Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi
-rasm. Sanoat tarmoqlarining iqtisodiy o‘sishga erishishida innovatsion o‘sish strategiyasini amalga oshirish mexanizmi va strukturasi tasnifi6
Download 312.46 Kb.
|
иннов икт маърузалар (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 13.4 Davlatning innovatsion strategiyalari.
1-rasm. Sanoat tarmoqlarining iqtisodiy o‘sishga erishishida innovatsion o‘sish strategiyasini amalga oshirish mexanizmi va strukturasi tasnifi6.
5) tegishlicha qayta tashkil qilish, masalan, monopol holatni ta’minlash7. Innovatsiyalarni amalga oshirishda pul bozorining roli ham muhim ahamiyat kasb etadi. SHumpeter uchun kapital «tadbirkorlarga berilishi lozim bo‘lgan to‘lov vositalari summasi»8 hisoblanadi. Aynan pul bozorida iqtisodiy loyihalar taqqoslanib, rivojlanish moliyalashtiriladi, «kelajakdagi qiymat tizimi paydo bo‘ladi9». Iqtisodiyotning «etakchi sektori» hisoblangan banklar ishlab chiqarishni kengaytirishni yoki yangiliklar kiritishni moliyalashtirishi mumkin. SHumpeterga ko‘ra, ular milliy firmalar raqobatbardoshligini oshirishda strategik rol o‘ynashi yoki aksincha, vaziyatga sustkashlik bilan javob qaytarishi va «kelajakdagi qiymat»ni izlamasligi mumkin. 13.4 Davlatning innovatsion strategiyalari. XXI asrning birinchi yarmidagi o‘zgarishlar ishlab chiqarishning postindustrial iqtisodiy uslubining shakllanishi bilan ifodalanadi. Garchi bu jarayon uzoq muddatli va ziddiyatli bo‘lsada, hozirdanoq uning asosiy jihatlari ko‘zga tashlanmoqda. Birinchidan, bu integral iqtisodiy tuzum. Bu xususiy mulkchilikka yo‘naltirilgan, har tomonlama raqobatli ko‘rinishdagi kapitalizm ham, markazlashgan tarzdagi va buyruqbozlikka asoslangan sotsializm ham emas. YAngi tuzum tadbirkorlarning shaxsiy tashabbuslari va innovatsion faolligi bilan hozirgi va kelajakdagi avlodlar uchun munosib turmush tarzini ta’minlash, davlatning strategik-innovatsion funksiyalarini amalga oshirish, bozor iqtisodiyotining davlat tomonidan tartibga solinishi hamda inson kapitali va tabiiy resurslar muhitini takror ishlab chiqarishni ta’minlovchi nobozor sektorining rivojlanish darajasi yuqoriligi bilan bog‘lashga imkon beradi. Ikkinchidan, bu ko‘p ukladli iqtisodiyot bo‘lib, unda har bir iqtisodiy uklad unga xos bo‘lgan o‘rin egallab, boshqa ukladlar ustidan hukmronlik qilmaydi va ular bilan uyg‘unlashadi. Bu erda gap turli ukladlarning optimal tarzda uyg‘unlashuvi va hamkorligi haqida boradi: texnologik o‘sishni amalga oshiruvchi, monopoliyaga qarshi kurash bo‘yicha kuchli nazorat va diqqat ostida bo‘lgan ishlab chiqarish markazlashuv darajasi yuqori tarmoqlarda ishlab chiqarish strukturasini o‘zgartiruvchi yirik biznes; millionlab fuqarolarning tadbirkorlik tashabbuslari uchun keng imkoniyatlar ochib beruvchi, innovatsion faollikning yuqoriligi bilan ajralib turuvchi, yirik ishlab chiqarishdan bo‘shatiluvchi va mehnat bozoriga yangi kirib keluvchi ishchi kuchining bandligini ta’minlovchi kichik va o‘rta biznes; strategik ahamiyatga ega tarmoqlar va nobozor sektorida mujassamlashgan hamda davlatning strategik-innovatsion funksiyalarini amalga oshirishni ta’minlovchi davlat ukladi; aholining hayot faoliyati muhitini (uy-joy-kommunal xo‘jalik va atrof-muhit muhofazasi), ma’anaviy takror ishlab chiqarish salohiyatidan foydalanishni (maktablar, madaniy muassasalar va hokazo) ta’minlovchi munitsipal uklad; inson faoliyati va takror ishlab chiqarishda eng muhim funksiyalarni bajaruvchi, uy va shaxsiy oilaviy xo‘jalik bilan ifodalanuvchi natural uklad. SHunisi muhimki, har bir uklad unga xos bo‘lgan funksiyalarni bajarish bilan birga egallab turgan o‘rnida eng samarali bo‘lishi lozim, chunki iqtisodiy o‘sish sur’atlari va ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlik bog‘liq bo‘ladi. Download 312.46 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling