Фаннинг номи. Дарё гидроузелларидан фойдаланиш


Download 175.6 Kb.
bet3/15
Sana17.02.2023
Hajmi175.6 Kb.
#1205315
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
1 маъруза ДГФ хакида ум маълумотлар

Volgo-Donsk suv yo‘li majmuaviy (kompleks) tizimining tarkibiy qismi bo‘lib Simlyan gidrouzeli suv transporti uchun xizmat etadi (kema yurishi uchun zaruriy suv chuqurliklarni ustki va qisman pastki byefda ta’minlab beradir), Nijniy Don, Sal va Manich daryo bo‘ylaridagi yerlarni sug‘orilishi va suvlanishi uchun sharoit yaratadi, hamda suv omboriga yondoshgan yerlarni mashina yordamida sug‘orilishi uchun imkon yaratib beradir. O‘z tarkibida Simlyan gidrouzeli 165 ming kvt quvvatidagi gidroelektrostansiyaga va pastki byefdan ustki byefga baliqlarni nerestga o‘tkazuvchi baliq qo‘targichiga ega, ya’ni ham energetik ham baliqchilik xo‘jaligining vazifalarini yechadi.Majmuaviy daryo gidrouzeli misolida Norin daryosidagi Toktogul gidrouzelini ham ko‘rsatish mumkin. Ushbu gidrouzel irrigatsiya (400 mln. ga yerni sug‘orilishiga) va gidroenergetika (tarkibida 1,2 mln. kvt quvvatidagi gidroelektrostansiyasi mavjud) suv

xo‘jaligi tarmoqlari ehtiyojlari bajarilishiga qaratilgan, hamda gidrouzeldan pastroq joylashgan yerlarni sel va suv toshqinlaridan himoya qilishga mo‘ljallangan.

Daryo gidrouzellar bosimsiz (masalan, daryo gavanlari), hamda bosimli bo‘ladilar. Bosimli daryo gidrouzellar past bosimli (bosim N < 10 m), o‘rta bosimli (bosim N = 10...50 m) va yuqori bosimli (bosim N > 50 m) turlariga bo‘linadi. Past bosimli daryo gidrouzellaridan daryo vodiy, tekislik qismlarida suv olish va suv transporti uchun, daryo tog‘lik va tog‘ oldi qismlarida esa faqat suv olish uchun foydalaniladi. O‘rta va yuqori bosimli daryo gidrouzellar odatda majmuaviy bo‘ladir. Ular sug‘orish, gidroenergetika, suv transporti, sel va suv toshqinlariga qarshi kurashish uchun va boshqa maqsadlarga xizmat килади..

Daryo gidrouzellar qatoriga to‘g‘onli va to‘g‘onsiz suv olish daryo gidrouzellar kiradi. Ularning vazifasi irrigatsiya, gidroenergetika (yoki majmuaviy) maqsadga moslashgan holda – suv bilan foydalanish grafigiga binoan kanalga suv o‘tkazilishini ta’minlash. To‘g‘onli suv olish daryo gidrouzellari odatda pastbosimli bo‘ladilar. Ulardan foydalanishda suv sathilari tebranishi belgisi 1,5...2 m dan ko‘p kuzatilmaydi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Toshkent viloyati, Chirchiq daryodagi Gazalkent gidrouzeli (1.2 - rasm) 7 m bosimli 16 gidroelektrostansiyalar joylashgan Bo‘zsuv kanaliga suv o‘tkazishni ta’minlaydi.


Download 175.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling