Fanning nomi: Avtomatlashtirishning texnik vositalar va raqamli avtomatika. Fan o’qituvchi: Xudoynazarov Utkir


Download 3.75 Mb.
bet2/4
Sana08.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1695496
1   2   3   4
Bog'liq
atv maruza 14

Protsessorning tuzilishi va ishlash tartibi. MP lar turli xil struktura (sxemalar) ga ega boʼlishi mumkin. Shunday sxemalarning soddalashtirilgan kurinishi chizmada keltirilgan.
1-чизма. Микропроцессорнинг соддалаштирилган структура схемаси.
 
Аrifmetik — mantiqiy qurilmalar (АMQ) ikkilangan sonlarni qoʼshish va ayirish, maʼlumotlarni istalgan yunalishda istalgan razryad sonicha siljitishni taʼminlishga moʼljallangan.
АMQ da arifmetik amallarni bajarish jarayonida yuzaga keladigan muayyan xolatlar (xonachalarning toʼlib ketishi, koʼchirish, nol yoki manfiy natija) ni xisobga olishda zarur boʼladigan bir nechta triggerlardan tashkil topgan alomatlar razryadlari mavjud.
АMQ bilan bogʼlangan registr, natijalar registri xisoblanib Аkkumulyator (А) deb ataladi. Uning vazifasi oddiy va siklik siljishlarni amalga oshirish, operandlardan birini aniqlash, АMQ dan olingan natijalarni eslab kolish uchun qabul qiluvchi registr sifatida xizmat qiladi.
Аkkumulyator. Аkkumulyator maʼlumotlar bilan turli xil amallarni bajarishda MP ning asosiy registri xisoblanadi. Аkkumulyator MP ning eng universal registri boʼlib, xizmat qiladi, chunki har qanday amalni bajarish uchun maʼlumot soʼzini avvalo akkumulyatorga joylashtirish zarur. Oʼz navbatida akkumulyator sharoitdan kelib chiqib, yakuniy maʼlumotlarni ichki shinaga yoxud pastki kiritish portalining bufer registriga joʼnatishi mumkin.
Komandalar registri -maʼlumotlarning ichki shinasi orqali bajarilaetgan joriy komandani saqlashga moʼljallangan. Komandalar registri ichidagi maʼlumot Dsh deshifrator tomonidan "oʼqib chiqilgach" u MP ga, kelib tushgan komandani bajarish uchun nima qilish kerakligini xabar qiladi. Joriy olingan komandani bajarish barobarida MP avtomatik ravishda xisoblagich ichidagi maʼlumotni bir xona siljitib beradi.
Protsessor qurilmalarini yaratishdagi ikki yondashish. Belgilangan maqsad va vazifalardan kelib chiqib, avtomatlashtirish tizimlarida asosan ikki koʼrinishdagi mikroprotsessorlardan foydalaniladi. Qattiq mantiqli va programmalashtiriladigan mantiqli qurilmalar MP larni yaratishda oʼziga xos ikki yondashuv xisoblanadi. Qattiq mantiq strukturali MP lar oʼrta va kichik integratsiya darajasidagi integral sxemalar asosida yaratiladi. Ular maxsus platalarga joylashtirilib, ichidagi elementlar unga yuklatilgan vazifalardan kelib chiqib bir - biri bilan ulangan boʼladi. Funktsional strukturadagi har qanday oʼzgarish (vazifa yoki maqsadning oʼzgarishi) chiqish liniyalarini qayta uzib - ulashni taqoza etadi.
DIZAYN DARAJASI
.
АMQ ning alohida chiqish yoʼli xotira adresi registri (HАR) ga kelib ulanadi, sungra bufer qurilmasi (BK) orqali chiqish shinasiga kelib tushadi.
Dasturli hisoblagich (schetchik) DXs - oʼzida navbatdagi komanda manzilini saqlab turib, uning MP dasturining qaysi qismida turganligini koʼrsatadi va MP tomonidan xotirasidagi dastur toʼliq ijro etilishini taʼminlaydi.
Xotira qurilmalaridan oʼqib olingan komandalar, komandalar registri KR ga keladi. KR registri va deshifratori (Dsh) yordamida razryadlar pozitsiyasi (xolati) aniqlanadi va MP da komandalarni bajarish jarayonida operatsiyalarning berilgan ketma - ketligini taʼminlovchi boshqarish va sinxronlashtirish qurilmasi (BSK) sxemasiga signallar uzatiladi.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling