Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


Download 312.46 Kb.
bet44/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

13.2. Uzoq muddatli strategiya
O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasining ushbu qaroriga asosan 2006 yilning 24 mayida korxonalarni (ob’ektlarni) sotuvdan oldingi tayyorlash tartibi haqidagi qoidalar tasdiqlanib, unda bunday tayyorgarlik usullari va yondashuvlari belgilandi. SHuningdek, quyidagi maqsadlarda ularning faoliyati samaradorligining har tomonlama tahlilini amalga oshirgan holda korxonalarning investitsiyalarni jalb etuvchanligini oshirish usullari belgilab berildi:

  • korxonalarning xususiylashtirish salohiyatini baholash, xususiylashtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirishga xalaqit beruvchi omillarni aniqlash, korxonalarning investitsion jozibadorligi va ularning faoliyati samaradorligini oshirishga yo‘naltirilgan vazifalarni hal qilish;

  • korxonalarni texnik qayta jihozlash, mahsulot marketingi va menejmentni takomillashtirish bo‘yicha qulay investitsion dastur taklif etuvchi bozorga yo‘natirilgan ishtirokchi bilan ta’minlash uchun investorlarni jalb qilish;

  • korxona aktivlarini sotuvga qo‘yishning optimal boshlang‘ich narxi va boshqa shartlarini belgilash.

Sotuvdan oldingi tayyorgarlik jarayonida korxona diagnostik tadqiq etilib, uning faoliyati va investitsion jozibadorligini oshirishga qaratilgan tashkiliy, iqtisodiy, moliyaviy tadbirlar rejasi ishlab chiqiladi hamda sotish usullari va shartlari bo‘yicha mos keluvchi takliflar tayyorlanadi.
Korxonani sotishdan oldin tayyorgarlik ko‘rish Davlat mulk qo‘mitasi mutaxassislari yoki u tomonidan mustaqil maslahatchilar sifatida shartnoma asosida jalb etilgan ixtisoslashgan moliyaviy, texnik va boshqa tashkilotlar mutaxassislari tomonidan amalga oshiriladi. Sotuvdan oldingi tayyorgarlikni o‘tkazish muddati belgilangan tartibda xususiylashtiriluvchi korxonalar uchun 2 oydan 6 oygacha, individual tartibda xususiylashtiriluvchi korxonalar uchun esa 6 oydan 12 oygacha belgilangan. Javlat aktivlari muvaffaqiyatli joylashtirilgan hollarda mustaqil maslahatchilar xizmatlari korxona (ob’ekt) dastlabki (sotuvdan oldingi tayyorgarlikdan avvalgi) narxi bilan sotuv narxi o‘rtasidagi farqning ikki foizi miqdorida qo‘shimcha taqdirlanadi.



Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling