11.4. Tadbirkorlik qobiliyatlarini innovatsiyalarni rivojlantirishdagi o‘rni
Innovatsion faollik tadbirkorlik faoliyatining joni, uning mohiyati hisoblanadi. Tadbirkor degan sharafli nomga bozor iqtisodiyotida yangilik izlashga moyil, raqobatli kurashda muvaffaqiyatga erishish uchun biron tadbirni amalga oshirishga tayyor bo‘lgan korxona yoki tashkilot rahbari sazovor bo‘la oladi. Bu tadbirkorga berilgan chiroyli nomgina emas, balki ma’naviy burch hamdir. Bu kuchli raqobat sharoitlarida yashovchanlik ehtiyojini ta’minlash uchun hayotiy zaruratdir. Innovatsionlik raqobat qonuni bo‘lib, bozor iqtisodiyotining ajralmas bir xususiyati hisoblanadi. Usiz har qanday bozor tizimi muvaffaqiyatsizlikka uchrashi muqarrar.
Turli mulkchilik shaklidagi tadbirkorlarning innovatsion salohiyatini baholashda quyidagilarni aniq belgilash lozim:
mamlakat iqtisodiyotida kichik va o‘rta innovatsion tadbirkorlik uchun infratuzilmani rivojlantirish (innovatsion-texnologik markazlar, inkubatorlar, texnoparklar, innovatsion-sanoat majmualari va h.k.);
innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish bo‘yicha tadbirlarni kuchaytirish (IITKI joriy xarajatlarini soliqqa tortiluvchi bazadan chiqarib tashlash, bunday xarajatlar oshgan taqdirda soliq imtiyozlari belgilash, yangi ilmiy asbob-uskunalarga tezlashgan amortizatsiya qo‘llash va b.), byudjetdan tashqari moliyalashtirish manbalarini jalb etish uchun sharoit yaratish (sug‘urtalash, bank tuzilmalari bilan aloqa mexanizmlari);
innovatsiyalarni boshqarish uchun menejer kadrlar tayyorlash, mahalliy yuqori texnologiyali ishlab chiqarish menejmenti me’yorlarini xalqaro me’yorlarga etkazish;
tadbirkorlarni innovatsiyalarning riskli yo‘liga qadam qo‘yishga undovchi stimullar;
tadbirkorlar uchun innovatsiyalarni amalga oshirish.
12-Mavzu. Innovatsion marketing tadqiqotlari
12.1 Innovatsiyalarni yaratish zaruriyati, sotish va iste’mol jaryonlari.
12.2 Innovatsiyaon mahsulotlarning raqobatbardoshlik ustunligi.
12.3 Strategik va tezkor innovatsion marketing.
12.4 Tashkilotning innovatsion salohiyatini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |