Mavzu: pozitsiyali sanoq sistemalarida surxondaryo algoritmi
Download 1.75 Mb. Pdf ko'rish
|
Pozitsiyali sanoq sistemalarida Surxondaryo algoritmi
MAVZU: POZITSIYALI SANOQ SISTEMALARIDA SURXONDARYO ALGORITMI REJA Kirish 1. Sanoq sistemalari haqida 2. Pozitsiyali sanoq sistemalarida qo’shish amali 3. Pozitsiyali sanoq sistemalarida ayirish amali 4. O'nlik sanoq sistemasidagi 10 dan 19 gacha sonlarni oson ko'paytirib topish. 5. Pozitsiyali sanoq sistemalarida ko’paytirish amali 6. Pozitsiyali sanoq sistemalarida ko’paytirish amalining javobini bir qator qilib topish usuli 7. Y angicha texnologik algoritmining, boshqa manbaalardagi misollar bilan o’zaro taqqoslash 8. O’nlik sanoq sistemasidan boshqa sanoq sistemasiga o’tish 9. Turli pozitsiyali sanoq sistemasidagi sonlarni o’nlik sanoq sistemasiga o'tkazish 10. Xulosa 11. Foydalanilgan adabiyotlar 2 K IRISH Butun dunyoda foydalanilayotgan kompyuter va unga asoslangan barcha texnikaning asosiy qismi raqamli kompyuterlardir. Yarim o’tkazgichlardan yasaladigan tranzistorlar, mantiqiy elementlar, triggerlar va mikroprotsessorlar ularning texnik asosini tashkil etsa, sanoq sistemalari va ular ustida bajariladigan arifmetik hamda mantiqiy amallar matematik asosni tashkil etadi. Ilm- fan va sanoat rivojlanishi bilan mikro darajadan nano darajaga o’tish mumkin, ammo ularning matematik asosi bo’lgan sanoq sistemalari o’z ahamiyatini saqlab qolaveradi. Informatika va axborot texnologiyalari bo’yicha mutaxassislar tayyorlash jarayonida sanoq sistemalarini o’rgatish va mohiyatini ochib berish raqobatbardosh kadrlar tayyorlashda zarur hisoblanadi. Zero, o’rta maxsus va oliy ta’limda informatika fanining boshlanish qismida sanoq sistemalarini o’rganishga bag’ishlangan mavzularning o’rin egallaganligi ham bejiz emas. Shunday ekan, sanoq sistemalarini bilish, o’rganish va o’rgatish, hamda u bilan bog’liq boshqa jarayon va vositalarni o’rgatish uchun maxsus dasturlar yaratish muhimdir[1] Ushbu algoritm raqamli qurilmalarga qo’llanilsa xotira hajmi ortadi, bajariladigan amallar soni ko’payadi. Bu esa qurilmalarning sifatli va samarali ishlashiga olib keladi. Har bir kashf etilgan yangi formula, algoritm, usul biror nom bilan nomlanadi. Ushbu algoritm standart ananaviy algoritm usuliga nisbatan farqli va nom tanlanish hususiyatidan kelib chiqib Surxondaryo deb nomlandi. Ushbu algoritm “Informatika va axborot texnologiyalari’ faniga bag’ishlangani uchun ta’rif va teoremalar bayon qilinmadi. Bo’lish amaliga algoritm ishlab chiqilgani yo’q. Shuning uchun ishlanmaga kiritilmadi. Surxondaryo algoritmi kelgusida alohida bob mavzu sifatida o'rganilishi mumkin. Ushbu ishlanmada Surxondaryo algoritmi deb umumiy mavzu nom sifatida yozildi. Ushbu algoritm ustida tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Download 1.75 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling