish istiqbollarini turli anglash usullarini ishalb chiqish shakli. U alohida yo‘nalish sifatida 20-asrda eksperimental psixologiyadan ajralib chiqdi. Psixodiagnostika atamasini shveytsapriyalik psixolog German Rorshaxu 1921-yilda kiritgan.


  • Psixologik maslahat berish – shaxsiy munosabatlardagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq turlicha bo‘lgan psixologik muammolarni yechishga yo‘naltirilgan insonlar bilan bevosita ishlash.; uning mohiyati shundan iboratki, psixolog maxsus kasbiy ilmiy bilimlardan foydalanib boshqa insonning ruhiy vazifalarini hal qilishda sharoit yaratadi. U ruhiy yordam shakli sifatida shaxsiy rivojlanish maqsadlariga erishish uchun ruhan sog‘lom insonga yo‘naltirilgan.
  • Mijoz bilan psixologik o‘zaro faoliyatning texnikasi, usul va yo‘llaridan foydalanish16.


    Psixodrama –D. Moreno tomonidan 20-yillarda ishlab chiqilgan.Unda inson bosh qahramon bo‘lib, uning mazmuni insonning muammolariga asoslanadi. U o‘zt imkoniyatlarini to‘laqonli aks ettirish uchun barcha imkoniyatlarga ega bo‘ladi. 17


    .
    Psixodrama – barcha qatnashchilarning hissiyotini faollashtirishga yo‘naltirilgan guruhli ishlash uslubidir. Odatda guruhning qaysidir a'zosida muhokama vaqtida o‘z ehtiyojlarini qondirishda muammo paydo bo‘ladi. Bu qatnashchi jamoadan chiqadi va bosqichma-bosqich guruh a'zolarini o‘z spektakliga jalb qiladi. Ammo bunday variant doimo muvaffaqiyatli bo‘lmasligi mumkin, shuning uchun Moreno boshqariluvchi psixodrama sxemasini ishlab chiqdi.:

    1) rejissor (maxsus tayyorlangan psixolog, psixoterapevt) kerakli yo‘lga o‘yinni yo‘naltiradi ;


    2) protagonist –drmadagi asosiy harakatlanuvchi shaxs, uning muammosi o‘ynaladi. ;
    3) yordamchi o‘yinchilar – rejissor yoki protoganist belgilab bergan istalgan rolni o‘ynovchilar;
    4)tomoshabinlar– rolsiz qolgan guruhning qolgan a'zolari;
    5) ssena – psixodramatik harakatni tashkil qilish
    Oilaning ijtimoiy tarixini bilish foydali bo‘lib, o‘z rivojlanishining turli bosqichlarida tipik masalalarni hal qiladi. Bu daliliy materiallarni tushunmasdan ijtimoiy xodim muammoni, mijozga u qanday yuzaga kelganini bilmaydi, ularni hal qilish yo‘llarini aniqlay olmaydi.18.
    Mehnat sotsiologiyasi bandlik, ishsizlik, ish joylarini samarali tashkil qilish, mehnat jamoasidagi xodimning ijtimoiy himoyasi muammolarini tadqiq qiladi. Unday muammolarga bevosita munosabat mijoz bilan birga ijtimoiy xodim tomonidan xal qilish imkonini beradi.
    Refleksiya – o‘zini anglash faoliyati, o‘z xususiy holatini aks ettiruvchi ruhiy holat sanaladi. Bir vaqtda bu uslubiyot va nazariy faoliyat shakli bo‘lib, insonning o‘zini va boshqa insonlarni tushunishga, ularning bir biri to‘g‘risidagi o‘zaro tasavvurlarini anglashga asoslangan. Refleksiyaning xususiyati o‘z qadri va maqsadlarini shakllantirish asosida shaxsning o‘z faoliyatini boshqarish uchun imkoniyat berib, refleksiya holatidagi sub'ekt xususiyatini o‘rganish insonning hayotiy yo‘li, genezisi va hayotiy kuchlarini amalga oshirishni aniqlash imkonini beradi. Ijtimoiy xizmat g‘olatida bo‘lgan inson o‘zini anglash orqali o‘z ijodiy salohiyatini amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladi. O‘zini anglash o‘ziga xos bilish jarayoni sifatida qaralib, uning ob'ekti inson, natijasi o‘zini anglash bo‘ladi. O‘zini anglash elementlariga sho‘ini tushunish, o‘zini tahlil qilish, o‘zini kuzatish, kirib shaxs sifatida o‘zini ijodiy rivojlantirishning umumiy jarayonlarida birlashadi.19.
    Insonning o‘zini anglashi, o‘zini tushunishi ijtimoiy o‘zaro munosabatlar jarayonida shakllanib, shuning uchun refleksiya ijtimoiy ish holatida ikkita o‘zaro bog‘liq maqsadlar bilan kuzatiladi. Birinchidan o‘zida dunyoni aks ettiradi va uni ifodalaydi, ikkinchidan dunyoda o‘zini aks ettiradi va ijtimoiy muammolarni hal qiladi. Ijtimoiy sohada o‘zini anglash tizimi sifatida nafaqat shaxs, balki jamiyat ham kirib, bunda refleksif tuzilmalar turli sub'ektlarning o‘zaro harakatini boshqaruvchi barcha jarayonlarni aniqlaydi. Shunday qilib, jamiyatdagi xatar ijtimoiy o‘zini tanqid qilish sifatida refleksiv o‘zini anglash zaruriyatini yaratib, uning ishlashi natijalarini tahlil qiladi.
    Ijtimoiy ishda refleksiya faoliyat konsepsiyasi sifatida ko‘rib chiqilib, quyidagi tarkibiy qismlarga bo‘linadi: ijtimoiy jarayonlarni tahlil qilish bilan bog‘liq ijtimoiy madaniy, mutaxassis va mijoz o‘zaro munosabatini yaxshilashga qaratilgan kommunikativ ; guruh va shaxslarning ijtimoiy-ruhiy xususiyatlarini tadqiq qilish bilan bog‘liq ekzistensial; amaliyotning innovatsion shakllarini loyihalashtirishga yo‘naltirilgan intellektual; o‘zini tahlil qilish va o‘zini rivojlantirish bilan bog‘liq shaxsiy20.
    Fenomenologiya hayotiy dunyoni anglash usuli sifatida shaxslaaro munosabatlar, anglash ob'ekti va sub'ekti sifatida inson va kichik guruhlar muammolarini aks ettiruvchi ijtimoiy xizmat modelini tuzish imkonini beradi. Shaxs va uning kundalik faoliyati uchun insonparvar g‘oyalarning ahamiyati mijoz ijtimoiy tanlovi uchun yangi imkoniyatlarni ochadi. Ijtimoiy soha xodimi uchun harakatlantiruvchi kuch uning odobi bo‘lib, mutaxassis faoliyatidagi moslik va uning hayotida axloqning namoyon bo‘lishi birlashadi. Ijtimoiy faoliyatdagi timsollar ijtimoiy yordam va ko‘mak munosabatlarini paydo qiladi. Ammo mutaxassis insonparvar g‘oyalarni A.Shyusu fikricha anglash holati va o‘z kuchi, hayotiy tajribasidan olishi mumkin. Faqat shunday shaklda real ijtimoiy hodisalarga insonlarni ko‘niktirish, ularning tushunchalari va harakatlarini o‘rganish, ijtimoiy munosabatlarda o‘zaro harakatni ta'minlaydigan o‘xshash tushunchalar orqali ijobiy o‘zgarishlar jarayoniga mijozlarni jalb qilish mumkin.

    Download 299.43 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling