Flarni yuzaga kelish sababiga ko’ra turlari: tabiiy ofatlar, texnogen halokatlar, antropogen va ekologik halokatlar, sotsial-siyosiy va harbiy - siyosiy mojorolar.
Tabiy ofatlar -havfli tabiiy hodisalar va jarayonlar bo’lib, ular favqulodda yuz berishi, insonlarning kundalik hayot tarzini buzilishiga, qurbonlar sodir bo’lishiga va material boyiklarni yo’q bo’lishiga olib keladi.
Tabiiy ofatlar turlari -yer qimirlashlar, suv bosish, vulqonlar, sunami (suv osti zilziilasi tasiridagi kuchli to’lqinlar), sel, bo’ron, o’rmon va tog’ yong’inlari, qor bosish, tosh ko’chish, qurg’oqchilik, uzoq muddatli yog’ingrchilik, qattiq sovuq,epidemiya ,o’rmon va qishloq hujalik zararkunandalarini ommaviy tarqalishi va b.
Er kimirlashlar-12 balllik shkala asosida aniqlanadi.3 ballgacha-kuchsiz, 4 ballgacha - o'rtacha, 5 ballgacha-kuchli, 7 ballgacha-juda kuchli, 8-10 ball - vayron qiluvchi,11-12 ball - halokat keltiruvchi.
Po’rtana va bo’ronlar - shamolning katta tezlikda harakat qilishi. Po’rtanalarda shamol tezligi - 18-29 m/s, bo’ronda - 29 m/s dagi yuqori bo’ladi.
Tehnogen halokatlar- katta territorialarda portlash, yong’in, radioaktiv,ximiyaviy va biologik zararlanishlarni keltirib chiqauvchi, insonlar hayotiga havf solib, guruhli o'limlarga olib keluvchi hamda ishlab chiqarish jarayonini keskin ishdan chiqishi bilan kechadigan hodisalar.
Antropogen halokatlar- insoniyatning ho’jalik faoliyati tufayli yuzaga keluvchi antropogen faktorlar ta'sirida biosferaning sifat jihatidan o’zgarishi va natijada insonlar hayotiga, o'simlik va hayvonot duyosiga hamda atrof-muhitga taxdid va katta havf tug'diruvchi hodisalar.
Sotsial - siyosiy va harbiy - siyosiy mojorolar –ikki davlatning o’zaro qarama-qarshiligi naatijasida harbiy urushlarni kelib chiqishi,urushda ommaviy qirg’in qurollaridan foydalanish xavfining tug’ilishi va shunga bog’liq boshqa muammolar (qochoqlar muammosi,yuqumli kasalliklarnikelib chiqishi ,milliy krizislar,mintaqaviy mojorolarni yuzaga kelishi va h.k)
Do'stlaringiz bilan baham: |