Fanning nomi: Avtomatlashtirishning texnik vositalar va raqamli avtomatika. Fan o’qituvchi: Xudoynazarov Utkir


Download 3.75 Mb.
bet3/4
Sana08.10.2023
Hajmi3.75 Mb.
#1695496
1   2   3   4
Bog'liq
atv maruza 14

ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIYASI
Odatda MP - lar mulьtipleksor (M) yordamida axborotlar shinasiga ulanadigan ikki toʼplam registrlaridan iborat boʼladi. Birinchisi - axborotni qayta ishlash jarayonida uni vaktinchalik eslab kolish uchun xizmat qiladigan - yuqori tezkorlikdagi xotiralash qurilmasi (YuTXK), ikkinchisi- asosan hisoblash va teskari ketma - ketlikda aks ettirish jarayonida manzil uyalari (yacheyka) larini eslab qolishni nazarda tutuvchi - manzilli stek (MS) hisoblanadi.
Mikroprotsessorlar va doimiy xotiralash qurilmasi (dasturli, boshqaruvchi xotira) - DXK, tezkor xotiralash qurilmasi (maʼlumotlar xotirasi) TXK, chekkadagi uskunalar bilan aloqa qilish uchun kiritish va chiqarish qurilmasi (KChK) dan iborat tuplam Mikro EXM larning asosi boʼlib xizmat qiladi.
Boshqaruv sistemalarida MP, xabarchi qurilmalar (OTM, АRU) orqali axborotni olib, qayta ishlaydi va chiqarish qurilmalari orqali ijrochi mexanizmlarga boshqaruvchi taʼsir koʼrsatadi.
MP ishini boshqarish foydalanuvchi belgilab bergan aniq funktsiyalar bajarilishini aniqlab beradigan dastur yordamida amalga oshiriladi.
MP ning har doimgi ish dasturi xotirlash qurilmasining doimiy yoki boshqaruvchi xotiralarida saqlanadigan buyruklar va komandalar ketma - ketligidan iborat. Mazkur dasturlanuvchi qurilma, dasturiy vositalar orqali funktsiyalar ijrosi yuzasidan turli xil oʼzgarishlarni kiritish, yaʼni dasturni qayta yozish imkonini beradi.
MP larning foydalanish soxalarini belgilab beruvchi asosiy harakteristikalari quyidagilardan iborat:
soʼz uzunligi - bu xossa boʼyicha MP lar asosan xoʼjalik yumushlari (kassa apparatlar, elektron tarozilar, mikrokalьkulyator) da foydalaniladigan 4 - razryadli, maʼlumotlarni qayta ishlash qurilmalarida ishlatiladigan 8 -razryadli va mikro EXM, oddiy kompьyuterlarda qoʼllaniladigan 16 razryadli turlarga boʼlinadi.
tezkorlik - sxemalar va texnik ijro nuqtai nazaridan kelib chiqib, MP larning tezkorligi sekundiga 80 mingdan 5 mln. ta operatsiya boʼlishi mumkin.
Аxborotni qayta ishlash MP ning asosiy funktsiyalaridan biri hisoblanadi. Bu funktsiya hisob-kitob ishlari (arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni bajarish)ni, maʼlumotlarga ishlov berishni shakllantirishni oʼz ichiga oladi.

Download 3.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling