9.4. Innovatsion loyihalarni boshqarish.
Innovatsion loyihani bajaruvchi guruxning xar bir a’zosi ikki raxbarga ega: gurux raxbariga va funksional bo‘linma rahbariga. Loyihani boshqarish uchun maxsus raxbarlar berkitilishi xam mumkin.
Loyiha bo‘yicha guruhning tuzilishi loyihaning murakkabligiga bog‘liq bo‘ladi. Raharlar koordinatsion guruh tuzadilar va uning vazifalariga quyidagilar kiradi:
loyihaning maqsadlarini aniqash;
ishchi guruhlar rahbarlarini tayinlash;
ishchi guruhlarni tuzish;
vazifani belgilash;
loyihani amalga oshirishni nazorat qilish (sifatli, muddatida va smetadan chetga chiqmagan xarajatlar bilan bajarish);
loyiha bo‘yicha ishni davom ettirish tug‘risida qaror qabul qilish;
ishchi guruhlarni tarqatib yuborish.
Ishchi guruhga nomzodlarni tanlashda quyidagi me’zonlarga e’tibor beriladi:
ishni bajarishga qobiliyati va tajribasi;
maxsus bilimlarning borligi;
ishga jalb qilishga imkoniyat borligi;
tashkilotdagi obrusi;
nizolarni xal qilish qobiliyati;
ishga munosabati;
shaxsiy manfaat va motivatsiya.
Loyihani boshqarishning maxsus dastaklariga quyidagilar kiradi:
Muammoni aniqlash va vazifani qo‘yish.
Oraliq bosqichlarini o‘rnatish (loyiqani aloxida fazalarga bo‘lish).
Ilmiy tadqiqotlar va ishlab chiqishlar bilan band bo‘lgan personal tarkibi to‘rt kategoriyaga bo‘linadi: tadqiqotchilar, texniklar, yordamchi va boshqa personal.
Ilmiy faoliyat bilan band shaxslar uchun motivlashtirish savollari boshqa ishlovchilarga nisbattan ko‘proq rol o‘ynaydi. Fanga ko‘p e’tibor beradigan firmalarda ilmiy-texnik personal uchun turli lavozimlar va martabalar sistemasi ishlab chiqilgan. Kadrlarni rejalashtirishga va ilmiy tashkilotlarda ishni bajarishning optimal jadvalini tanlashga e’tibor berish kerak: o‘zgaruvchan ish grafiklarini qo‘llash, qisqartirilgan ish xaftasi, qisman bandlik. Javobgarlikni taqsimlash va ustivorlikni tanlash muxim axamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |