Fanning o‘quv uslubiy majmuasi o‘quv, ishchi o‘quv rejaga muvofiq ishlab chiqildi


-Mavzu. Innovatsiyalarni rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi


Download 312.46 Kb.
bet47/61
Sana11.05.2023
Hajmi312.46 Kb.
#1453897
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61
Bog'liq
иннов икт маърузалар (3)

14-Mavzu. Innovatsiyalarni rivojlantirishning xorijiy mamlakatlar tajribasi

14.1. Innovatsion tuzilmalarning turlari va mohiyati.


14.2. Rivojlangan mamlakatlar innovatsiyaon g‘oyalarni amalga oshirish tajribalari.
14.3. Xorijiy mamlakatlarning innovatsion tuzilmalarining tasniflanishi.
14.4. Xorijiy mamlakatlarda innovatsion faoliyatni moliyalashtirish.


14.1. Innovatsion tuzilmalarning turlari va mohiyati.
Hozirgi dunyoda fan va texnologiyalar rivoji ko‘p jihatdan ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish istiqbollari, mudofaa qobiliyati, atrov-muhit holati, mamlakat aholisining ma’naviy va siyosiy madaniyati, shaxs va jamiyatning xavfli tabiiy va antropogen omillar ta’siridan himoyalanganligini belgilab beradi.
Ilmiy bilimlarni ko‘paytirish jamiyat hayot faoliyatini, uning ma’naviy va jismoniy salomatligini ta’minlashning zarur shartiga aylanib, fan-texnika yutuqlarini amaliyotga tatbiq etish mamlakatning barqaror rivojlanishining muhim manbasi bo‘lib bormoqda.
XXI asr bo‘sag‘asida fan-texnika sohasining rivojlanish darajasi boy va kambag‘al mamlakatlar orasidagi chegarani belgilab berishi, dinamik iqtisodiy o‘sish uchun asos yaratib berishi, milliy xavfsizlikni ta’minlash va mamlakat raqobatbardoshligining muhim omili, shuningdek, global iqtisodiyotga teng huquqli a’zo bo‘lib kirishning sharti hisoblanishi yaqqol ko‘zga tashlanib qoldi.
YAngiliklar yaratish va ularni joriy qilib borish raqobatli kurashda muvaffaqiyat garovi bo‘lib, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish hamda chiqarilayotgan tovar va xizmatlar sifatini oshirish vositasi hisoblanadi.
Rivojlangan mamlakatlarda ishlab chiqarishni tashkil qilish, malakali kadrlar, texnologiyalar va asbob-uskunalarga joriy etiluvchi yangi bilimlarga YAMM o‘sishining salmoqli qismi to‘g‘ri keladi.


14.2. Rivojlangan mamlakatlar innovatsiyaon g‘oyalarni amalga oshirish tajribalari.
Rivojlangan mamlakatlarda zamonaviy fan-texnika inqilobining ikkita muhim bosqichi yakunlandi. Dastlabki bosqichda (XX asrning 40-50-yillari) FTI asosan yangi qurollanish tizimlarini yaratish, harbiy-texnik ustunlikni ta’minlashga qaratilgan edi. Ikkinchi bosqichda (60-80-yillar) bu maqsadga yana qo‘shimcha yangi vazifa – iqtisodiy o‘sishning barqaror sur’atini ta’minlash, asosiy tarmoqlar raqobatbardoshligini oshirish vazifasi qo‘shildi.
Zamonaviy bosqich shu bilan tavsiflanadiki, postindustrial jamiyat mamlakatlari globallashuv muammolari bilan bog‘liq yangi vazifalarni faollik bilan hal etib, fan-texnika siyosati ustuvorliklari kishilar turmush darajasini oshirish, tibbiyot va axborotlashtirishni rivojlantirish atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal etishga qaratilmoqda.
Eng rivojlangan mamlakatlar — AQSH, Buyuk Britaniya va YAponiya – rivojlanishning yangi bosqichini – bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni e’lon qildilar. Bu mamlakatlar hukumatlari o‘tgan asrning 80-yilaridan boshlab o‘z sa’y-harakatlarini iqtisodiyotg‘da innovatsion jarayonlarni tezlashtirish va milliy innovatsion tizimlarni yaratishga yo‘naltirdilar.
Amaliy tadqiqot va loyihalar sohasida butun jahon miqyosida qo‘llanuvchi integratsiyalangan texnologiyalarni yaratishga yo‘nalganlik tobora ko‘zga tashlanib bormoqda.
Bunga yaqqol misol qilib axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, jumladan, Internet global tarmog‘ini ko‘rsatish mumkin bo‘lib, ular iqtisodiyot, fan, ta’lim, madaniyat, dam olishni tashkil etishda keng qo‘llanmoqda va amalda dunyodagi barcha mamlakatalrni qamrab olmoqda. Mutaxassislar baholashicha, 2000 yilda Internet tarmog‘idan foydalanuvchilar soni 1 mlrd. kishidan ortgan.
Iqtisodiy hamkorlik tashkilotiga a’zo mamlakatlar milliy tadqiqotlari tarkibida eng jiddiy o‘zgarish sifatida kishilar salomatligini saqlash yo‘lida tadqiqotlarning keskin o‘sishini ko‘rsatish mumkin. Bu ustuvorlik A+SHda eng yuqori bo‘lib, bu mamlakatda biotibbiyot tadqiqotlariga sarflanuvchi xarajatlar mamlakat ITTKI 20%ini tashkil qiladi (o‘n yil avval - 12 %).
YAngi iqtisodiy sharoitlarda mamlakatda qaysi tarmoq va texnologiyalar iqtisodiy o‘sishga zamin bo‘lishi haqida muhim davlat qarorlari qabul qilinishi zarur. Muvaffaqiyatni esa resurslarni innovatsion sohada jamlash, ulardan tanlab olingan ustuvor yo‘nalishlar doirasida oqilona foydalanish belgilab beradi.
Innovatsion rivojlanishning zamonaviy modeli jamiyatning ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanishiga fan-texnika sohasining tizimli ravishda integratsiyalashuvini nazarda tutadi. Bunday integratsiyalashuv fan-texnika sohasining yangi ilm talab qiluvchi mahsulot va xizmatlar yaratish va an’anaviy bozorlarni egallab olishga imkon beruvchi samarali yangiliklar barqaror oqimini shakllantirish uchun kuchli stimullar yaratadi. Natijada sifati, narxi, hajmi va bozorga chiqish muddati bo‘yicha mavjud to‘lov layoqatiga ega talabga mos keluvchi yangi mahsulot va xizmatllar yaratuvchi milliy innovatsion tizim shaklantiriladi.
XX asrning ikkinchi yarmi tajribalarining ko‘rsatishicha, innovatsion faollikning yuqori sur’atlariga quyidagilarni ta’minlovchi institutsional rasmiylashtirishni yaratish evaziga erishiladi:
1) yangi bilimlar, texnologiya, mahsulot va xizmatlarga investitsiyalar natijalari huquqini himoya qilish;
2) innovatsiyalar asosida raqobatni kengaytirish uchun sharoitlar;
3) milliy innovatsion tizim uchun mos keluvchi moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari taklifi;
4) xo‘jalik sub’ektlari tomonidan innovatsiyalarga barqaror talab.
Bu fan oldiga prinsipial jihatdan yangi va insoniyat uchun favqulodda ahamiyatga ega vazifani qo‘yadi — qabul qilinuvchi texnologik va boshqaruv qarorlari oqibatlarini bashorat qila olish talab qilinadi. Gap amalda XXI asrda fan sivilizatsiya rivojlanishining barqaror traektoriyasini belgilab berishi, bu yo‘lda insoniyat oldidia paydo bo‘luvchi xavf va tahdidlarni ishonchli baholay olishi haqida boradi. Boshqacha qilib aytganda, fan insoniyatga sayoramizda tarxiy jarayonning borishini to‘g‘ri anglash va samarali boshqarish uchun real imkoniyatlar taqdim etadi.



Download 312.46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   61




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling