Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi
Download 312.46 Kb.
|
иннов икт маърузалар (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kp = Ra/ Rb
- Kr = Rai * dzai / Rbi dzai Xarajatlar tarkibi bo‘yicha afzallik koeffitsienti: Kdz =q Rbi * dzai / Rbi * yzbi
Ri=Pi/Zi
Bunda, Pi - i loyihadan olinadigan foyda; Zi - i loyiha xarajatlari; i - loyihaning navbatdagi raqami. Har bir portfel rentabelligi o‘rtacha rentabellik bilan aniqlanadi. Rentabellik ko‘rsatkichlari asosida afzallik koeffitsientini hisoblash mumkin (Kp): Kp = Ra/ Rb Masalan, ikkita loyihadan iborat ikki portfel taklif qilinadigan bo‘lsa, ularni baholash uchun dastlab ikkita birinchi loyihaning rentabelligi, so‘ng ikkita ikkinchi loyihalarning rentabelligi taqqoslanadi. Buning uchun birinchi loyihaning rentabel-ligi ikkinchi loyihanikiga bo‘linadi. Xuddi shunday amal ikkinchi loyihalar uchun xam o‘tkaziladi. Agar Ra / Rb > 0 bo‘lsa, birinchi loyihaning rentabelligi afzal hisoblanadi. Agar Ra / Rb < 0 bulsa, unda loyiha rentabelliklari teng baholanadi yoki B loyihaning rentabelligi yuqori hisoblanadi. Lekin, har qaysi loyiha o‘zining individual rentabelligiga (Ri) va xarajatlarning shakllanishida ma’lum bir xarajat xissasiga ega (Dzi = 3i / 3). Bu shundan dalolat beradiki, demak, umumiy afzallik koeffitsienti (Kp) rentabellik bo‘yicha va xarajatlar tarkibi bo‘yicha afzallik koeffitsientlari tizimi ko‘rinishida ifodalanishi mumkin. Rentabellik bo‘yicha afzallik koeffitsienti: Kr = Rai * dzai / Rbi dzai Xarajatlar tarkibi bo‘yicha afzallik koeffitsienti: Kdz =q Rbi * dzai / Rbi * yzbi SHunday qilib, umumiy afzallik koeffitsienti quyidagi formula orqali aniqlanadi: Kp = Rai * dzai / Rbi * dzbi 9.2. Talab va uni tahlil qilishning vazifasi. YAngilikka bo‘lgan talabni tahlil qilish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: a) chiqariladigan yangi mahsulot yoki xizmatga bo‘lgan extiyojni tahlil qilish; b) kiritiladigan yangilikka talabni va unga ta’sir qiladigan turli omillarni tahlil qilish; v) korxona faoliyati natijasiga talabning ta’sirini tahlil qilish; g) sotishning maksimal imkoniyatlarini aniqlash va sotish rejasi avvalgi uchta vazifasini, xamda, firmaning ishlab chiqarish imkoniyatlarini xisobga olgan xolda asoslash. YAngilik kiritishga bo‘lgan talab tahlilining o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Tahlil qilinadigan mahsulot qanday yangilik kiritishga qarashli (bazisli yoki takomillashtirilgan) ekanligini aniklab olish zarur. Buning uchun ikkita uslub mavjud: a) mahsulotning bozorda sotilish hajmi va uning taklif qilinishi davomiyligiga oid ma’lumotlarga asoslanib, mahsulot hayotiy sikli egri chizig‘ini tuzish yordamida; b) innovatsion mahsulotni ishlab chiqarayotgan korxonalar yangi ishlab chiqariladigan va chiqarilayotgan mahsulotlarning parametrlarini taqqoslash tahlilini amalga oshiradi. YAngi mahsulotlarni bunday tahlil qilish natijasida ularni uch guruhga ajratish mumkin: 1) avval mavjud bo‘lmagan; 2) avval ishlab chiqarilgan, lekin sifatan o‘zgartirilgan; 3) faqat yangi shaklni olgan mahsulotlar. Talab ma’lum bozorda va ma’lum vaqt oralig‘ida mahsulot sotilishi mumkin bo‘lgan narxlarning birida xaridor sotib olishni xoxlaydigan va qodir bo‘lgan mahsulotnig hajmini aks ettiradi. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling